YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809)

Yuklangan vaqt

2025-01-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

18,8 KB


 
 
 
 
 
 
YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809) 
 
Reja: 
 1. Y.Gaydn ijodining birinchi davri, tarjimayi holi. 
 2. Y.Gaydn ijodiy davrining ikkinchi bosqichi. 
 3. Y.Gaydn ijodining uchinchi davri, so’nggi yillari. 
 4. Y.Gaydn ijodidagi asosiy janrlar. 
 
  
 Ijodining birinchi davri(1751-1761): Frans Yozef Gaydn tom ma’noda 
simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg’u musiqasining buyuk asoschisi, 
zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi deb hisoblanadi. 
 Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan 
chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida tug’ildi. Gaydning ajdodlari avstro-nemis 
hunarmand-dehqonlaridan bo’lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta( faytun 
arava) ustasi bo’lgan. Kompozitorning onasi- qizlik ismi Anna Mariya Koller--oshpaz 
bo’lib xizmat qilgan.  
 Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo’lgan muxabbati farzandlariga meros 
bo’lib qoldi. Kichkina Yozef 5 yoshligidayoq musiqachi san’atkorlar diqqatini o’ziga 
jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi. Maktab 
o’qituvchisi va cherkov regenti Frank Gaydnning musiqiy iqtidoriga e’tibor qildi. U 
bolani o’zi yashaydigan Gaynburg shahriga olib ketdi. U erda Gaydn cherkov xorida 
qo’shiq aytishni, nota savodi, shuningdek skripka va klavesinda chalishni o’rgana 
boshladi. 
 Uch yildan so’ng Vena shahrida Avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi xor 
kapellasiga kirdi. Bu erga uni Venalik kompozitor va kapelmeyster Georg Royter 
taklif qildi. U o’zining cherkov xoriga o’g’il bolalarni izlardi. Bu esa Gaydn hayotida 
YOZEF GAYDN IJODI. (1732-1809) Reja: 1. Y.Gaydn ijodining birinchi davri, tarjimayi holi. 2. Y.Gaydn ijodiy davrining ikkinchi bosqichi. 3. Y.Gaydn ijodining uchinchi davri, so’nggi yillari. 4. Y.Gaydn ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining birinchi davri(1751-1761): Frans Yozef Gaydn tom ma’noda simfoniya va kvartet janrining otasi, klassik cholg’u musiqasining buyuk asoschisi, zamonaviy orkestrning birinchi tashkilotchisi deb hisoblanadi. Frans Yozef Gaydn 1732-yil 31-martda Quyi Avstriyaning Vengriya bilan chegaradosh bo’lgan Rorau qishlog’ida tug’ildi. Gaydning ajdodlari avstro-nemis hunarmand-dehqonlaridan bo’lishgan. Kompozitorning otasi Matias kareta( faytun arava) ustasi bo’lgan. Kompozitorning onasi- qizlik ismi Anna Mariya Koller--oshpaz bo’lib xizmat qilgan. Otasining musiqiy qobiliyati va musiqaga bo’lgan muxabbati farzandlariga meros bo’lib qoldi. Kichkina Yozef 5 yoshligidayoq musiqachi san’atkorlar diqqatini o’ziga jalb qildi. U ajoyib eshitish, eslab qolish, ritmni sezish qobiliyatiga ega edi. Maktab o’qituvchisi va cherkov regenti Frank Gaydnning musiqiy iqtidoriga e’tibor qildi. U bolani o’zi yashaydigan Gaynburg shahriga olib ketdi. U erda Gaydn cherkov xorida qo’shiq aytishni, nota savodi, shuningdek skripka va klavesinda chalishni o’rgana boshladi. Uch yildan so’ng Vena shahrida Avliyo Stefan kafedral cherkovi qoshidagi xor kapellasiga kirdi. Bu erga uni Venalik kompozitor va kapelmeyster Georg Royter taklif qildi. U o’zining cherkov xoriga o’g’il bolalarni izlardi. Bu esa Gaydn hayotida  
 
