Yozuv sifatini shakllantirish. Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
445,2 KB
Yozuv sifatini shakllantirish. Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
Reja:
1 . Harflarning shaklini to'g'ri yozish ga o'rgatish.
2. Harf elementlarini va yozuv jarayonini tahlil qilish.
3. Kichik harflar elementi.
4. Bosh harflar elementi
5.Boshlang’ich sinflar uchun foydalaniladigan yozuv qurollari.
6. Daftardan to'g'ri foydalanish.
7. Sinf doskasi va undan foydalanish
Har bir harf uchun xarakterli bo'lgan asosiy va yordamchi ulash elementlarini bir
-biridan farqlash;harflarning bir - biriga nisbatini to'g'ri aniqlash; har bir harfning
yozilish qoiudalaiga(qayerdan boshlash, qayerda burish, tugunchaklarni boglash va
x.)amal qilish; to'g'ri va no'to'g'ri yozilgan harflarning arqini ajratish. va ulardagi
hatolarni tuzatish.
O’qituvchi doskada shunday elementlar ishtirok etgan kichik i, sh, n harflarini
yozib ko'rsatadi. O'quvchilar esa daftarlarida har bir harfni bir qatordan yozib mashq
qiladilar. O'qituvchi sinfhi aylanib chiqib o'quvchilarning yozuvlarini kuzatib boradi
va o'quvchilarning yozuvlarini qanday xatolarga yo'l qo'yganlarini hisobga oladi.
Shundan so'ng o'qituvchi bir necha o'quvchi yo'l qo'ygan tipik xatolarni doskada
yozib ko'rsatadi va bolalardan uning asosiy kamchiligi nimada ekanligini so'raydi..
O'quvchilar o'z xato va kamchiliklarini faqat doskada emas o'z daftarlarida
yozishlari muhimdir. Ba'zi bir o'quvchilar o'z xatolarini sezmaydilar, shuning uchun
oquvchilarga o'zaro bir birlarini daftarlarini tekshirtirish ham yaxshi natija beradi.
Ayrim o'quvchilarga esa o'qituvchining o'zi daftarga yozib ko'rsatishi lozim.
Bunday o'quvchilar o'qituvchining qo'l harakatiga qarab turib o'z xatolarini
tuzatishlari mumkin. Ba'zi hollarda o'qituvchi harflarning shakli haqidagi tasavvurni
kengaytirish uchun ruchkani havoda mashq qildirib ko'rsatishi ham mumkin.
O'qituvchilar chap qo'llarini parta ustiga qo'yib, o'ng qo'llari bilan ruchkani
yuqorigako'targan holda, o'qituvchining doskadagi harakatini havoda bajaradilar.
bo'lmasligi lozim. Bunday bo'rni ushlash qulay bo'lib, yozishga osonlik
tug'diradi. Qo'lni toza tutish maqsadida bo'rning yarmigacha qog'oz o'raladi.
Bo'rni bosh, o'rta hamda ko'rsatkich barmoq bilan ushlanadi va yozish vaqtida
ko'rsatkich barmoq bilan bosib turiladi. Doskada harf va uning elementlarini yozib
ko'rsatishdan oldin bo'rning uchini tekislab, yozishga moslab olish zarur.
Husnixat mashqulotlarida kichik va yumaloq shakldagi bo'rlardan foydalanishga
ruxsat etilmaydi, chunki u tegishli chiziqlarni bermaydi va har xil qalinlikda yozadi.
Bo'rni to'g'ri ushlash qoidalariga amal qilishga o'rgatib borish lozim. Ayrim
o'quvchilar bo'rni besh barmoq bilan ushlab noto'g'ri yozadilar. Bunday
o'quvchilarning qo'lidan ushlab, mashq qildirish zarur.
O'quvchilar yozuvchining sifati ko'p jihatdan yuqorida ko'rsatib o'tilgan
omillarga bog'liqdir.
