YER YUZASINING ASOSIY REYLEF SHAKILLARI
Kirish
I-bob. Materik va er po‘sti relefining hosil bo‘lishi va turlari.
I.1 Litosfera - er qobig‘i. endogen va ekzogen
I.2 Materik er po‘stining asosiy tuzilishi elementlari va materiklar
makrorelefining asosiy shakllari.
I.3 Relef hosil bo‘lishi va turlari, quruqlik releflari.
II-bob. Tog’liklar va tekisliklar.
II.1 Tog‘li o‘lkalarning shakllari,Tog‘ sistemalarining joylashishi
II.2 Tog‘li o‘lkalar va Vulkanik oblastlar morfologiyasi
III-bob. Tekisliklar.
III.1Tekisliklar va ularning turlariTekisliklar relefining zonalligi
III.2 Tekisliklarning eroziya natijasida parchalanishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyoylar
Kirish. Yer yuzasining har bir qismi bir necha marta o‘zaro takrorlanuvchi va
almashinuvchi hamda har bir rel’ef elementlaridan tuzilgan alohida rel’ef
shakllaridan iborat bo‘ladi. Geometrik belgilar bo‘yicha yuza, qirra (ikki yuzaning
kesishuvi) va yuza burchaklari (uch va undan ko‘p yuzalarni kesishuvi) kabi rel’ef
elementlari ajratiladi. Rel’ef elementlariga tog‘ tepasi, tog‘ yonbag‘ri, yonbag‘ir
etagi, cho‘qqi, dovon, suvayirg‘ich. soylar va boshqalar misol bo‘la oladi (2.1-rasm).
Rel’ef shakllari berk (barxan, balandlik, chuqurlik, karst voronkasi) yoki
ochiq (jar, balka, daryo vodiysi), sodda yoki murakkab, ko‘tarilgan yoki pastqam
bo‘lishi mumkin. Rel’ef shakllari katta-kichikligiga ko‘ra planetar shakllar,
megashakllar, makroshakllar, mezoshakllar, mikroshakllar va nanoshakllarga
ajratiladi.
Planetar shakllarga materiklar, okean tagi, hozirgi zamon geosinklinal
mintaqasi, suv osti o‘rtalik tizmalari kiritiladi.
Megashakllarga tog‘ mintaqalari, tekislik o‘lkalari, okean tagidagi yirik
soyliklar, ko‘tarilmalar, planetar miqyosdagi yoriqlar kiritiladi. Alpp, Kavkaz.
Tyanshan tog‘lari, Turon pasttekisligi, O‘rta Sibir yassitog‘ligi megashakllarga
misol bo‘la oladi.
Ayrim tog‘ tizmalari (masalan Oloy tizmasi), botiq yoki vodiylar (Farg‘ona
vodiysi) rel’efning makroshakllaridir.
Jarlar, balkalar, barxan zanjirlari va boshqalar mezoshakllar; karst
voronkalari, kichik jarlar, qirg‘oq marzalari mikroshakllar deyiladi.
Rel’efning eng kichik shakllari, masalan, jo‘yakcha, yumronqoziq uyasi va
boshqalar nanorel’efga kiritiladi.
Rel’efning yirik shakllari-planetar, mega-va makro-, ayrim hollarda
mezoshakllari endogen jarayonlar taosirida vujudga keladi. Ularning hosil bo‘lishi
litosfera xususiyatlariga bog‘liqdir, mezo-, mikro- va nanorel’ef shakllari esa asosan
ekzogen jarayonlar taosirida hosil bo‘ladi.
Ekzogen jarayonlarining faoliyati oqibatida akkumulyativ va denudatsion
rel’ef shakllari tarkib topadi.
Akkumulyativ shakllar materiallarning to‘planishidan (morena tepaliklari,
barxanlar, dyunalar, delptalar), denudatsion (qayta ishlangan) shakllar esa
materialni olib ketilishidan (jar, soyliklar, vodiylar, yardanglar) hosil bo‘ladi.
Rel’ef
shakllarining
kelib
chiqishiga
ko‘ra
I.P.Gerasimov
va
YU.A.Meshcheryakovlar
geotektura,
morfostruktura
va
morfoskulpptura
shakllariga bo‘lishadi. Geotektura planetar va megarel’ef shakllari bo‘lib, ular
endogen jarayonlar natijasida vujudga keladi. Morfostruktura makrorel’ef shakllari
bo‘lib, ular endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro birgalikda taosiri natijasida
hosil bo‘ladi. Bunda endogen jarayonlar asosiy rolp o‘ynaydi. Morfostruktura
shakllari rel’efda ifodalangan geologik strukturalardir. Morfoskulpptura mezo-,
mikro-, va nanorel’ef shakllari bo‘lib, ular asosan ekzogen jarayonlarining faoliyati
natijasida vujudga keladi.
O‘xshash qiyofa, tuzilish, kelib chiqishga ega bo‘lgan va muayyan hududda
qonuniy ravishda takrorlanuvchi rel’ef shakllarining birikmasiga rel’efning genetik
tiplari deyiladi. Rel’efning har bir tipi rel’ef hosil qiluvchi muayan jarayonlar va
omillar faoliyatida tarkib topadi. Quyida Moskva universiteti geomorfologlari
tomonidan taklif etilgan rel’ef shakllarining genetik tasnifini keltiramiz.
Rel’ef endogen va ekzogen jarayonlarining o‘zaro aloqasi natijasida
shakllanadi
degan
tushuncha-zamonaviy
geomorfologiya
fanining
asosiy
boshlang‘ich qoidasi sifatida kengroq tushintirishga qaratilgan. Bu tezis Erning
rel’efini genezisini (kelib chiqishini) eng umumiy aniqlovchisidir.
Mavzuning dolzarbligi shularni tahlil etish va o’rganishdan iborat.
I-bob. Materik va er po‘sti relefining hosil bo‘lishi va turlari.
I.1 Litosfera - yer qobig‘i. endogen va ekzogen jarayonlar
Litosfera – erning ustki qattiq qobig‘i. Litosfera ichki geosfera bilan, ayniqsa
mantiya bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib planetaga bo‘ladigan tashqi tasir, asosan quyosh va
oy materiyasi va energiyasi tasirida bo‘ladi.
Litosferaning erning ichki moddalari bilan o‘zaro tasiri natijasida relef hosil
bo‘lishi yoki morfogenez protsesslar endogen (ichki), erga tashqaridan materiya va
energiyaning kelishi natijasida vujudga keladigan protsesslar esa ekzogen
(tashqaridan) protsesslar deyiladi. endogen protsesslar mantiyadan moddalarning
ajralib chiqishi, litosferada erigan magmatik jinslar o‘choqlarining paydo bo‘lishi,
vulkanizm, zilzilalar, er po‘stini ayrim qismlarini vertikal tebranishlarni, cho‘kindi
jinslar metomorfizatsiyasi va litosfera hamda uning relefida aks etuvchi boshqa
protsesslardan iborat. ekzogen protsesslar quyosh radiatsiyasi, butun dunyo tortishishi,
Erga kosmik chang va meteoritlarning kelishi va nihoyat erning o‘z o‘qi atrofida hamda
orbitasi atrofida aylanishi natijasida ro‘y beradi. endogen va ekzogen protsesslar
odatda birgalikda ro‘y beradi. Binobarin tabiatda sof endogen va sof ekzogen
protsesslar bo‘lmaydi. endogen protsesslar muayyan ekzogen yo‘l bilan paydo bo‘lgan
materiyallardagina ro‘ y beradi. Masalan, atmosfera va gidrosferadagi hilma-hil
harakatlarga quyosh radiatsiyasi sabab bo‘ladi. Biroq bu sferalarning o‘zi endogen yo‘l
bilan paydo bo‘lgan. Burmali tog‘lar paydo bo‘lish harakatlari endogen energiyaga
bog‘liq biroq bu harakatlar ekzogen yo‘l bilan vujudga kelgan cho‘kindi jinslar
qobig‘ida ro‘y beradi.