muhim voqea bo’ldi. Sababi, musiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun uni bundan 
boshqa imkoniyati yo’q edi. 
 Xorda kuylash Gaydn uchun yagona va juda yaxshi maktab bo’ldi. Bolaning 
qobiliyati tez rivojlanib, unga yakka kuylash uchun murakkab partiyalarni topshira 
boshlashdi.Cherkov xori shahar tantanalarida, to’ylarda, dafn marosimlarida 
qatnashardi. Xor saroy qabullarida qatnashish uchun ham taklif qilinar edi. 
Cherkovning o’zidagi chiqishlar, repetitsiyalarga ko’p vaqt ketardi. Bu yosh, go’dak 
qo’shiqchilar uchun og’ir ish edi. Royter Gaydnning birinchi kompozitorlik 
tajribalariga kem e’tibor qilgan. U Gaydnga to’qqiz yil davomida kompozitsiyadan 
atigi ikki marta dars berdi, xolos. Bo’lajak kompozitorning xaqiqiy o’qituvchisi 
bo’lmagan . Hayotning o’zi uning uchun maktab bo’di. 
 Gaydnning ovozi xasta bo’lib, xorda ashula ayta olmaganida uni betakalluf tarzda 
bo’shatib yuborishdi. O’smir bola uchun muhtojlikka to’la, musibatli kunlar, eng 
asosiysi--tinimsiz va matonatli mehnat damlari boshlandi. Gaydn ashula va musiqadan 
dars bera boshladi, bayram kechalarida gohida esa odam gavjum ko’chalarda skripka 
chalardi. Buyurtma asosida u o’zining ilk bir nechta asarlarini yozdi.Ammo bularning 
hammasi tasodifan topiladigan mablag’lar edi. Kompozitor bo’lish uchun ko’p va 
matonatli mehnat zarurligini Gaydn tushunar edi. Gaydn ko’p shug’ullanar edi: 
klavikord va skripka chalar, turli kompozitorlar ijodini o’rganar, asarlar yozardi. Filipp 
Emanuel Baxning kuylari ifodaviyligi va ritmning erkinligi bilan ajralib tupuvchi 
klavir sonatalari unda taassurot qoldirdi. Keyinchalik F.E.Bax asarlarining ta’siri ilk 
asarlarida namoyon bo’ldi. Gaydn nazariy asarlarni, xususan, I. Mattezon va I. Fuks 
kitoblarini o’rgana boshladi. Venalik qiziqchi Kurs bilan hamkorlik uning uchun 
foydali bo’ldi. Kurs o’sha vaqtda Venada qobiliyatli aktyor va qator hajviy asarlar 
muallifi sifatida mashhur edi. Kurs Gaydn bilan tanishgan zahoti, uning iqtidoriga 
yuqori baho berib, unga o’zi librettosini yozgan “ Asmodey yoki yangi maymoq jin” 
komik operasi ( zingshpil)ga musiqa bastalashni taklif qildi. Gaydnning bu asarga 
yozgan musiqasi, afsuski, bizgacha etib kelmadi. Gaydn mustaqil kompozitorlik 
faoliyatini boshlashdan oldingi o’smirlik ijodining so’nggi bosqichi italiyalik 
kompozitor va kapelmeyster, Neapol maktabi vakili Nikkolo Porpora bilan 
mashg’ulotlari bo’ldi. Gaydn unga jo’rnavoz sifatida ishga kirdi. Biroq bir vaqtning 
o’zida xizmatkor vazifasini ham bajarar edi. Porpora bilan muloqot natijasida Gaydn 
muhim voqea bo’ldi. Sababi, musiqiy ma’lumotga ega bo’lish uchun uni bundan boshqa imkoniyati yo’q edi. Xorda kuylash Gaydn uchun yagona va juda yaxshi maktab bo’ldi. Bolaning qobiliyati tez rivojlanib, unga yakka kuylash uchun murakkab partiyalarni topshira boshlashdi.Cherkov xori shahar tantanalarida, to’ylarda, dafn marosimlarida qatnashardi. Xor saroy qabullarida qatnashish uchun ham taklif qilinar edi. Cherkovning o’zidagi chiqishlar, repetitsiyalarga ko’p vaqt ketardi. Bu yosh, go’dak qo’shiqchilar uchun og’ir ish edi. Royter Gaydnning birinchi kompozitorlik tajribalariga kem e’tibor qilgan. U Gaydnga to’qqiz yil davomida kompozitsiyadan atigi ikki marta dars berdi, xolos. Bo’lajak kompozitorning xaqiqiy o’qituvchisi bo’lmagan . Hayotning o’zi uning uchun maktab bo’di. Gaydnning ovozi xasta bo’lib, xorda ashula ayta olmaganida uni betakalluf tarzda bo’shatib yuborishdi. O’smir bola uchun muhtojlikka to’la, musibatli kunlar, eng asosiysi--tinimsiz va matonatli mehnat damlari boshlandi. Gaydn ashula va musiqadan dars bera boshladi, bayram kechalarida gohida esa odam gavjum ko’chalarda skripka chalardi. Buyurtma asosida u o’zining ilk bir nechta asarlarini yozdi.Ammo bularning hammasi tasodifan topiladigan mablag’lar edi. Kompozitor bo’lish uchun ko’p va matonatli mehnat zarurligini Gaydn tushunar edi. Gaydn ko’p shug’ullanar edi: klavikord va skripka chalar, turli kompozitorlar ijodini o’rganar, asarlar yozardi. Filipp Emanuel Baxning kuylari ifodaviyligi va ritmning erkinligi bilan ajralib tupuvchi klavir sonatalari unda taassurot qoldirdi. Keyinchalik F.E.Bax asarlarining ta’siri ilk asarlarida namoyon bo’ldi. Gaydn nazariy asarlarni, xususan, I. Mattezon va I. Fuks kitoblarini o’rgana boshladi. Venalik qiziqchi Kurs bilan hamkorlik uning uchun foydali bo’ldi. Kurs o’sha vaqtda Venada qobiliyatli aktyor va qator hajviy asarlar muallifi sifatida mashhur edi. Kurs Gaydn bilan tanishgan zahoti, uning iqtidoriga yuqori baho berib, unga o’zi librettosini yozgan “ Asmodey yoki yangi maymoq jin” komik operasi ( zingshpil)ga musiqa bastalashni taklif qildi. Gaydnning bu asarga yozgan musiqasi, afsuski, bizgacha etib kelmadi. Gaydn mustaqil kompozitorlik faoliyatini boshlashdan oldingi o’smirlik ijodining so’nggi bosqichi italiyalik kompozitor va kapelmeyster, Neapol maktabi vakili Nikkolo Porpora bilan mashg’ulotlari bo’ldi. Gaydn unga jo’rnavoz sifatida ishga kirdi. Biroq bir vaqtning o’zida xizmatkor vazifasini ham bajarar edi. Porpora bilan muloqot natijasida Gaydn  
 