Yozuv sifatini shakllantirish.
Ayrim o'quvchilarning yozuvlari toza, aniq va chiroyli bo'lib, bunday yozuv
kishiga quvonch bag'ishlaydi, ammo ba'zi o'quvchilarning yozuvlarida esa xarflar
qing'ir-qiyshiq va xunuk bo'lib o'qishga qiyinchilik tug'diradi.
Shuning uchun husnixat va ona tili darslarida yozuv sifatini shakllantirish uchun
turli imkoniyatlardan foydalanish lozim.
Yozuvning sifatini shakllantirish deganda, biz uning aniq va toza, bir xil
qiyalikda va balandlikda bo'lishini, bir tekis silliq yozilishini tushunamiz.
O'quvchilarda bu sifatlarni shakllantirish uchun har bir o'qituvchini quyidagi
ko'rsatmalarga amal qilishi lozim:
Yozuvga o'rgatishning birinchi kunidan boshlab harflarning shakllarini
takomillashtirib borish.
Harf elementlari va harflarni to'g'ri bog'lab yozishga o'rgatish.
Yozuvning bir tomonga qiya qilib yozish qoidalarini takrorlash va
takomillashtirish.
Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo'lishiga erishish.
Harf elementlari, harflar va so'zlar orasidagi masofalarni bir hilda saqlash.
Butun sinfdagi o'quvchilarning bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga
erishish.
Yozuvning bir maromda chiroyli va ravon bo'lish yo'llarini topish.
Harflarning shaklini to'g'ri yozishga o'rgatish.
Harflarning shakli ustida ishlash husnixatga o'rgatishning asosiy shartidir.
Chunki har bir harfning aniqlanishi yozuvning aniq va ravon bo'lishiga bog'liq.
Birinchi sifning oxiriga borib, hamma o'quvchilar harflarning shakli haqida
tasavurga ega bo'lishlariga qaramay, ayrim harf yoki elementlarning shaklini unutib
qo'yadilar. Ayniqsa, 3-4 sinflarda alohida husnixat darslari bo'lmasligi sababli ko'p
harflarning shaklini buzib yozadilar bir harfni ikkinchisi bilan almashtirib
yuboradilar.
Shuning uchun har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi doimo harflarning shaklini
tuzatish ustida ish olib borishi lozim.
Har bir harfning shaklini ongli ravishda egallash (ayniqsa 1 va 2 sinflarda) juda
muhimdir. Bu davrda o'quvchilarda harflarni ko'rib, eslab qolish va chiroyli yozish
qobiliyatlari tarqib topadi, harflarning shaklini ongli ravishda egallash uchun
quyidagilar talab qilinadi:
Namuna tarzida husnixat kitobida berilgan kichik sh harfining yozilish
jarayonini eslatib o'tamiz.
Kichik sh harfi uchta tagi ilmoqli kichik tayoqcha shaklidagi elementdan iborat
bo'lib, har bir element bir xil qiyalikda yozilishi lozim. Bu yerdagi bog'lovchi
elementlar ham asosiy elementga nisbatan bir oz qiyaroq bo'ladi.
O'qituvchi doskada shunday elementlar ishtirok etgan kichik i, sh, n harflarini
yozib ko'rsatadi. O'quvchilar esa daftarlarida har bir harfni bir qatorda yozib mashq
qiladilar. O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, o'quvchilarning yozuvlarini kuzatib boradi
va o'quvchilarning qanday xatolarga yo'l qo'yganliklarini hisobga oladi. Shudan
so'ng o'qituvchi bir necha o'quvchi yo'l qo'ygan tipik xatolarni doskaga yozib
ko'rsatadi va bolalardan uning asosiy kamchiligi nimalar ekanligini so'raydi.