Endogen va ekzogen protsesslarni chambarchas bog‘liqligi, ularning har biri
o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini inkor etmaydi. Bu ikki protsessni alohida
alohida tahlil qilish zarur, biroq ularning o‘zaro aloqadorligini hech ham unutmaslik
kerak.
Ekzogen protsesslar nurash va denudatsiyada eng yaqqol aks etgan. Tog‘
jinslarining mexanik emirilishi va ximiyaviy o‘zgarish protsesslari yig‘indisi nurash
deb ataladi. Nurash uch xil bo‘ladi.
1.
Fizik yoki mexanik
2.
Ximiyaviy nurash
3.
Biologik nurash
Fizik nurashning asosiy sababi tog‘ jinslarining temperaturasi o‘zgarib
turishidir. Tog‘ jinslari bir qizib bir sovib turishi natijasida darz ketadi, yoriladi,
xarsanglarga ajraladi va maydalanib ketadi. Bunga yoriqlarda muzlab qolgan suv ham
tasir ko‘rsatadi.
Ximiyaviy nurash jinslar tarkibining o‘zgarishidan iboratdir. Ximiyaviy
nurashning asosiy agentlari suv, jinslaridagi erigan moddalar va havodagi kisloroddir:
Ximiyaviy nurash jinslar tarkibidagi elementlarning o‘zaro ximiyaviy tasiri natijasida
vujudga keladi.
Biologik nurash tirik organizmlar tasirida vujudga keladi. Tirik organmzlar
jinslarni mexanik emiradi, hayot maxsulotlari bilan esa ularni ximiyaviy o‘zgartiradi.
Bazan fizik, bazan ximiyaviy nurash ustun bo‘lsada odatda fizik va ximiyaviy nurash
birgalikda sodir bo‘ladi. Nurash po‘stining qalinligi odatda 30-60 metr bo‘ladi. Bazi
bir hollardagina 200 metrga etadi. Tog‘larda va baland tekisliklarda nurash po‘sti
sidirg‘i tarqalmay, ularning pastqam joylardagina uchraydi.
Denudatsiya deb nurash maxsulotlarining nisbatan past joylarga olib ketilishi
protsesslari yig‘indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va shamol
natijasida ro‘y beradi. Tik yon bag‘irlarda esa yumshab qolgan ona jinslar qulab
tushadi va og‘irlik kuchi tasirida qo‘lab tushadi. Denudatsiyaning intensivligi joyning
dengiz sathidan balandligiga, tog‘ jinslarining tarkibi va xossalariga hamda nurash
suratiga bog‘liqdir. Nurash va Denudatsiya natijasida nurash po‘sti parchalangan
maxsulotlarda hamda ishqorsizlangan tog‘ jisnlaridan tashkil topgan. Agar ular dastlab
hosil bo‘lgan joyda qolib ketsa, bunday qoldiq nurash po‘sti, agar bir joydan boshqa
joyga olib kelgan bo‘lsa qayta yotqizilgan nurash po‘sti hosil bo‘lgan. qadimgi nurash
po‘stlari uchlamchi, mezozoy, paleozoy davrlarida hosil bo‘lgan ahyon-ahyonda
polzoydan oldingi eralarda hosil bo‘lgan nurash po‘sti qoldiqlari ham uchrab qoladi.
I.2 Materik yer po‘stining asosiy tuzilishi elementlari va materiklar
makrorelefining asosiy shakllari.
Materik er po‘stining asosiy tektonik elementlari platformalar va
geosinklinallardir. Relefda platfaormalarga katta-katta tekisliklar, geoksinklinallarga
burmali tog‘lar zanjirlari to‘g‘ri keladi. Har qaysi materikning negizida kembriydan
oldingi bitta yoki bir nechta platforma bor. Ular geogsinklinallar turli yoshdagi tog‘
zanjirlari o‘rab olgan.
Kembriydan oldin er po‘stining hamma joyi juda xarakatchan bo‘lgan, undan
g‘oyat ko‘p vulqon jinslari oqib chiqib turgan. Otqindi jinslardan Arxey erasining
granitli massivlari materiklarning dastalbki va bo‘lajak yajrolari hosil bo‘lgan. Bu
yadrolar platformalar asosini tashkil etgan. Kembriydan oldingi eng qadimiy
platfaormalar er sharida kenglik bo‘yicha ikki qator bo‘lib joylashgan. Birinchisi
SHimoliy o‘rtacha kengliklarda joylashgan bo‘lib, u shimoliy Amerika, SHarqiy
evropa va Sibir platformalaridan iborat. Ikkinchi qator ekvotorial materiklarning
platformalari – Janubiy Amerika, Afrika, (Arabiston bilan), Hindiston, Xitoy va
Avstraliya platformalarini tashkil etadi. CHekkada Antraktidada Antraktida
platformasi bor. Materiklardagi kembriydan oldingi vujudga kelgan yadrolarning
qanday geografik kengliklarda joylashganligini ko‘rib chiqar ekanmiz, ular geografik
uzoqlik bo‘yicha uch qator hosil qilganligini ko‘ramiz. Bular SHimoliy va Janubiy
Amerika qatori: SHarqiy Evropa va Afrika qatori: Sibir, Xitoy va Avstraliya qatori,
lekin Hindiston va Antraktida qatorlar hosil qilmaydi.
Romatsion gipotezalarga ko‘ra kembriydan ilgarigi platformalar er yuzasining
epeyrogenik markazlaridir, yani intruziya harakatlari eng kuchli bo‘lgan joylarda
vujudga kelgan. Bu markazlar 62 gradus shimoliy kenglik va 20 gradus janubiy kenglik
paralellari, Yevropa va Afrika platformalari, 75 gradus g‘arbiy uzunlik (ikkala
Amerika platformalari va 105 gradus sharqiy uzunlik sibir, Xitoy Avstraliya
platformalari) aktiv meridiana kesishgan erdadir. Materiklarning gorizontal harakati
gipotezasiga ko‘ra platformalarning shimoliy qatori Lavraziya materigining yorilishi
bilan bog‘liqdir. Janubiy qatori esa Gondvana materigining qismlari deb qaraladi.
Gondvananing
bo‘linish
sabablari
va
mexanizmi,
shuningdek
materiklar
rivojlanishining umumiy yo‘nalishi mantiya bilan litosferaning katta-katta qismlari
o‘rtasidagi o‘zaro tasiriga sabab bo‘lgan.