kontrapunkt san’ati va generalbas ( garmoniya) bo’yicha o’z bilimlarini tartibga 
keltirdi. Gaydn hayoti va ijodida burilish kutilmoqda edi. Uning moddiy ahvoli asta-
sekin yaxshilanib, hayotdagi o’rni mustahkamlanib borardi. Shu bilan birga, uning 
beqiyos ijodiy iqtidori o’zining dastlabki hosilini bera boshladi. Taxminan 1750-yilda 
Gaydn kichik messasi ( fa major)ni yozdi, bu asarda u nafaqat mazkur janrning 
zamonaviy uslublarini o’ziga xos tarzda ko’rsatdi, balki, “ quvnoq” cherkov 
musiqasini yarata olish imkoniyatlarini ham yaqqol namoyon qildi. Kompozitorning 
1755-yilda yaratgan birinchi torli kvarteti muhim ahamiyat kasb etdi.  
Musiqa shinavandasi pomehik Karl Furnberg bilan tanishuv Gaydn uchun ijobiy 
turtki bo’ldi. Furnberg tomonidan ko’rsatilgan g’amho’rlik va moddiy yordamdan 
rag’batlangan Gaydn avval qator torli triolari, keyin esa o’zining birinchi torli 
kvartetini ham yozdi. Shundan so’ng tez orada 20 yaqin boshqa asarlarini yaratdi. 
1756-yilda Gaydn do major kontsertini yozdi. Gaydnning metsenati uning moddiy 
holatining mustahkamlanishi uchun g’amho’rlik qildi. U kompozitorni Chexiyalik 
oqsuyak va musiqa shinavandasi graf Yozef Frans Morsingga tavsiya qildi. Qishni 
Morsing Venada o’tkazardi. Yozda esa Chexiyadagi o’zining Lukavets nomli erida 
yashardi. Bu erda uning 12 ta sozandadan iborat orkestr kapellasi bor edi. Kompozitor 
va kapelmeyster sifatida Morsing xizmatiga kirgan Gaydn turar joy, oziq- ovqat va 
maosh bilan ta’minlangandi.  
Bu xizmat qisqa vaqt (1759-1761) davom etdi. Shunday bo’lsada, bu Gaydnning 
kompozitsiya bo’yicha keyingi ijodi uchun yordam berdi. 1759-yilda Gaydn o’zining 
birinchi simfoniyasini yozadi. Undan keyingi yillarda boshqa 4 ta simfoniyalarini 
yaratdi.  
Torli kvartet sohasida ham simfoniya sohasida ham, Gaydn yangi musiqa 
davrining janrlarini aniqlashi va qaror toptirishi lozim edi: kvartetlar yozib, 
simfoniyalar yaratib, u o’zini dadil va qat’iyatli novator sifatida namoyon qildi.  
  
