1
Yoqilg‘i-energetika majmuasi
Reja.
1. 1.O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishida yoqilg‘i – energetika
majmuining roli.
2. Gaz sanoati.
3. Neft sanoati
4. Ko’mir sanoati
5. Elektr-energetika sanoati.
Tayanch iboralar
Sanoat tarmoqlari, yoqilg‘i sanoati, elektroenergetika sanoati, gaz sanoati, neft
sanoati, ko‘mir sanoati
1.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining rivojlanishida yoqilg‘i – energetika
majmuining roli.
Yoqilg‘i sanoati-har xil yoqilg‘i turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan
band bo‘lgan sanoat tarmoqlari majmuidan iborat. Uning tarkibiga neft, gaz va
ko‘mir sanoatlari kiradi. Bu sanoat ham xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari singari
aholining kundalik hayotida juda katta ahamiyatga egadir. Mamlakat yoqilg‘i-
energetika majmuasi Respublika yalpi sanoat mahsulotlarining 30%dan ortig‘ini
ishlab chiqaradi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, “O‘zbekistonda noyob yoqilg‘i-energetika resurslar kidirib toilgan
gaz zahiralari 2 trln kub metrga yaqin, ko‘mir 2 mlrd tonnadan ortik. 160 dan ortik
neft konlari mavjud...”.
Neft va gaz resurslarining zahiralari bir trln AQSH dollaridan ziyod
baholanmokda. O‘zbekiston yoqilg‘i va energetika balansi bo‘yicha ilg‘or
mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu jarayon Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini
2
yanada rivojlanishiga juda katta imkoniyat yaratadi. Bu sanoat majmuasi ikki qismga
- yoqilg‘i sanoati va elektr energiya sanoatiga bo‘linadi. Yoqilg‘i sanoati majmuasi
o‘z navbatida gaz sanoati, neft sanoati va ko‘mir sanoatidan tarkib topgan.
2. Gaz sanoati.
Bu tarmoq eng yosh va ahamiyatlidir. Tabiiy gaz xalq xo‘jaligining eng
samarali yoqilg‘isi bo‘lib, u kimyo sanoatiga ham eng kimmatbaxo xom ashyo
hamdir. Bu sanoat tarkibiga tabiiy gazni qazib chiqarish, tozalash, suyultirish va
sun’iy gaz tayyorlash va uning iste’molchilarga etkazishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda gaz sanoati tarkib topishi va rivojlanish tarixi asosan 1953 yilda
Qizilqum cho‘lida Setalontepa (Saltanattepa) hududida birinchi gaz koni ochilishi
bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gaz-neftli hududlarida katta hajmda ishlar
olib borildi. 1956 yilning 17 oktyabrida Gazli maydonidagi 600 metrlik quduqdan
kuchli gaz favvorasi otilib chikdi. O‘zbekiston neft -gaz sanoatida yangi davr
boshlandi.
Gaz sanoati O‘zbekistonda 1944-1945 yillarda vujudga keldi. Shu yillari
Farg‘ona vodiysida neft konlarida neft bilan birga uchraydigan yuldosh gazdan
sanoat shahar va qishloq aholisini ta’minlay boshladi. Asosan Andijon viloyatida
gazdan 1941 yili foydalana boshlandi. Gazni Asaka - Andijon (12km), Asaka -
Farg‘ona (81km) shaharlarga kuvur orkali gaz olib keltirildi. Ayniqsa SHo‘rton gaz
konining o‘zlashtirilishi asosida Respublikada gaz ishlab chiqarish keskin ortdi.
1980 yilda 34,8 mlrd kubometr, 1990 yilda 40,8 mlrd kubometr, ayniqsa
mustaqillikka erishgandan keyin yana ham ortdi. 1995 yilga kelib 48,6 mlrd
kubometrga etdi. Hozir O‘zbekiston dunyoda yirik gaz ishlab chiqarish mamlakati
bo‘lib, Rossiyadan va Turkiyadan keyingi o‘rinda turadi. Bu jarayonlar Buxoro-
Xiva, Qashqadaryo gaz konlarining topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir.