Issiqlik-fizikaviy protsesslarning tezligi va bunga muvofiq quyi litosferaning
temperaturasi
materiklarning
chekkalaridan
markazga
tomon
ortadi.
Ichki
oblastlardagi er po‘sti ostidagi moddalar chekka oblastlardagiga qaraganda ko‘proq
qizigan bo‘ladi. SHuning uchun ham materiklar maydoni qancha katta bo‘lsa, ularning
er po‘sti ham shuncha qalin bo‘ladi. Gondvana materigi shu qadar katta bo‘lganki,
mantiyadagi konveksion harakatlar uning markaziy qismi gumbazsimon ko‘tarilishiga
va bu erda er po‘sti yoriqlari sistemasining paydo bo‘lishiga olib kelgan. Gumbazsimon
ko‘tarilish markazi hozirgi Afrikaga to‘g‘ri kelgan. Uning tagida konveksion
harakatlar vektorlari muvozanatda bo‘lgan, shuning uchun bu palaxsa harakat
qilmagan. Mantiya ichidagi kuchlar muvozanatining «harakatiz doirasi» vujudga
kelishiga sabab shuki boshqa materiklardan farq qilib Afrika geoidining uzun qismida
yotadi. Gondvananing qolgan boshqa bo‘laklari siljigan va qisman mantiyaning
konveksion harakatlari yinalishiga qarab bir oz burilgan. Hozir bo‘laklar shunday
holatdagi, bu holat rotatsion kuchlar harakati natijasiga to‘g‘ri keladi. Faqat qadimgi
Arxey massivlari paydo bo‘lgandan keyingina bu massivlar orasida geosinklinal
oblastlar vujudga kelgan va tog‘ paydo bo‘lish harakatlari boshlangan.
YOsh geogsinklinallar er po‘stining harakatchan qismlari bo‘lib, bu erlarda
tog‘ hosil bo‘lish protsesslari ro‘y beradi. Geosinklinal rivojlanish murakkab bo‘lib
hali etarli irganilmagan. quyi polezoy kembriydan oldingi platformalar yaqinida
Kaledon deb atalmish geosinklinal bo‘lgan. Silur davrining oxiri va devon davrining
boshlarini, yani Kaledon hosil bo‘lish bosqichida bu geosinklinal o‘rnida burmali
tog‘lar hosil bo‘lgan. Bu burmali tog‘lar Yevropada Osiyoda, Amerikada va qisman
Afrikada g‘oyat katta maydonlarni egallagan. Kaledon strukturalari hozirgacha
SHotlandiya, Skandinaviya, SHpitsbergen, Grelandiya, Labrador shuningdek
Zabaykalya, Yenesey biyi, qozog‘istonning g‘arbi va Markaziy Osiyoning bazi bir
yerlarida, yani uchala shimoliy platforma atrofida, shuningdek qisman Avstraliyada
saqlanib qolgan.
Devon davrining ikkinchi yarmida va toshkimir davrida gersin geosinklinali
mavjud bo‘lgan. Toshkimir davrining oxiri va Perm davrida bu geosinklinalda g‘oyat
katta maydonda kuchli tog‘ paydo bo‘lishi protsesslari ro‘y bergan. Ural tog‘lari,
g‘arbiy Sibir tekisligining burmalangan fundamenti, Taymir, O‘rta va markaziy
Osiyoning tekisliklari va ko‘plab tog‘lari, Mezeta, Markaziy Fransiya massivi, O‘rta
Yevropa tog‘lari, Appalachi, Kap oblasti, Avstraliya, Alp tog‘lari gersin burmalanishi
bosqichida vujudga kelgan.
Tinch okeani geosinklinali, yani orollar va tog‘ burmalari sistemasi SHarqiy
Osiyoda Tinch okeani sohillari biylab YAngi Gvineya, Avstraliya, YAngi Zellandiya,
Antarktida yarim oroli va ikkala Amerikaning g‘arbiy sohillari biylab cho‘zilib ketgan.
Alp geosinklinali Janubiy Yevropa, Qrim va Kavkaz, Old Osiyo, Ximolay, Birma
orqali Indoneziyaga cho‘zilgan. Indoneziyada bu geosinklinal Tinch okeani
geosinklinali bo‘lan kesishadi.
Tog‘ hosil bo‘lish protsesslari Tinch okeani geosinklinalida Mezozoyning
oxirida va Alp geosinklinalida esa uchlamchi davrda ro‘y bergan.
Iz taraqqiyoti protsessida geosinklinallar platformali oblastlarga aylanadi va
shunday qilib, materiklar maydoni kattalashib boradi, geosinklinallarda paydo bo‘lgan
tog‘lar keyinchalik. Nurash va denudatsiya natijasida pasayadi, burmalar negizi esa
platforma zaminiga aylanadi. Kemro‘ydan ilgari platformalardan tashqari kaledon va
Gersin platformalari ham bor. Kemriydan ilgari platformalardan farq qilib, ularni yosh
platformalar deb ataladi. Platformalar rivojlanishi davrida goh okean sathidan pastga
chikkan va soyoz epikontenental dengizlar ostida qolib, ularda gorizontal qatlam-
qatlam dengiz chikindilari tiplangan, goh dengiz sathidan baland ko‘tarilgan va
ularning ustida kotenental, shu jumladan, laguna va gil yotqiziqlari vujudga kelgan.
SHuning uchun kembriydan avvalgi platformalarning ham eng muhim xususiyati
ularning ikki qavat tuzilganligidir.
Qadimgi platformalarning quyi qavati juda katta massilarni tashkil etuvchi
granitlardan iboratdir. Polezoy platformalarining asosida metamorfik va otqindi
jinslardan iborat kaledon yoki gersin yoshidagi burmali zamin bor. Platformalarning
chikindi jinsli qatlami deb ataladigan yuqori qismi barcha davrlarda, kembriydan to
hozirgi davrgacha hosil bo‘lgan dengiz va sayoz suvli kotenental yotqiziqlardan iborat.
Tekisliklar chikindi qatlamning yoshiga qarab, chikindi jinslar qatlami qadimiy
bo‘lgan qavat qavat va chikindi jinslar qoplami yosh akkumlyativ tekisliklarga
bo‘linadi. Platformalarning bazi bir joylari uzoq vaqt davomida baland bo‘ladi hamda
nurash va denudatsiya protsesslari tasirida bora-bora denudatsion tekisliklarga
aylanadi. Ko‘pgina Paleozoy platformalari alp burmalanishi bosqichidagi qayta tog‘
paydo bo‘lishi harakatlari natijasida yoshargan tog‘larga aylanadi.
I.3 Relef hosil bo‘lishi va turlari, quruqlik releflari.