2--: 
 Ijodining ikkinchi davri (1761- 1791).1761-yilda Gaydn yangi, yanada 
qudratliroq san’at homiysi juda boy va obro’li venger magnati -- knyaz Ravel Anton 
Estergazidan taklif oldi. Morsingning qasrida gaydnga e’tibor qilgan Estergazi uning 
qobiliyatiga ijobiy baho berdi. Venadan uncha uzoq bo’lmagan Eyzenshtadt nomli 
kontrapunkt san’ati va generalbas ( garmoniya) bo’yicha o’z bilimlarini tartibga keltirdi. Gaydn hayoti va ijodida burilish kutilmoqda edi. Uning moddiy ahvoli asta- sekin yaxshilanib, hayotdagi o’rni mustahkamlanib borardi. Shu bilan birga, uning beqiyos ijodiy iqtidori o’zining dastlabki hosilini bera boshladi. Taxminan 1750-yilda Gaydn kichik messasi ( fa major)ni yozdi, bu asarda u nafaqat mazkur janrning zamonaviy uslublarini o’ziga xos tarzda ko’rsatdi, balki, “ quvnoq” cherkov musiqasini yarata olish imkoniyatlarini ham yaqqol namoyon qildi. Kompozitorning 1755-yilda yaratgan birinchi torli kvarteti muhim ahamiyat kasb etdi. Musiqa shinavandasi pomehik Karl Furnberg bilan tanishuv Gaydn uchun ijobiy turtki bo’ldi. Furnberg tomonidan ko’rsatilgan g’amho’rlik va moddiy yordamdan rag’batlangan Gaydn avval qator torli triolari, keyin esa o’zining birinchi torli kvartetini ham yozdi. Shundan so’ng tez orada 20 yaqin boshqa asarlarini yaratdi. 1756-yilda Gaydn do major kontsertini yozdi. Gaydnning metsenati uning moddiy holatining mustahkamlanishi uchun g’amho’rlik qildi. U kompozitorni Chexiyalik oqsuyak va musiqa shinavandasi graf Yozef Frans Morsingga tavsiya qildi. Qishni Morsing Venada o’tkazardi. Yozda esa Chexiyadagi o’zining Lukavets nomli erida yashardi. Bu erda uning 12 ta sozandadan iborat orkestr kapellasi bor edi. Kompozitor va kapelmeyster sifatida Morsing xizmatiga kirgan Gaydn turar joy, oziq- ovqat va maosh bilan ta’minlangandi. Bu xizmat qisqa vaqt (1759-1761) davom etdi. Shunday bo’lsada, bu Gaydnning kompozitsiya bo’yicha keyingi ijodi uchun yordam berdi. 1759-yilda Gaydn o’zining birinchi simfoniyasini yozadi. Undan keyingi yillarda boshqa 4 ta simfoniyalarini yaratdi. Torli kvartet sohasida ham simfoniya sohasida ham, Gaydn yangi musiqa davrining janrlarini aniqlashi va qaror toptirishi lozim edi: kvartetlar yozib, simfoniyalar yaratib, u o’zini dadil va qat’iyatli novator sifatida namoyon qildi. 2--: Ijodining ikkinchi davri (1761- 1791).1761-yilda Gaydn yangi, yanada qudratliroq san’at homiysi juda boy va obro’li venger magnati -- knyaz Ravel Anton Estergazidan taklif oldi. Morsingning qasrida gaydnga e’tibor qilgan Estergazi uning qobiliyatiga ijobiy baho berdi. Venadan uncha uzoq bo’lmagan Eyzenshtadt nomli  
 