Gazli, O‘rtabulok, Uchquduq,Jarqoq, keyinchalik yuqori istiqbolga ega bo‘lgan
Muborak, SHo‘rtan konlari, katta zahiraga ega bo‘lgan Ko‘kdumaloq gaz konini
ishga tushirish Respublikada gaz qazib chiqarish salmog‘ini oshirdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda gaz sanoati taraqqiyoti uchun muhim
bo‘lgan noyob inshootlar bunyod etildi. Ko‘qdumaloq neft -gaz kondensat koni
3
o‘zlashtirildi. Bu yerda 1997 yil 14 iyulda 500 atmosfera bosimda gazni haydash
kompressor stansiyasi ishga tushirildi. Ko‘kdumaloq konining neft va gaz
kondensatini qayta ishlash uchun Buxoro viloyatida yiliga 2,5 mln. t mahsulot ishlab
chiqaradigan zamonaviy Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurildi, Farg‘ona neftni
qayta ishlash zavodi to‘liq ta’mirlandi. O‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning
asosiy qismi Muborak gazni qayta ishlash zavodi va SHo‘rtan gaz kondensati
majmuasining
oltingugurtdan
tozalash
inshootlarida
qayta
ishlanmoqda.
O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gazning 25% elektr stansiyalariga, 10%
tarmoqning o‘z texnologiya ehtiyojlariga, 19% sanoatga va 30% dan ziyodi
kommunal-maishiy ehtiyojlarga yo‘naltirilgan.
«O‘zbekneftgaz» milliy kompaniyasi jahonda tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha
11 o‘rinni egallaydi (yiliga 60-70 mlrd m³). uglevodorodli xom ashyoning 194 koni,
shundan, gaz va kondensat 98 kon, neft-gaz, neft va neft-gaz kondensatli-96 kon
mavjud. Energetikadagi yirik korporatsiyalar- CNPC (China National Petroleum
Corporation), Petronas (Malaysia), KNOS (Korea), Gazprom, Lukoil, Uzbekneftgaz.
Mamlakatimiz bo‘yicha neftning geologik zahirasi 5 mlrd tonna, tasdiqlangan
zahirasi esa 530 mln tonna deb belgilangan. Bir yilda o‘rtacha 3-3,5 mln tonna neft
qazib olinadi. Tabiiy gazning geologik zahirasi-5 trln m³ dan ortiq, aniqlangan
zahirasi esa 3,4 trln m³.
3. Neft sanoati
Respublikaning eng to‘ng‘ich tarmoqlaridan biridir. Neft konlarini qidirish,
kon quduqlari qazish, neft va neft bilan aralash chiqadigan gazni qazib olish, qayta
ishlash, neftni quvurlar orqali jo‘natishni o‘z ichiga oladi. Turkiston o‘lkasida sanoat
asosida neft qazib olish XIX asrning 80-yillariga to‘g‘ri keladi. 1870-72 yillarda
Farg‘ona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan. 1885
yili rus neftchisi D.P.Petrov Chimyon neft konida ikkita quduqdan neft qazib olishga
va uni Vannovsk (xozirgi Xamza) temir yo‘l stansiyasidagi o‘zining shaxsiy kichik
zavodida qayta ishlashga muvaffaq bo‘lgan. Olingan kerosin aravalarga va tuyalarga
yuklanib Andijon, Toshkent, Ko‘qon paxta zavodlariga, moyjuvozlarga va axoliga
sotilgan. Neft qoldiklari esa temir yo‘l transportida yoqilg‘i sifatida ishlatilgan.
Hozirgi O‘zbekiston hududida 1913 yilda 13 ming t neft qazib olingan.
4
Oktyabr to‘ntarishidan keyin neft konlari va neftni qayta ishlash korxonalari
natsionalizatsiya qilinib, neft konlarini izlash, ishga tushirish ham sho‘rolar
hokimiyati ixtiyoriga o‘tkazildi. Qo‘qonda «O‘zbekneft » (1924), Termizda
«Termizneft » (1936) trestlari tashkil qilindi. Qo‘qon neft texnikumi (1935) ochildi.