Qattiq er po‘stidagi past-balandliklar yig‘indisi relef deb ataladi. Relef-
fransuzcha reliet dinglik, chiqiq joy degan manoni anglatadi. Relef tarkibiy
qismlarining yoki shakllarining, yani turli yil bo‘lan paydo bo‘lgan va turli
harakterdagi botiqlar hamda balandliklarning katta-kichikligiga qarab to‘rt guruhga
bo‘linadi:
a) materiklar va okean chuqurliklarining iz ichiga oluvchi planetalar relef yoki
megarelef.
b) quruqlikning yirik relef shakllarini tog‘li o‘lkalar va katta katta
tekisliklardan iborat makrorelefi.
v) o‘rta kattalikdagi shakllar-qirlar, kichikroq tekisliklar, tepalar, daryo
vodiylaridan, tog‘lardan esa tog‘ vodiylari va tog‘ tizmalaridan iborat mezorelef.
g) quruqlik yuzasini hamma joyida tarqalgan kichik past balandlikladan iborat
mikrorelef.
Quruqlik relefi shunday qilib juda ko‘p turlarga bo‘linadi. Biz ko‘rib
o‘tadigan bo‘lsak, platforma tekisliklari planeta relefining zonal elementlaridir. Ularda
relef zonachalari kizga yaqqol tashlanadi. 71 gradus shimoliy kenglik paraleli yaqinida
tekisliklar zonachasi bo‘lan Evrosiyo va Amerikadagi hozirgi tekisliklarning qutbiy
chegarasi joylashgan. 62 gradus shimoliy kenglikning faol paralelida Kanada, Baltika
va Anabar qalqonlari hamda g‘arbiy sibir shimoliy suv ayirgichining kirlari joylashgan.
60 va 55 graduslar orasida pasttekisliklar mintaqasi-Germaniya, Polsha pasttekisliklari,
Belarusiya polesesi, Surgut polesesi, Vilnoy pasttekisliklari joylashgan. 60 va 55
graduslar shimoliy kengliklar orasida asosan qirlar bor. 50 va 40 graduslar shimoliy
kengliklar orasida juda katta pasttekisliklar –platformalarning chekka botiqlari
joylashgan. Umuman olganda shimoliy tekisliklarning tektonik relefi shimoldan
janubga tomon tilqinsimon davom etadi. Tektonik relefning kenglik biyicha zonalligi
bo‘lan birga merdional setorialligi ham mavjud.
Tabiat zonalarining bir butun tabiiy geografik kompleksi bo‘lan genetik
bog‘liq bo‘lgan tekisliklar mezorelefida zonallik yanada yaqqolroq aks etadi. Biroq
tabiat kompleksining boshqa komponentlari-iqlim, isimliklar, tuproqlar va
boshqala1rga qaraganda konservativroq bo‘lgan mezorelef ko‘pincha hozirgi
geografik sharoitini o‘zida aks ettiradi. Masalan: karst relefi va pleystotsen muzliklari
vujudga keltirgan mana shundaydir. Biroq bu relef shakllari ham zonallikka ega. Ko‘p
yillik muzloqlar va arid relefi tiplari geografik zonalarning hozirgi tabiiy sharoiti
bo‘lan bog‘liq. Introzonal bo‘lgan erazion-akkumlyativ relef shakllarida ham ozmi-
ko‘pmi zonallik aks etib turadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun chillar, vodiy, daryo
relefini ko‘p yillik muzloq o‘lkalar daryo-vodiy relefi bilan taqqoslash kifoya.
II-bob. Tog’liklar va tekisliklar .
II.1 Tog‘li o‘lkalarning shakllari,Tog‘ sistemalarining joylashishi
Tog‘li o‘lkalar deb er yuzasining 500 metrdan baland juda katta qismlariga
aytiladi. Ularning balandligi qisqa masofada keskin izgarib turadi. Tog‘ deb tekisliklar
ustida ko‘tarilib turgan (masalan, Pyatigorsk shahri yaqinidagi Mashuk tog‘i) aki tog‘li
o‘lkalarda atrofidagi umumiy satxdan ancha baland bo‘lgan maydonni kichikroq
joylarga aytiladi. Tog‘li o‘lkalarda umumiy satxdan ancha baland ko‘tarilgan joylar
tog‘ tepasi (agar itkir qirrali bo‘lsa tog‘ chiqqisi) deyiladi. Bunga Ximolay tog‘lardagi
Jomolugma, Kavkazdagi elbrus Alp tog‘laridagi Monblan, Tyanshandagi Xotangri,
Pomirdagi Kommunizm tog‘ tepalari va chiqqilar misoldir. Tog‘li o‘lkalarning relef
shakllari nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Bular orasida eng harakterlisi tog‘ timalaridir.
«Tog‘ tizmasi» yoki tizma termini tor va keng manoda qillaniladi. Bir yinalishda
cho‘zilgan, bir tog‘ni ham, butun bir tog‘li o‘lkani ham tog‘ tizmasi deb ataydilar.
Ko‘pincha Ural tog‘li o‘lkasini Ural tizmasi, Katta kavkazni esa Kavkaz tog‘ tizmasi
deb yuritiladi. Aslida esa Ural ham, Kavkaz ham haqiqiy manoda juda ko‘plab
tizmalarga bo‘linib ketadi. Tog‘ tizmalari sistemasi tog‘lar zanjirini tashkil etadi.
Tog‘li o‘lkalarda yassi tog‘lik va tog‘liklar ham ko‘p. YAssi tog‘liklar deb yuzasi
nisbatan yassi bo‘lgan juda katta territoriyalarga aytiladi. YAssi tog‘liklar qadimgi
tog‘liklar o‘rnida denudatsion jarayonlar natijasida yassilanib qolgan qismlaridir.
YAssi tog‘lik relefi Afrikada, Braziliyada, Avstraliyada, Hindistonda, Markaziy
Osiyoda katta katta maydonlarni iz ichiga oladi. Tog‘liklar-ham tog‘ tizmalarini ham
yassi tog‘liklarni iz ichiga olgan territoriyalardir.
Alp tipidagi eng kuchli va eng yosh burmalanish mintaqasi bo‘lan bog‘liq
Mezozoy va uchlamchi davrda vujudga kelgan merdional onorganik mintaqa Tinch
okeanini irab turadi. Boshqa merdional mintaqalar ham aktiv geografik uzoqlik biyicha
45 gradus masofada joylashgan. SHarqiy uzoqlikning 15 merdianida Skandinaviya
tog‘lari joylashgan. Ulardan 45 gradus sharqda 105 gradus sharqiy uzoqlikning aktiv
merdiani bor. Baykalbiyi tog‘larining paydo bo‘lishi shu uzoqlik merdiani bo‘lan
bog‘liq. Undan narida 150 gradusli merdian keladi. Bu merdianda CHerskiy tog‘ligi,
Bkori yana tizmasi hamda Avstraliya Alpi tog‘lari joylashgan. 15 gradus uzunlik
merdianidan 45 gradus g‘arbda yani 30 gradus g‘arbiy uzoqlik merdiani biylab
Atlantika suv osti tizmasi o‘tadi. Undan 45 gradus narida yani g‘arbiy uzoqlikning 120
gradus merdianida Appalachi tog‘lari bor. YAna 45 gradus narida yani g‘arbiy
uzoqlikning 120 gradus merdianida Tinch okeani er osti yoriqlari mintaqasining
Amerikadagi qismi joylashgan. Burmalangan tog‘li o‘lkalarning eng xarakterli
xususiyati ularning tog‘ tizmalari zanjiri tarzida hatto planetar miqyosida juda katta
miqyosida cho‘zilganligidir. Burmalangan tog‘li o‘lkalar er po‘stining Alp va Tinch
okeani geosinklinali mintaqalarning vujudga kelgan va gumbazsimon ko‘tarilgan juda
katta qismlaridir.