venger shaharchasida, “ Estergaz” bog’ saroyida Gaydn, 30 yil davomida 
kapelmeyster ( dirijyor) lavozimida xizmat qildi.  
Kapelmeyster vazifasiga orkestr va qo’shiqchilarga rahbarlik qilish kirardi. 
Gaydn, shuningdek, knyaz talabi bo’yicha simfoniyalar, operalar, kvartetlar va boshqa 
asarlar yozishi kerak edi. Ko’p hollarda injiq knyaz yangi asarni keyingi asarni 
tugatishni buyurardi. 1761-yilda Gaydn, 3 ta: “ Tong”, “ Choshgoh”, “ Oqshom” 
simfoniyalarini yozdi. Ularda Gaydnga xos bo’lgan belgilar--musiqaning xalqchil 
asosi, mavzudagi dinamik ziddiyatlar ko’rinadi.  
Kapellaga rahbarlik qilib, kompozitor o’zi yaratgan asarlarning jonli ijrosini 
tinglab ko’rish imkoniyatiga ega edi. Bu kerakli darajada yaxshi chiqmagan joylarni 
tuzatish va muvaffaqiyatli onlarni eslab qolishga yordam berardi.  
Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o’zining ko’plab operalari, kvartetlar 
va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo’lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi.  
Agar Gaydn ilk ijodi davridagi musiqasi shodlik va quvnoqligi bilan ajralib tursa, 
70-yillarda esa u ma’yus, fojeaviylik kayfiyati bilan yo’g’rilgan asarlar yozdi. 
Otasining o’limidan so’ng mulk egasi bo’lib qolgan yosh knyaz Nikolay Estergazining 
o’rinsiz e’tirozlari va bergan ozorlari, shuningdek, uning badiiy intilishlarini 
tushunmaydigan madaniyatsiz ayolga uylanishi kompozitorning ruhiy ezilishiga sabab 
bo’ldi. Shu davrda Gaydn “Motam simfoniyasi”, “ Xayrlashuv simfoniyalarini” yozdi.  
1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o’rin 
tutadi. Gaydnning ilk ko’ngilochar simfoniyalaridan farqli o’laroq, bu simfoniyada 
Betxoven musiqasining ba’zi sahifalariga yaqin bo’lgan ta’sirchan va dramatik 
obrazlar mavjud. Simfoniya an’anaviy 4 qism o’rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya 
shamchiroqlar yoqib ijro etiladi. So’nggi qism ijrosida sozandalar navbat bilan 
shamchiroqlarni o’chirib, cholg’ularini olib chiqib ketishadi. Simfoniyani ikki 
skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan. 
Knyaz Estergazi o’z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta’til bermagan. Sozandalar 
yordam so’rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida 
knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo’llaydi.  
Gaydnning mahorati yillar davomida takomillashib boradi. Uning musiqasi 
Estergazi huzuriga keluvchi ko’p sonli mehmonlarni zavqlantirardi. Kompozitorning 
nomi o’z vatanidan tashqarida--Angliya, Frantsiya, Rossiyada mashhur bo’lib ketdi. 
venger shaharchasida, “ Estergaz” bog’ saroyida Gaydn, 30 yil davomida kapelmeyster ( dirijyor) lavozimida xizmat qildi. Kapelmeyster vazifasiga orkestr va qo’shiqchilarga rahbarlik qilish kirardi. Gaydn, shuningdek, knyaz talabi bo’yicha simfoniyalar, operalar, kvartetlar va boshqa asarlar yozishi kerak edi. Ko’p hollarda injiq knyaz yangi asarni keyingi asarni tugatishni buyurardi. 1761-yilda Gaydn, 3 ta: “ Tong”, “ Choshgoh”, “ Oqshom” simfoniyalarini yozdi. Ularda Gaydnga xos bo’lgan belgilar--musiqaning xalqchil asosi, mavzudagi dinamik ziddiyatlar ko’rinadi. Kapellaga rahbarlik qilib, kompozitor o’zi yaratgan asarlarning jonli ijrosini tinglab ko’rish imkoniyatiga ega edi. Bu kerakli darajada yaxshi chiqmagan joylarni tuzatish va muvaffaqiyatli onlarni eslab qolishga yordam berardi. Knyaz Estergazi xizmatidagi vaqtda Gaydn o’zining ko’plab operalari, kvartetlar va simfoniyalarni yozdi. Hammasi bo’lib Gaydn 104 ta simfoniya yaratdi. Agar Gaydn ilk ijodi davridagi musiqasi shodlik va quvnoqligi bilan ajralib tursa, 70-yillarda esa u ma’yus, fojeaviylik kayfiyati bilan yo’g’rilgan asarlar yozdi. Otasining o’limidan so’ng mulk egasi bo’lib qolgan yosh knyaz Nikolay Estergazining o’rinsiz e’tirozlari va bergan ozorlari, shuningdek, uning badiiy intilishlarini tushunmaydigan madaniyatsiz ayolga uylanishi kompozitorning ruhiy ezilishiga sabab bo’ldi. Shu davrda Gaydn “Motam simfoniyasi”, “ Xayrlashuv simfoniyalarini” yozdi. 1772-yilda yozilgan “Xayrlashuv simfoniyasi” kompozitor ijodida alohida o’rin tutadi. Gaydnning ilk ko’ngilochar simfoniyalaridan farqli o’laroq, bu simfoniyada Betxoven musiqasining ba’zi sahifalariga yaqin bo’lgan ta’sirchan va dramatik obrazlar mavjud. Simfoniya an’anaviy 4 qism o’rniga 5 qismdan iborat. Simfoniya shamchiroqlar yoqib ijro etiladi. So’nggi qism ijrosida sozandalar navbat bilan shamchiroqlarni o’chirib, cholg’ularini olib chiqib ketishadi. Simfoniyani ikki skripkachi yakunlaydi. “ Xayrlashuv simfoniyasi” xaqida ham rivoyat yaratilgan. Knyaz Estergazi o’z kapellasi sozandalariga uzoq vaqt ta’til bermagan. Sozandalar yordam so’rab, Gaydnga murojaat qilishadi. Gaydn esa simfoniyaning final qismida knyazga ishora sifatida ushbu uslubni qo’llaydi. Gaydnning mahorati yillar davomida takomillashib boradi. Uning musiqasi Estergazi huzuriga keluvchi ko’p sonli mehmonlarni zavqlantirardi. Kompozitorning nomi o’z vatanidan tashqarida--Angliya, Frantsiya, Rossiyada mashhur bo’lib ketdi.  
 
1786-yilda Parijda Gossek rahbarligida ijro etilgan 6 ta simfoniya “ Parij” nomini oldi. 
1788- yilda torli orkestr va bolalar cholg’u asboblari ( kichkina, nay, surnay va 
hokazo) uchun “ Bolalar simfoniyasi” yaratildi.  
XVIII asrning 80-yillarida Gaydn Motsart bilan yaqindan tanishdi. Buyuk 
kompozitor Gaydnning iqtidorini yuqori baholadi. Motsart vafotidan keyin yaratilgan 
o’zining so’nggi asarlarida Gaydn Motsartning simfoniya ijodiga mansub ba’zi 
tamoyillarni tatbiq etdi.  
 