Urushgacha bo‘lgan davrda Surxondaryo viloyatida ham neft konlari ochildi va
ishga tushirildi (1935; Uchqizil, Xavdag). 1940 yili mamlakatda neft olinadigan
konlar soni 11 taga etkazildi. 1944-45 yillarda yangi neft konlari (Farg‘ona
vodiysida Janubiy Olamushuk, Polvontosh, Andijon) ochildi va ishga tushirildi.
1941 yili 196 ming t, 1945 yilda 478 ming t neft qazib olindi, 1959 yili Farg‘ona
vodiysi va Surxondaryo viloyatidagi 9 neft konining o‘zidan 1460 ming t dan ziyod
neft olindi. Usha davrda Buxoro-Xiva hududlarida topilgan neft konlari ishga
tushirildi, ularning negizida neft va gaz qazib olish boshqarmasi tashkil etiddi. 70-
yillar boshidan ayrim neft konlaridagi zaxiralarning tugashi natijasida neft qazib
olish kamaydi. 1985 yili Buxoro-Xiva provinsiyasida yaxshi tarkibli, neft-gaz
kondensatli Ko‘kdumaloq koni ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng neft sanoatini
rivojlantirish masalasi muhim ishga aylandi. 1992 yil 23 dekabrda neft va gaz
sanoati hamda u bilan bog‘liq barcha korxona, tashkilot, muassasalar yagona
boshqaruvga birlashtirilib, «O‘zbekneftgaz» milliy korporatsiyasi tashkil etildi.
1995 yili O‘zbekistonda 7 mln t ga yaqin neft va kondensat qazib olindi. 1991-2003
yillarda O‘zbekistonda neft va gaz kondensatini olish 2,8 marta oshdi (1990 yil 2,81
mln. t; 1997 y 7,9 mln. t) va 1995 yili neft importini tugatib, respublikaning neft
mustaqilligini ta’minlashga imkon yaratdi. 2001 yilning yanvariga kelib,
O‘zbekistonda 70ta kondan neft olindi, 49 ta neft , gaz va gazkondensat koni esa
foydalanishga tayyorlab qo‘yildi. Neft va gaz mavjud bo‘lgan beshta asosiy
mintaqani ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy
Xisor, Surxondaryo, Farg‘ona mintaqalaridir.
Respublikada zahirasi sanoatda ishlatilishi mumkin bo‘lgan darajada
hisoblangan 160 dan ortiq neft va gaz konlari ochilgan. Ulardan 115 tasi Buxoro-
Xiva havzasida, 27 tasi Farg‘ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda
joylashgan. Mazkur konlarning gaz, gaz-kondensati, gaz-neft, neft, gaz-neft
5
kondensatli va neft-gaz kondensatli turlari mavjud. Eng yirik gaz va neft konlari
Janubiy-goarbiy Hisor va Buxoro-Xiva, Ustyurt, Surxondaryo va Farg‘ona
mintaqalarida joylashgan bo‘lib - Gazli, Muborak, Sho‘rtan, Ko‘kdumaloq,
Qorovulbozor, Mingbuloq hisoblanadi. Mamlakatimizda 2017 yili 806,0 ming tonna
neft qazib olinib, 2016 yilga nisbatan 54,1 ming tonnaga kamaygan. Tabiiy gaz esa
56417,6 mln m3 ishlab chiqarilib, o‘tgan yilga nisbatan 285,5 mln m3 ortiq.
4. Ko‘mir sanoati.
Ko‘mir sanoati-ko‘mirni qazib olish (ayrim hollarda boyitish, briketlash) va
iste’molchilarga etqazib berish jarayonlarini uz ichiga oladi. Ko‘mir qazib olishning
eng afzal va samarali usuli uni ochiq usulda, karyerlardan qazib olish hisoblanadi.