Alp burmalangan mintaqasi yoysimon burillgan va bir-biriga tutashib ketgan
tog‘li o‘lkalardan iborat. Masalan: Atlas tog‘lari, sitsiliya va Apenin tog‘lari tarzida
davom etadi. Sing Alp tog‘lari keladi. SHimolroq ularga Prineya kelib tutashadi.
SHarqda Alp tog‘lari zanjiri bir tomondan Karpat, Bolkon, Pontiya va Kavkaz tog‘lari
tarzida, boshqa tomondan qrim oroli orqali Tavr tog‘lariga itib ketuvchi Dinar tizmasi
shaklida davom etadi. Bu tog‘lar Armaniston tog‘larida birlashadi. Singra yana
shimolga elburs, Kopetdog, Hindikush, Pomir-Oloy, Janubda Zagros tog‘lari tarzida
elpig‘ichsimon tarqalib ketadi. Hindistondan shimolroqqa Pomir yaqinida burmalar
yana tog‘ tugunini hosil qiladi. Undan itgach esa, yana ajralib tibet shimolida Kunlun,
janubda Ximolay tarzida davom etadi va 105 gradus sharqiy uzoqlik merdianga
kelgach tog‘ sistemalari janubga burilib Zond arxepelagi tomon keladi.
II.2 Tog‘li o‘lkalar va Vulkanik oblastlar morfologiyasi
Tog‘ tugunlari er po‘stining Arabiston va Hindiston qattiq palaxsalari siquvi
ostida vujudga kelgan. Tog‘ tugunlaridan keyingi kengayishlar geosinklinal frontal
siquv tasirida bo‘lmagan joylarda ro‘y bergan.
Gumbazsimon ko‘tarilgan qatlamlar monoxlinal (bir tomonlama) etgan
bo‘lsa, kuesta relefi hosil bo‘ladi. Kuesta deb asosiy tog‘ tizmasiga paralel yinalgan
tog‘ oldi qirlari yoki tog‘ tizmalariga (ular bazan baland og xarakterida bo‘lsa ham)
aytiladi. Ular burmalar qatorida yuqoridan pastga emas, balki yonbag‘rida goh yaxshi
yuviluvchan, goh yomon yuviluvchan jinslarning yuqoridan pastga tomon palasa
palasa bo‘lib tarqalganligidir. Bunda oson yuviluvchan qatlamlarda vodiylar paydo
bo‘ladi. qattiq jinslar qatlamlari ochilik qolgan joylarda gryadlar yoki tizmalar-
kuestalar saqlanib qoladi. Ular odatda dissemetrik tuzilgan bo‘ladi. qatlamlar boshi
ochilib qolgan yon bag‘ri tik, qarama-qarshi, yani qatlamlari tik qanotidagi yon bag‘ri
tik yoki yotiq bo‘ladi. eng baland va uzun puestalar kavkazning shimoliy g‘arbida,
sharqda Terek daryosi bo‘lan g‘arbda belaya daryosi oralig‘ida joylashgan. eroziya
shimoliy sharqda nishab yuzada katta kavkaz tizmasiga paralel oquvchi daryolarning
tor, kindalangi, daryolarni iyib dissmetrik gryadlar hosil qilgan. Bu gryadlar YUra va
Bur davrlarining eroziyaga bardoshli oxaktosh svitalari, bazan qumtosh hamda
konglomeratlardan tashkil topgan.
Birinchi Kuesta bir qancha tog‘ oldi qirlari tarzida CHerkes bo‘lan Maykon
oralig‘ida cho‘zilgan. Ikkinchi kuesta Loba daryosidan sharqqa tomon ketgan
tizmalardan iborat, ularning tog‘ tepalari 1400 metrga etadi. Uchinchi kuesta Valaya
daryosi bo‘lan Terek daryosi orasidagi balandligi 3480 metrgacha etadigan Koyali
tizmadir.
Kuestalar tarqalgan ikkinchi rayon qrim tog‘larining shimoliy yonbag‘ridir.
Bu erda ikkita kuesta vujudga kelgan, shimoldagisini balandligi 340 metrgacha,
janubdagisiniki balandligi 720 metrgacha etadi.
Kuesta relefi boshqa tog‘li mintaqalarda ham bor. Ko‘pincha tog‘ vodiylari
tizmani kindalangiga kesib o‘tadi. Bunday vodiylar kindalang tik kesib itgan yoki yorib
kirgan vodiylar deyiladi. Ximoliy tog‘larida shimoldan boshlanadigan Xind va
Braxmaputra daryolari bu ulkan tizmani kindalangiga kesib itib, uning janubiy
yonbag‘ridan oqib o‘tadi.
Alp sistemasida bir qancha tog‘liklar bor. Bular Anatoliya, Armaniston, eron,
Pomir, Tibet tog‘liklaridir. Kordilera sistemasida esa Katta xavza, And sistemasida
Boliviya
tog‘ligi
mavjud.
Tog‘liklar
burmalangan
mintaqaning
materiklar
ichkarisidagi qismlarida vujudga keladi va shu tufayli nam havo massalaridan tisilib
qolgan. Bundan tashqari, alp burmalanishida vujudga kelgan tog‘liklar joylashgan
tropik kengliklarda quruq havo massalari ustunlik qiladi. Bunday sharoitda fizik nurash
juda kuchli bo‘ladi. eroziya va daryolarning jinslarini oqizib ketishi nihoyatda
zaiflashadi. SHu sababli chuqur errozion vodiylar hosil bo‘lmaydi. Fizik nurash
natijasida tog‘ tizmalaridan parchalanib turgan jinslar vodiylarni tildiradi. YAni
hozirgi geomorfologik protsesslar relefining parchalanishiga emas balki tekislanishiga
sharoit tug‘diradi. Platformalarning garchi mustahkam barqaror zamini bo‘lsada ularni
er po‘stining mutlaqo xarakatsiz qismlari deb bo‘lmaydi. Ularda turli hil harakatlar shu
jumladan qayta tog‘ paydo bo‘lishi harakatlari ro‘y berib turadi.
Erigan va gazlarga tiyingan meneral massa magmaning Erning ichki qismidan
er po‘stiga kirib kelishi va er betiga oqib chiqishi bo‘lan bog‘liq bo‘lgan
protsesslarning hammasi vulkanizm deyiladi. Magma er betiga oqib chiqib undan
moddalar ajralib chiqadi va ajralib chiqqan lavaga aylanadi. Vulqonlardan uzoq tog‘
jinslari qil va toshlar ham otilib chiqadi.
Vulkanizm protsessi iziga xos vulkanik relef shakllarini vujudga keltiradi.
Vulkanlar okean er osti po‘stining kotenental er po‘stiga aylanishida ham ishtirok etadi.