  
3--: 
Ijodining uchinchi davri(1791 -1801).1791-yilda skripkachi va antreprenyor 
Petr Solomon taklifga binoan Gaydn Londonga keldi. Bu erda u qator kontsertlarga 
dirijyorlik qilishi, opera va 6 ta simfoni yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz’ 
Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo’ri kapellani 
tarqatib yuboradi. Biroq mashhur bo’lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri 
sifatida xizmat qilishi unga yoqardi. Shu narsa Estergazini “ uning xizmatkori” 
bo’lgan Gaydn boshqa ishga o’tib ketmasligi uchun nafaqa belgilashga majbur bo’ldi. 
Gaydn baxtli edi. Nihoyat u erkin va mustaqil Anliyaga kontsertlar bilan borish 
taklifiga u rozilik berdi. O’zining mustaqilligiga qaramasdan, Gaydn xizmatni tashlab 
ketolmasdi. O’sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellarida ishlashi yoki cherkov 
xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha hech bir kompozitor mustaqil hayot 
kechirishga botina olmagan . Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi.  
Anliyadagi hayot Gaydn uchun g’ayrioddiy tarzda kechdi. O’z asarlariga 
dirijyorlik qilib o’tkazgan kontsertlari misli ko’rilmagan muvaffaqiyat qozondi. Bu 
uning musiqasini ommaviy tarzda ochiq tan olinishi edi.“ Oksford” shahri universiteti 
uni o’zining faxriy a’zoligiga qabul qildi, shu munosabat bilan Gaydn o’zining oldin 
yaratgan sol major--”Oksford”( 1788) simfoniyasini ijro etdi. Anliya poytaxtida u 
o’zining 6 ta yangi simfoniyalari ( “ London simfoniyalari” ning birinchi turkumi) ga 
dirijyorlik qildi va “ Orfey va Evridika” operasini yozdi. Londonda Gaydn 40-50 nafar 
musiqachilardan tashkil topgan katta orkestrni boshqardi. Bularning xammasi 
kompozitorning asarlari ko’lamini yanada kengaytirish va ularning mazmuni 
chuqurlashtirishga bo’lgan intilishlariga mos kelardi. Londondan qaytishda Gaydn 
1786-yilda Parijda Gossek rahbarligida ijro etilgan 6 ta simfoniya “ Parij” nomini oldi. 1788- yilda torli orkestr va bolalar cholg’u asboblari ( kichkina, nay, surnay va hokazo) uchun “ Bolalar simfoniyasi” yaratildi. XVIII asrning 80-yillarida Gaydn Motsart bilan yaqindan tanishdi. Buyuk kompozitor Gaydnning iqtidorini yuqori baholadi. Motsart vafotidan keyin yaratilgan o’zining so’nggi asarlarida Gaydn Motsartning simfoniya ijodiga mansub ba’zi tamoyillarni tatbiq etdi. 3--: Ijodining uchinchi davri(1791 -1801).1791-yilda skripkachi va antreprenyor Petr Solomon taklifga binoan Gaydn Londonga keldi. Bu erda u qator kontsertlarga dirijyorlik qilishi, opera va 6 ta simfoni yozishi kerak edi. Shu vaqtda keksa knyaz’ Estergazi vafot etadi. Uning musiqani uncha xushlamaydigan merosxo’ri kapellani tarqatib yuboradi. Biroq mashhur bo’lib ketgan kompozitor uning kapelmeysteri sifatida xizmat qilishi unga yoqardi. Shu narsa Estergazini “ uning xizmatkori” bo’lgan Gaydn boshqa ishga o’tib ketmasligi uchun nafaqa belgilashga majbur bo’ldi. Gaydn baxtli edi. Nihoyat u erkin va mustaqil Anliyaga kontsertlar bilan borish taklifiga u rozilik berdi. O’zining mustaqilligiga qaramasdan, Gaydn xizmatni tashlab ketolmasdi. O’sha vaqtlar musiqachi faqat saroy kapellarida ishlashi yoki cherkov xoriga rahbarlik qilishi mumkin edi. Gaydngacha hech bir kompozitor mustaqil hayot kechirishga botina olmagan . Gaydn ham doimiy ishini tashlab ketmaslikka qaror qildi. Anliyadagi hayot Gaydn uchun g’ayrioddiy tarzda kechdi. O’z asarlariga dirijyorlik qilib o’tkazgan kontsertlari misli ko’rilmagan muvaffaqiyat qozondi. Bu uning musiqasini ommaviy tarzda ochiq tan olinishi edi.“ Oksford” shahri universiteti uni o’zining faxriy a’zoligiga qabul qildi, shu munosabat bilan Gaydn o’zining oldin yaratgan sol major--”Oksford”( 1788) simfoniyasini ijro etdi. Anliya poytaxtida u o’zining 6 ta yangi simfoniyalari ( “ London simfoniyalari” ning birinchi turkumi) ga dirijyorlik qildi va “ Orfey va Evridika” operasini yozdi. Londonda Gaydn 40-50 nafar musiqachilardan tashkil topgan katta orkestrni boshqardi. Bularning xammasi kompozitorning asarlari ko’lamini yanada kengaytirish va ularning mazmuni chuqurlashtirishga bo’lgan intilishlariga mos kelardi. Londondan qaytishda Gaydn  
 