Keng miqyosda foydalanish va Ko‘mir sanoatining tarmoq sifatida vujudga kelishi
XVIII asrning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu paytda qazib olingan ko‘mirdan
Angliyada cho‘yan eritishda foydalana boshlandi. XIX asr dan boshlab ko‘mir
transport sohasida keng ko‘lamda ishlatila boshlandi. XX asr boshlarida ko‘mir
insoniyatning yoqilg‘iga bo‘lgan ehtiyojining 70% ini qondirgan bo‘lsa, hozirgi
vaqtda ushbu ko‘rsatkich 20-25% dan oshmaydi.
O‘rta Osiyodagi ko‘mir konlarini o‘zlashtirish XIX asrda, 1882 yilda Farg‘ona
vodiysida boshlandi. Sulukta, Qizilqiya, Sho‘rob ko‘mir konlari O‘rta Osiyodagi
to‘ng‘ich ko‘mir konlaridir. Mamlakatimiz hududidan dastlabki ko‘mir qazib olish
1930 yillarning oxirida boshlangan. Toshkent viloyatining Ohangaron vodiysida
Angren, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da)
tumanlarida ko‘mir konlari bor. Angren qo‘ng‘ir ko‘mir konida 1940-1948 yillardan
buyon ochiq va yopiq usullarda ko‘mir qazib olinadi. 1941 yilda topilgan Sharg‘un
konidan 1958 yildan buyon toshko‘mir qazib olinadi. 1961 yilda Angren ko‘mir
konida yer osti gazogeneratorlarida ko‘mirni yuqori bosimdagi havo oqimi
yordamida energetik gazga aylantiradigan “Yerostigaz” stansiyasi qurilgan.
Mamlakat xalq xo‘jaligining ko‘mirga bo‘lgan ehtiyoji hamisha katta. Biroq,
mavjud ko‘mir zahiralarining yildan-yilga kamayib ketishi ko‘mir qazib olish
darajasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, mamlakatda 1990 yilda salkam
6,4 mln. tonna ko‘mir qazib olingan bo‘lsa, endilikda uning hajmi ikki marta pasayib
ketdi. Angren va Yangi Angren GRESlaning to‘la ko‘mirga o‘tkazilishi bilan
6
mamlakatning ko‘mirga bo‘lgan yillik ehtiyoji 8-9 mln. tonnaga etdi. Bunday
ehtiyojni qondirish Boysun tumanida topilgan To‘da toshko‘mir konini ishga
tushirishni taqozo qiladi. Mamlakatimizda 2016 yili 3867,3 ming tonna ko‘mir qazib
olingan bo‘lsa, 2017 yili 4038,6 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarildi.
5. Elektr-energetika sanoati.
Elektrlashtirish sanoatni joylashtirishga g‘oyat katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu ta’sir
ikki xil yo‘nalishda bo‘ladi. Odatda, elektr energiya katta masofaga uzatiladi bu esa
mamlakatning uzoq regionlarida ham ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga bir
xil yordam beradi. Bundan tashqari, muayyan joyda arzon energiyaning mavjud
bo‘lishi energiyani ko‘p iste’mol qiladigan ishlab chiqarishni rivojlantirishni taqozo
qiladi. Elektr-energetika sanoatini joylashtirilishi va rivojlantirilishiga yoqilg‘i va
gidroenergetika resurslari geografiyasi, ishlab chiqarishdagi va elektr energiya
etqazib berishdagi texnika taraqqiyoti hamda energiya iste’mol qiluvchilarning
joylashishi ta’sir ko‘rsatadi. Tovar shaklida mahsulot ishlab chiqarish bilan elektr
energiyasi ishlab chiqarishning farqi shundaki, ikkinchisida uni ishlab chiqarish va
iste’mol qilish bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Bunday holat esa, elektr stansiyalarining
energiyani iste’mol qiluvchi rayonlar bilan aloqasini kuchaytiradi. Bu sanoat
xo‘jalikning barcha tarmoqlarida va aholining kundalik turmushi uchun eng zarur
manbadir. O‘zbekiston hududida dastlab elektr quvvatidan foydalanish XX asrning
boshlariga to‘g‘ri keladi. Toshkentda dastlab ikkita elektr stansiya qurilgan. Ularning
biri (quvvati 1450 kVt.) tramvayni tok bilan taminlash, ikkinchisi (quvvati 125 kVt)
shaharni yoritish maqsadida qurilgan. 1913 yilda O‘zbekiston hududida umumiy
quvvati 3 kVt. bo‘lgan 6 ta dizel elektr stansiya ishlagan, ularnint yillik quvvati 3,3
mln. kVt. ga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonda dastlab elektr energiya olish va sug‘orish tizimini yaxshilash
maqsadida daryo va kanallarga gidrostansiyalar qurildi. O‘zbekistonda GESlar
qurish ishlari 1926 yilda Toshkentda Bo‘zsuv GESini qurish bilan boshlandi. O‘sha
davrda Bo‘zsuv GESi O‘rta Osiyoda birinchi va yirik energetika inshooti edi.