Vulkanizm erning hozirgi tektonik faoliyatining oqibati va kirinishlaridan
biridir. Hozir 800 ga yaqin sinmagan vulqon bor, eng faol vulqonlar 50 dan ortadi.
Singan vulqonlar soni uch mingdan ortiq hisoblanadi. Vulqonlarni singan va sinmagan
deb ajratish ancha shartlidir.
Alp va tinch okeani geosinklinalida vulqonlar faoliyati ayniqsa kuchli bo‘ladi.
Ifodali qilib olovli halqa deb ataluvchi Tinch okeani mintaqasida 370 ga yaqin
sinmagan vulqonlar bor. Aleut, Kuril, Janubiy Sandvich orollar yoyi vulqon konuslari
zanjirlaridan iborat. Kamchatka yarim oroli, YAponiya, Filipin, Katta va Kichik Zond
orollarida, And va Kordilera tog‘larida vulqonlar ko‘p. Antarktidada ikkita vulkan bor.
Kichik Antil orollari ham vulqon faoliyati natijasida paydo bo‘lgan.
Okeanlar o‘rtasida rif tizmalari sistemasi vulqon mintaqasi shisoblanadi.
YAn-Mayen, Islandiya, Azor, Voznoseniya orollari O‘rta Atlantika suv osti
tizmasining suv betidan yuqori ko‘tarilib turgan qismlaridir.
Tinch okeanida ham sinmagan vulqonlar juda ko‘p. Bulardan eng kattasi
Gavayi vulqonlaridir. Ko‘p vulqonlar allaqachon sinib qolgan. Hozirda issiq
mintaqadagi singan vulqonlarning konuslaridan marjon orollari vujudga kelgan.
Materik platformalarida va yoshargan tog‘larda ham vulqonlar bor, biroq
inlab vulqonlargina tarixiy davr mobaynida harakatda bo‘lgan. Singan vulqonlar
SHarqiy Sibirda, Britaniya orollarida, Markaziy Evropada, Hindistonda, Arabistonda,
janubiy va SHarqiy Afrikada bor.
Vulqon relefi shakllari vulqonning otilishi harakteriga hamda lavasi tarkibiga
bog‘liq.
YOriqlardan oqib chiquvchi vulqonlarda juda ko‘plab suyuq lava otilib
chiqadi va atrofga keng yoyilib, katta-katta maydonlarni qoplaydi. Hozirgi geologik
davr yoriqlaridan lava otiladigan eng katta vulqonlar Islandiyadir. 1783 yil uzunligi 24
km li er yorig‘idan 15 km kub dan ortiq lava va uvoq jinslar otilib chiqib, kattagina
vulkanik tekislik hosil qilgan. Islandiya oroli butunlay va shunday vulkanik jinslardan
tarkib topgan. YOriqlarda otilib chiqqan lava oqimlari Azor, Samoa, YAngi Zelandiya
orollarida ham bor. Itgan geologik davrlarda er yoriqlaridan vulqon otilishi ko‘proq
bo‘lgan. Ular katta katta vulqon platolari yoki yassi tog‘liklar hosil qilgan, bunga
Kolumbiyadagi lava platolari (maydoni salkam 400 ming kv km), Dekan trappalar
o‘lkasi (maydoni 300 ming km kv ga yaqin) Patagoniyadagi Bazalt platosi.
Armanistondagi vulkanik yassi tog‘liklar, SHarqiy Sibirdagi trappalar o‘lkasi
(maydoni bir milion km kv) misoldir.
Lava qoplagan joylar tilqinsimon tekislikdan iborat, ular qancha qadimiy
bo‘lsa, relefi shuncha ko‘p parchalangan bo‘ladi.
Markazdan otilib chiqqan vulqonlarda magma er betiga vulqon big‘zidan
chiqib keladi.
Gavayi tipidagi vulqonlardan asosiy, yani tarkibida kremniy kam bo‘lgan
bazalt lavasi otiladi. U sekin otiladi va sekin asta soviydi singra atrofga keng yoyiladi.
Bunday vulqonlar qalqon qoplamlari maydoni juda katta va yuzasi yassi bo‘ladi.
Gavayi orollarining eng kattasi-Gavayi uchta vulqonning otilishidan hosil bo‘lgan.
III-bob. Tekisliklar
III.1Tekisliklar va ularning turlariTekisliklar relefining zonalligi
Tekislik termini ham «Tog‘ tizmasi» termini kabi ham tor ham keng manoda
qillaniladi. Tekisliklar deb, er makrorelefining elementlariga, yani materiklarning
platformadan iborat katta-katta qismlariga aytiladi. Masalan: SHarqiy Evropa, g‘arbiy
Sibir SHarqiy Sibir, SHimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Hindiston, Xitoy,
Avstraliya va Antarktida tekisliklari. Katta tekisliklarning mezorelef elementlaridan
iborat va maydoni nisbatan kichik yassi joylari ham tekislik deyiladi. Bular odatda past
tekisliklar deb yuritiladi. Masalan: Baltikabiyi, Oka-don, Kaspiy biyi pasttekisligi va
xokazo. Katta tekisliklarda pasttekisliklardan tashqari qirlar xam bo‘ladi. CHunonchi
Rossiya tekisligida Volgabiyi, Timan Kryaji va boshqa qirlar bor.
Demak, xar bir tekislik xam past xam baland joylarni iz ichiga oladi. SHuning
uchun ham g‘arbiy Sibo‘rni past tekislik emas, balki tekislik deyish lozim. CHunki
unda Vasyuchane kabi pasttekisliklar ham, qirlar ham bor. Mana shunday qirlarda biri
Surgut shahridan shimolda joylashgan. O‘rta Sibir baland teekisligi yassi tog‘lik emas,
balki O‘rta Sibir platosi degan maqul.
Platforma tekisliklari paydo bo‘lishiga kira qatlamli, akkumlyativ va
denudatsion tekisliklarga bo‘linadi.
Qatlamli tekisliklar. Qatlamli tekisliklar har bir materikning platformadan
iborat katta katta qismlaridir. qatlamli tekisliklar dengiz sathidan balandligiga qarab
past, o‘rtacha balandlikdagi va baland tekisliklarga bo‘linadi. Amazonka, La-Plata,
g‘arbiy Sibir tekisliklari pasttekisliklarga kiradi. Rossiya, Turon va SHimoliy Amerika
tekisligining sharqiy qismi o‘rtacha balandlikdadir. O‘rta Sibir platosi, Preneyalar
platosi va ekvatorial materiklarning tekisliklari baland tekisliklarga kiradi. V.S.Xoin
kirsatib itishicha tekisliklarning turlicha balanliklardagi tekisliklarga bo‘linishi ular
plitasining yoshiga bog‘liq bo‘lmay, neotektonik harakatlarga bog‘liqdir.