Bonn shahriga tushdib bu erda u birinchi marta yosh Betxoven bilan uchrashdi. Bu 
uchrashuvdan keyin Betxoven Gaydndan dars olish maqsadida Venaga ko’chib 
o’tishga qaror qiladi. Ammo Gaydn mashg’ulotlari yosh Betxovenni qoniqtirmadi. 
Gaydn ikkin marta Londonga borishga tayyorgarlik ko’rardi va o’quvchisiga etarli 
darajada e’tibor qilolmadi.  
1794-yilda Gaydn ikkinchi marta Londonga keldi. Bu yillarda kompozitor yana 6 
ta simfoniya yozdi. 12 ta simfoniyadan tashkil topgan turkum “ London simfoniyalari” 
deb nomlandi. “ London simfoniyalari” Gaydn simfonik yo’lining yakuni hisoblanadi.  
  
4--: 
 Kompozitor ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining so’nggi yillari. Gaydn juda 
bandligiga qaramasdan, yangi musiqa asarlarni tiklashga ulgurardi. Yosh jihatdan 
kattaroq bo’lgan zamondoshi Gendelning oratoriyalari Gaydnda juda chuqur taassurot 
qoldirdi. Gendel musiqasini ta’siri shunchalik kuchli bo’ldiki, Venaga qaytgan Gaydn 
-- “ Dunyoning yaratilishi” va “ Yil fasllari” nomli oratoriyalarini yozdi. Gaydn 
Gendelga taqlid qilish yo’lidan bormadi. Uning oratoriyalari o’zgacha muammolarni 
qamrab oladi: Gendelning Injil qahramonlari o’rniga bu asarlardan inson baxti va 
hayot go’zalligi tabiatning yorqin manzaralarida ifodalanadi. Gaydn oratoriyalarining 
musiqasi kelajakka ishonch va xushchaqchaqlik bilan yo’g’rilgan. “ Dunyoning 
yaratilishi “ ning syujeti sodda. Oratoriyaning dastlabki ikki qismida dunyoning 
yaratilishi tangri huzurida hikoya qilinadi. 3 chi va oxirgi qismlarida Odam Ato va 
Momo Havoning gunoh qilgunlariga qadar bo’lgan jannatdagi hayoti bayon etilgan. 
Bu oratoriya kompozitor hayotligi davrida zo’r muvaffaqiyat qozondi va uning 
shuhratini yanada oshirdi. 1812-yilda oratoriya Peterburgda Filarmoniya jamiyati 
kontsertida ijro etildi.  
“ Yil fasllari” oratoriyasini “ Dunyoning yaratilishi” dan ham ahamiyatliroq asar 
deb tan olish kerak. “ Yil fasllari” oratoriyasi matni “ Dunyoning yaratilishi” matni 
kabi Van Sviten tomonidan yozilgan .Gaydn oratoriyalar ichida ikkinchisi nafaqat 
mazmuni, balki shakli jihatidan ham turfa xil bo’lib, unda chuqur insoniylik g’oyalari 
ilgari surilgan. Mehnatni, tabiatga bo’lgan muhabbatni, qishloq hayoti va sodda qalb 
go’zalliklarini sharaflovchi ushbu asar Gaydnning falsafasi, tabiat manzaralari va 
patriarxal qishloq aqidalarining bir butun qomusidir. Buning ustiga uning mazmuni 
Bonn shahriga tushdib bu erda u birinchi marta yosh Betxoven bilan uchrashdi. Bu uchrashuvdan keyin Betxoven Gaydndan dars olish maqsadida Venaga ko’chib o’tishga qaror qiladi. Ammo Gaydn mashg’ulotlari yosh Betxovenni qoniqtirmadi. Gaydn ikkin marta Londonga borishga tayyorgarlik ko’rardi va o’quvchisiga etarli darajada e’tibor qilolmadi. 1794-yilda Gaydn ikkinchi marta Londonga keldi. Bu yillarda kompozitor yana 6 ta simfoniya yozdi. 12 ta simfoniyadan tashkil topgan turkum “ London simfoniyalari” deb nomlandi. “ London simfoniyalari” Gaydn simfonik yo’lining yakuni hisoblanadi. 4--: Kompozitor ijodidagi asosiy janrlar. Ijodining so’nggi yillari. Gaydn juda bandligiga qaramasdan, yangi musiqa asarlarni tiklashga ulgurardi. Yosh jihatdan kattaroq bo’lgan zamondoshi Gendelning oratoriyalari Gaydnda juda chuqur taassurot qoldirdi. Gendel musiqasini ta’siri shunchalik kuchli bo’ldiki, Venaga qaytgan Gaydn -- “ Dunyoning yaratilishi” va “ Yil fasllari” nomli oratoriyalarini yozdi. Gaydn Gendelga taqlid qilish yo’lidan bormadi. Uning oratoriyalari o’zgacha muammolarni qamrab oladi: Gendelning Injil qahramonlari o’rniga bu asarlardan inson baxti va hayot go’zalligi tabiatning yorqin manzaralarida ifodalanadi. Gaydn oratoriyalarining musiqasi kelajakka ishonch va xushchaqchaqlik bilan yo’g’rilgan. “ Dunyoning yaratilishi “ ning syujeti sodda. Oratoriyaning dastlabki ikki qismida dunyoning yaratilishi tangri huzurida hikoya qilinadi. 3 chi va oxirgi qismlarida Odam Ato va Momo Havoning gunoh qilgunlariga qadar bo’lgan jannatdagi hayoti bayon etilgan. Bu oratoriya kompozitor hayotligi davrida zo’r muvaffaqiyat qozondi va uning shuhratini yanada oshirdi. 1812-yilda oratoriya Peterburgda Filarmoniya jamiyati kontsertida ijro etildi. “ Yil fasllari” oratoriyasini “ Dunyoning yaratilishi” dan ham ahamiyatliroq asar deb tan olish kerak. “ Yil fasllari” oratoriyasi matni “ Dunyoning yaratilishi” matni kabi Van Sviten tomonidan yozilgan .Gaydn oratoriyalar ichida ikkinchisi nafaqat mazmuni, balki shakli jihatidan ham turfa xil bo’lib, unda chuqur insoniylik g’oyalari ilgari surilgan. Mehnatni, tabiatga bo’lgan muhabbatni, qishloq hayoti va sodda qalb go’zalliklarini sharaflovchi ushbu asar Gaydnning falsafasi, tabiat manzaralari va patriarxal qishloq aqidalarining bir butun qomusidir. Buning ustiga uning mazmuni  
 