Ikkinchi jahon urushigacha Bo‘zsuv daryosida va Bo‘zsuv kanalida Qodiriya,
Bo‘rjar, Tovoqsoy va boshqa GESlar qurildi. 1948 yilda Farxod GESi ishga
tushirildi. So‘ngra Chirchiq-Bo‘zsuv suv tarmoqlarida, Shahrixonsoy va
7
Namangansoy daryolarida, Darg‘om, Hazarbog‘, Qumqo‘rg‘on kanallarida qator
GESlar qurildi. 1955 yilga kelib O‘zbekistonda hosil qilingan elektr kuvvatining 65
% GESlarga to‘g‘ri kelar edi.
Mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan extayojini GESlarga tayanib
qondirishning afzalliklari juda ko‘p. Birinchidan, GESlarda elektr energiyasi ishlab
chiqarish ekologik holatni toza saqlaydi, ikkinchidan, yoqilg‘i resurslarini tejaydi.
GESlar qurish natijasida vujudga kelgan suv omborlari esa yangi yerlarni
sug‘orishga imkon yaratadi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizning boy
gidroenergetika resurslarini to‘la o‘rganish va uni ishlab chiqarishga keng jalb etish
katta ahamiyat kasb etadi. Bunday imkoniyatlar esa mamlakatimizning aksariyat
viloyatlar daryolarida, magistral kanallarida mavjud. Keyinchalik O‘zbekiston
Resublikasida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanib borishi (va ayniqsa, elektr
energiyani ko‘p istemol qiluvchi sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi), shaharlar
soni va geografiyasining kengayishi mamlakatning bir qator viloyatlarida GES va
IESlar qurishni taqozo qildi. Ayniqsa, yirik yoqilg‘i resurslariga ega bo‘lgan
konlarning topilishi va ishga tushirilishi mamlakat energetika sanoatining tez
rivojlanishiga olib keldi.
Mamlakat elektr-energetika sanoati 1960-1970 yillarda birinchi marta, 1970-
1980 yillarda ikkinchi marta, 1980-1990 yillarda esa uchinchi marta o‘z taraqqiyot
bosqichining yuksak ko‘rsatkichlariga erishdi. Shu davrlarda mamlakatda eng
qudratli Toshkent (quvvati 1860 ming kvt.), Navoiy (1250 ming kvt.), Taxiatosh
(730 ming kvt.), Sirdaryo (3,0 mln. kvt.), Angren (484 ming kvt.), Yangiangren (1,8
mln. kvt.) GRES gigantlari qurildi va ishga tushirildi. Mamlakat elektr energiya
balansida suv resurslaridan foydalanish ham sezilarli darajada o‘sdi. Qator daryo va
kanallarda hamda suv omborlarining to‘g‘onlarida yangi GESlar qurildi. Ular
orasida respublikamizda eng yirik-Chorvoq GESini ko‘rsatish mumkin. Quvvati
620,5 ming kvt. bo‘lgan Chorvoq GESini qurish uchun balandligi 160 metrlik
to‘g‘on va katta suv ombori barpo qilindi. 1980 yillarning boshida Chirchiq
daryosida Xo‘jakent GESi (165 ming kvt.), keyinchalik Qoradaryoda Andijon GESi
(110 ming kvt.), Amudaryoda Tuyamo‘yin GESi (70 ming kvt.), To‘polon suv
omborida To‘polon GESi (50 ming kvt.) qurildi va h. k.