Materiklarning Atlantika biyi qismlari tektonik jihatidan birmuncha tinch. Bu
erdagi tekisliklar past yoki o‘rtacha balandlikda. Evrosiyoning sharqiy va SHimoliy
Amerikaning g‘arbiy qismlari tektonik jihatidan aktiv Tinch okean yoriqlari
mintaqasiga yaqin joylashgan. Mezozoy burmalanishi SHarqiy Sibir, Xitoy
platformalari bo‘lan Amerikaning o‘rta g‘arbidagi platformalarning ko‘tarilishiga
sabab bo‘lgan.
qatlamli tekisliklarni usti yassi va yon bag‘irlari tik, ko‘pincha jarlikdan iborat
suppasimon tog‘lar uchraydi. Ular yuza qismidagi chikindi qatlamlari deyarli
gorizontal yotgan ancha baland plato yoki yassi tog‘liklarning parchalanishi natijasida
vujudga keladi.
Akkumlyativ tekisliklar.
Ustki chikindi jinslar qatlami to‘rtlamchi davr yotqiziqlaridan tarkib topgan
tekisliklar Akkumlyativ tekisliklar deyiladi. Bunday tekisliklarga neotektonik
bosqichida chikkan chekka pasttekisliklar Buyuk Xitoy, Xind-Gang, Podana,
Mesopatamiya, Kspiybiyi, quyi Pechora, quyi Kolima pasttekisliklari, shuningdek,
o‘rtacha balandlikdagi tekisliklarning past qismlari kiradi. Masalan: Dnepr biyi
pasttekisligi va Vasyuchane.
Denudatsion tekisliklar.
Kembriydan oldin paydo bo‘lgan platformalar ko‘pincha dengiz sathidan
baland bo‘ladi. Kristalli Fundamentning er betiga chiqib qolgan baland joylari
qalqonlar deyiladi. Bunga Rossiya platformasidagi Baltika qalqoni, Sibir
platformasidagi Anobar va aldan qalqonlari, Afrika bo‘lan Arabistondagi bir qancha
qalqonlar, Hindiston, Avstraliya qalqonlari misol bo‘la oladi.
Dendatsion tekisliklar relefida neotektonik harakatlar belgilari yaqqol bo‘linib
turadi. Baltika qalqoni hozirgi har 100 yilda tahminan 2 metr ko‘tarilmoqda.
Gidrografik tarmoqlar ham shunga qarab izgaradi.
Tekisliklar relefining zonalligi.
YUqorida kirib itganimizdek, platforma tekisliklari planeta relefining zonal
elementlaridir. Ularda relef zonalchalari yaqqol kizga tashlanadi. 710sharqiy kenglik
paralel yaqinida pasttekisliklar zonachasi bo‘lan Evropa va Amerikadagi hozirgi
tekisliklarning qutbiy chegarasi joylashgan. 620shimoliy kenglikning aktiv paralelida
Kanada, Baltika va Anobar qalqonlari hamda g‘arbiy Sibir shimoliy Suv ayirgichining
qirlari joylashgan. 600 va 550lar oralig‘ida pasttekislik mintaqasi-Germaniya, Polsha
pasttekisligi, Belorusiya, Polese, Meshchera, Surgut Polesesi, Vilyuy pasttekisligi
joylashgan. 55-600shimoliy kengliklar orasida asosan qirlar bor. 50 va 400shimoliy
kengliklar orasida juda katta pasttekisliklar-platformalarning chekka botiqlari
joylashgan. Umuman olganda shimoliy tekisliklarning tektonik relefi shimoldan
janubga tomon tilqinsimon davom etadi.
Tektonik relefning kenglik biyicha zonalligi bo‘lan birga merdional
sektorialligi mavjud.
Tabiat zonalarining bir butun tabiiy geografik kompleksi bo‘lan genetik
bog‘liq bo‘lgan tekisliklar mezorelefida zonallik yanada yaqqolroq aks etadi.
Tekisliklarning shakliga kira hillari.
Mezotekisliklarning shakliga kira yassi, qiya, botiq, qavariq, sertepa va
tilqinsimon bo‘ladi.
YUzasi bir hil bo‘lib, nishobi 10 mg‘km dan oshmaydigan tekisliklar yassi
tekisliklar deyiladi. Odatda yosh dengiz tekisliklari (masalan, Kaspiybiyi va
qoradengiz biyi) shuningdek allyuvial hamda kil tekisliklari yassi bo‘ladi.
qiya tekisliklar yuzasi ham bir hil bo‘ladi, biroq uning nishobi 10 mg‘km dan
ortadi. Tog‘ oldi tekisliklari, masalan, Kavkazoldi, SHarqiy SHvetsiya, Bavariya
tekisligi shunday tekisliklardandir.
Botiq tekisliklar yuzasi chekkalaridan markazga tomon pasaya boradi. Nam
iqlim joylarida ulardan daryolar oqib o‘tadi, quruq iqlimli joylarda esa botiq tekisliklar
ichki oqim o‘lkalaridir. Masalan: SHimoliy Fransiya va Turon tekisliklari.
qavariq tekisliklarning eng baland joyi o‘rtasida bo‘ladi. YUzasi markazidan
chekkalariga tomon nishob bo‘ladi. Oqar suvlar ham shu nishoblik biyicha ham
yinaladi.
Sertepa tekisliklar yuzasi, nomidan ham kirinib turibdiki, turli yinalishda va
turlicha qiyalikda bo‘ladi. Morena yotqiziqlari tarqalgan oblastlar, masalan: Valday
qirlari, relefi sertepa tekisliklardan iborat.
Tilqinsimon tekisliklar yuzasi ur-qirlar bo‘ladi. Ko‘pincha bunday relef ellar
relefi deb ham ataladi. Masalan: g‘arbiy Sibir tekisligining Janubidagi Ellar relefi
tilqinsimon tekisliklarga kiradi.
Tekisliklarning eroziya natijasida parchalanishi.
Daryolar uzluksiz va uzoq vaqt davomida oqishi natijasida uzun hamda
murakkab vodiylar vujudga keladi.
Vodiy deb, relefning uzun cho‘zilgan bir tomoni ochiq va bir tomonga nishob
chuqurliklariga aytiladi.
Daryo vodiylari tekisliklarga iyib kirar ekan, ularni parchalaydi. Ayrim
qismlarga ajratib yuboradi. Natijada errozion relef kompleksi vujudga keladi. Ayni
vaqtda daryo yotqiziqlari tiplanib, akkumlyativ relef shakllari vujudga keladi.
Tekisliklarning errozion akkumlyativ relefi xarakteri vodiyning qanchalik chuqur
iyinlanligiga, gidrografik tarmoqlarning qiyofasi hamda zichligiga bog‘liqdir.
Pasttekisliklardan oquvchi daryolar masalan: Polsedagi Pripyat daryosi,
qirg‘og‘i baland bo‘lishi mumkin emas. Aksincha, qirlardan oquvchi daryolar tor va
chuqur vodiylar hosil qiladi. Masalan: Sura daryosi qirg‘oqlarining balandligi 65
metrga etadi.
Tekislik daryolarining boshi dengiz sathidan uncha baland bo‘lmaydi. Volga
288 m, Dnepr 250 m, Don 190 m balandlikdan boshlanadi. Daryo boshi bo‘lan quyilish
joyi o‘rtasidagi balandlik farqi kichik bo‘lsa, ular vodiysi ham uncha chuqur
bo‘lmasligi kerak edi. Tekisliklar gidrografik tarmoqlarini tahlil qilish shuni
kirsatadiki, yirik daryo sistemalari botiq tektonik strukturalarida chikmalarda,
bukulmalarda, sineklizalarda joylashadi yoki er po‘stining yoriqlari va uzulmalari
biylab o‘tadi.