Gaydnga yaxlitlikning juda bejirim va tugal, barkamol musiqiy g’oyasini yaratish 
imkoniyatini berdi. 
” Yil fasllari”ning ulkan partiturasini yaratish keksayib qolgan Gaydn uchun oson 
kechmadi, u ish jarayonida ko’p hayajonlandi va tunlarni uyqusiz o’tkazdi. Ish oxiriga 
kelib, uni bosh og’ri va ta’qib qiluvchi musiqiy tassavvurlar qiynardi.  
“ London simfoniyalari” va oratoriyalar Gaydn ijodining cho’qqisi bo’ldi. 
Oratoriyalardan keyin u deyarli hech narsa yozmadi. Hayot o’ta zo’riqishlarda kechdi. 
U quvvatsizlanib qoldi. So’nggi yillarni kompozitor Vena yaqinidagi kichkina 
xonadonda o’tkazdi. Kompozitorning osoyishta va tanho uyiga ziyorat qilish uchun 
uning muxlislari kelib turishardi. Suhbatlar o’tmish mavzularida kechgani bois Gaydn, 
ayniqsa, o’zining qiyin, og’ir mehnatda o’tgan, lekin dadil, matonatli izlanishlarga boy 
yoshligini eslashni yoqtirardi.  
Gaydn 1908-yil 31-mayda vafot etdi va Venada dafn etildi. Keyinchalik uning 
hoki hayotining ko’p qismini o’tkazgan Eyzenshtadtga olib o’tildi. 
 
Gaydnga yaxlitlikning juda bejirim va tugal, barkamol musiqiy g’oyasini yaratish imkoniyatini berdi. ” Yil fasllari”ning ulkan partiturasini yaratish keksayib qolgan Gaydn uchun oson kechmadi, u ish jarayonida ko’p hayajonlandi va tunlarni uyqusiz o’tkazdi. Ish oxiriga kelib, uni bosh og’ri va ta’qib qiluvchi musiqiy tassavvurlar qiynardi. “ London simfoniyalari” va oratoriyalar Gaydn ijodining cho’qqisi bo’ldi. Oratoriyalardan keyin u deyarli hech narsa yozmadi. Hayot o’ta zo’riqishlarda kechdi. U quvvatsizlanib qoldi. So’nggi yillarni kompozitor Vena yaqinidagi kichkina xonadonda o’tkazdi. Kompozitorning osoyishta va tanho uyiga ziyorat qilish uchun uning muxlislari kelib turishardi. Suhbatlar o’tmish mavzularida kechgani bois Gaydn, ayniqsa, o’zining qiyin, og’ir mehnatda o’tgan, lekin dadil, matonatli izlanishlarga boy yoshligini eslashni yoqtirardi. Gaydn 1908-yil 31-mayda vafot etdi va Venada dafn etildi. Keyinchalik uning hoki hayotining ko’p qismini o’tkazgan Eyzenshtadtga olib o’tildi.