8
Mamlakatda issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini qurish va ishga tushirish
bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda
respublikamizda mavjud bo‘lgan elektrostansiyalarda o‘rnatilgan umumiy quvvat
1710 MVtni tashkil etadi, shundan 80-81% issiqlik, 14,7%i gidroelektr
stansiyalariga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish
2000 yildagi 56,6 mln. kvt., 2002 yilga kelib 49,3 mlrd. kvt soatni tashkil etgan
bo‘lsa, 2014 yili 54,2 mlrd. kvt soatga, 2017 yilda esa 60,092 mlrd. kvt soatga etdi.
Mamlakat elektr-energetika sanoati 1995 yilda jami sanoat mahsulotining 14,8%ni
tashkil etgan holda 2014 yili bu ko‘rsatkich 7,5%ni tashkil qildi. Bu birinchi
navbatda mamlakatda elektr-energiya ishlab chiqarish salmog‘ining kamayishi bilan
emas, balki boshqa sanoat tarmoqlari (masalan, mashinasozlik) ulushining ortishi
bilan izohlanadi.
Respublikamizning qator rayonlarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning
ko‘payishi va natijada energetika sanoatining rivojlanishi uning xalq xo‘jaligidagi
salohiyatini oshirib yubordi. Ayni bir paytda energetika tizimlarini birlashtirish xalq
xo‘jaligida elektr taminoti sifati va barqarorligini tubdan yaxshiladi, gidroresurslar
va yoqilg‘idan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Endilikda mamlakatning
qishloq xo‘jaligi va agrosanoat majmuini elektrlashtirishda katta ishlar qilinmoqda.
Ayniqsa, yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun barpo qilingan yuzlab yirik nasos
stansiyalarini elektr energiyasi bilan taminlash qishloq xo‘jaligida elektr quvvatidan
foydalanishga talabni oshirib yubordi.
O‘zbekiston energetika sanoatining istiqbollari katta. Elektr energiyasi ishlab
chiqarishda Toshkent (36,4 foiz) va Sirdaryo (28,5 foiz) viloyatlari nihoyat katta
ulushni egallaydi. Shuningdek, Navoiy (13,7 foiz) viloyati va Qashqadaryo (12,4
foiz) viloyatlarining hissasi katta. Yuqorida sanab o‘tilgan 4 viloyat mamlakatda
ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 91%ni ta’minlaydi. Mustaqillik yillarida
elektroenergetika sanoatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan,
Qashqadaryo viloyatida yaqin vaqtgacha mazkur sanoat tarmog‘i deyarli yo‘q edi.
2004 yilda quvvati eng yuqori bo‘lgan Tollimarjon GRESi (3,2 mln. kvt.),
Qoraqalpog‘iston va Xiva GRESlari va boshqa elektr stansiyalari qurildi. Hozirgi
9
vaqtda respublikaning eng yirik IESlariga Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent,
Navoiy, Tollimarjon IESlarini kiritish mumkin.
7.1-jadval. O‘zbekistonning yirik IESlari.
№
IES nomi
Ishga
tushirilgan
vaqt
Loyihaviy
quvvati MVt
Yoqilg‘i turi Energiya
bloklari
soni
1
Sirdaryo
1972
3000
Gaz, mazut
10
2
Yangi Angren
1985
2100
Gaz, ko‘mir
7
3
Toshkent
1963
1920
Gaz
12
4
Navoiy
1961
1270
Gaz
11
5
Tollimarjon
2004
800
Gaz
1
6
Angren
1957
600
Ko‘mir
8
7
Taxiatosh
1961
720
Gaz
5
8
Farg‘ona
1956
215
Mazut
6
9
Muborak
1985
100
Gaz
2
Manba: Soliyev A. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. -T., 2014.404b.