III.2 Tekisliklarning eroziya natijasida parchalanishi.
Tekisliklar tektonik va morfologik jihatidan turlicha bo‘lgan qismlarning
erozion parchalanishi ham turlichadir. qiya tekisliklarni izaro parallel vodiylar kesib
itgan. Vomen-Podoliya platosida, qora dengiz biyi pasttekisligida, Rossiya
tekisligining shimoliy ko‘p oblastlarida, SHvetsiyadagi Normandiya platosida,
SHimoliy Amerikaning shimolida gidrografik tarmoqlar parallel joylashgan. YOsh
tekisliklarning errozion parchalanishi ham shunga ixshagan bo‘ladi. eroziya
protsesslari natijasida bora-bora gidrografik tarmoqlar ham izgarib turadi. Agar tekislik
Amazonka, Padona pasttekisliklari kabi tektonik bukilmadan iborat bo‘lsa, bundan
tekislikda gidrografik parchalanish patsimon bo‘ladi. Bundan tekislik o‘rtasidan bosh
daryo oqib itib, unga ikki tomondan simmetrik tarzda irmoqlar kelib qiyiladi. Tektonik
va morfologik jihatdan ikki tekislik qishilgan joyda bir yoqlama patsimon shakldagi
daryo vodiysi hosil bo‘ladi.
Tektonik botiqlarda joylashgan pasttekisliklarda daryo tarmoq vodiylar bir
markazga tomon yinalgan bo‘ladi. Bunday vodiylarni Ilmen havzasida, Turon va O‘rta
Dunay pasttekisliklarida, Parij havzasida kuzatish mumkin.
Yuza qatlamlari gorizontal yotgan platforma tekisliklari uchun shoxsimon
parchalanish hosdir. Bunda bosh daryo vodiysi ham unga kelib qishiluvchi daryo
vodiylari ham atrofga betartib tarqalib ketgan sistemani malum bir asosiy yinalishi
bo‘lmaydi. Bunga Moskva boto‘g‘i bo‘lan undagi yuqori Volga havzasi misol bo‘la
oladi. YUqoridagi tasvirlangan barcha hollarda tekislik relefi va balandligi faqat
umumiy kirinishdagina emas, balki errozion parchalanish chuqurligi hamda daryo
vodiylarini qay darajada chuqur iyilib tushganligida ham aks etadi. Tektonik botiqlarda
pasttekisliklar juda sertarmoq daryo sistemalari yassi va past relefga salgina iyib kirgan
bo‘ladi. qirlar yoki qiya tekisliklardan oqib tushuvchi daryolar vodiysi chuqur bo‘lib
ko‘pincha tog‘ daryolari vodiysini eslatadi.
Katta daryolar tekisliklarning bir nechta tektonik va morfologik elementini
kesib o‘tadi hamda bu elementlarning har birida iziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Dnepr misolida tekislik daryosi morfologiyasini kirib chiqish mumkin.
Daryolarning biylama profili qiyaligi normalga yaqinlashgach, yon
erroziyasining roli kuchayadi. SHu bo‘lan birga vodiyda allyuviy tiplanadi. Vodiy
morfologik jihatdan bir necha qismga ajralib qoladi. errozion iyilgan relef tagida
daryoning allyuvial tag qismi joylashib, daryo izani mana shu allyuvial yotqiziqlarning
iyilishidan hosil bo‘ladi.
Daryo keltirib etkizib allyuviydan qayir, yani tekislikdagi rivojlangan
vodiyning allyuvial jinslardan tarkib topgan keng, yassi va har yili suv bosadaigan tag
qismi vujudga keladi. Katta daryolar masalan: Volga va Ob daryolari qayirlarining
kengligi 40 km gacha; o‘rtacha daryolar qayirining kengligi 20 km ga, kichik
daryolarda esa yuzlab metrga yaqin.
Qayir mikrorelefida quyidagi qismlar ajratiladi. Izanning ikki chekkasida suv
biyicha past qumloq er izan biyicha sayozligi cho‘ziladi. Undan qayir yonbag‘ri yoki
jarligi qad ko‘targan bo‘lib, u izan biyi qayirga toshib chiqayotganda kamayishi
natijasida chikib qolgan yirik qumlardan iborat.
Izan biyi markazidan keyin uning eng keng unumdor qismi bo‘lgan markaziy
qayir keladi. Markaziy qayir odatda qiya yollar va pastqam erlardan iborat bo‘ladi.
Bazan unda eski izanlar uchraydi. YOshlar ilgarigi izan biyicha marzalari, pastqam
erlar esa isimlik bo‘lan qoplangan hamda oqiziqlar bosgan eski izanlardir. qayirlarning
chekka qismida ko‘pincha botqoq bosgan yoki jilg‘alar oqadigan pastliklar bo‘ladi.
Odatda tekislik daryolari vodiysi dissemetrik shaklda, yani ularning ing va sil
qirg‘og‘i har xil bo‘ladi. Bu har xillik dissemetriya vodiylar yon bag‘rining
balandligida va shaklida aks etadi.
Xulosa
Bajarilgan ishlardan kelib chiqan holda quydagicha xulosa qilish munkin:
Yer yuzasidagi reylef shakllarining yuzaga kelishida yerning o’z o’qi atrofida
aylanish,
yerda
bo’ladigan
geodinamik
jarayonlar,ya’ni
endogen
ekzogen
jarayonlar,litosfera pilitalarining harakati( to’qnashishi va bir-biridan uzoqlashishi) faol
ishtirok etadi.
Endogen jarayonlar tasirida yer yuzasida baland-pastliklar yuzaga keladi,
natijada yer yuzasi notekis ko’rinishga keladi.
Ekzogen jarayonlar(nurash, yemirilish,shamol, va x.) tasirida esa yer yuzasidagi
chuqurliklar to’ldiriladi, balandliklsr yemiriladi va natijada yer yuzasi tekislanadi.
Bundan kelib chiqadiki yerning ichki kuchlari tasirida notekislilae yuzaga
keladi,tashqi kuchlar tasirida esa bu notekisliklar tekislanadi. Bu jarayonlar doimiy
davom etib boradi va yer relefi doimiy o’zgarishga uchrab boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdug’aniev O “Umumiy yer bilimi” fanidan ma’ruzalar matni 2008-yil.
2. Nigmatov A, yusupov R, - “tabiiy geografik komplekslar va ekzogen
jarayonlar” Toshkent 2006.
3. Soatov A va Abulqosimov A “Tabiy geografiya” Toshkent 2006-yil.
4. Vahobov, Abdunazarov “Umumuiy yer bilimi” Toshkent 2005-yil.
5. Yo’live A, Sattorov A, Yusupov A “Geologiya asoslari” Toshkent 2006-
yil.
6. Zokirov Sh S, Toshov X R “Landshaftshunoslik” Toshkent 2013-yil.
7. Chiniqulov X, Jo’live A. X “ Umumiy geologiya” Toshkent 2010.