O'quvchilar o'z xato va kamchiliklarini faqat doskada emas, o'z yozuvlarida ham
sezishlari muhimdir. Ba'zi bir o'quvchilar o'z xatolarini sezmaydilar, shuning uchun
o'quvchilarga o'zaro bir-birlarining daftarlarini tekshirtirish ham yaxshi natija beradi.
Ayrim o'quvchilarga esa o'qituvchining o'zi daftarda yozib ko'rsatishi lozim. Bunday
o'quvchilar o'qituvchining qo'l harakatiga qarab turib o'z xatolarini tuzatishlari
mumkin. Ba'zi xollarda o'qituvchi harflarning shakli haqidagi tasawurni kengaytirish
uchun ruchkani xavoda mashq qildirib ko'rsatishi ham mumkin. O'quvchilar chap
qo'llarini parta ustiga qo'yib, o'ng qvllari bilan ruchkaniyuqoriga ko'targan holda,
o'qituvchining doskadagi harakatini havoda bajaradilar. Yaxshi yozgan o'quvchilarni
rag'batlantirib, ularning daftarlarini sinfda namoyish etib ko'rsatish lozim. Ammo
xunuk yozgan ba'zi o'quvchilarni esa butun sinf oldida uyaltirmaslik xato va
kamchiliklarini o'ziga mustaqil tushuntirish kerak.
Birinchi sinfda alifbe davri tugagandan so'ng ham ayrim o'quvchilar ba'zi
harflarning yozma shaklini unutib qo'yadilar. Shuning uchun husnixat darslarida
ayrim kichik b, v, d, r, u, u, j, q, s, f, s, x kabi murakkab harflarni yozdirib mashq
qildirish lozim.
Harf elementlarini va yozuv jarayonini tahlil qilish.
Dastlab harf elementlarini tahlil qilishda alfavitdagi yozma shakldagi harf
laming xususiyatlari hisobga olinar edi. Bu narsa alfavitdagi barcha kichik va bosh
harflarni majburiy ravishda elementlarga ajratib yozishni talab etar edi. Endilikda
esa bu qoida eskirib, o'rniga iloji boricha qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozish
umumiy qoidaga aylandi.
Harflarni bir butun shaklda qo'l harakatini uzmay yozishga o'tilgan taqdirda ham
o'qitishning boshlang'ich davrlarida, bolalarga tushunarli bayon etish uchun,
o'qituvchi bir harfning nechta elementdan tuzilganligini va ularning nomini yaxshi
bilishi lozim.
Kichik xarflar elementi
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan elementlardan o'qituvchi faqat harf laming shaklini
tahlil qilib yozdirish vaqtida foydalanishi mumkin. Ammo harflarning elementlarini
surunkali ravishda yozdirib mashq qildirish mumkin emas.
Harflarni elementlarga bo'lib tahlil qilishda, dastlab asosiy elementlar yozilishi
hamda bog'lovchi qo'shimcha elementlar ham eslatib o'tilishi lozim. Ko'pchilik
harflarning asosiy elementlari esa, aksincha, pastdan yuqoriga qarab yurgizish uchun
moslashtirilgan. Bunday elementlarni bog'lovchi chiziqlar nisbatan mumkin.
Ammo yozuv mashqlarini bajarishda asosiy va yordamchi elementlar qo'l
harakatini uzmasdan bog'lab yoziladi.
Harf elementlarini bog'lab yozish vaqtida o'quvchilarga ruchkani yuqoridan
pastka yurgizish zarurligini eslatib turish lozim.
Harflarning asosiy elementlarini mashq qildirishni alifbedan keyingi davrda ham
davom ettirish mumkin.
Buning uchun o'qituvchi quyidagiga o'xshash mashqlarni o'tkazishi lozim:
Harflar bilan yordamchi chiziqlarni yonma-yon mashq qildirish o'quvchilarga
harflarning qiyaligini to'g'ri saqlab yozishga yordam beradi.
Harf elementlarining o'xshashligiga, yozish jihatdan sodda va murakkabligiga
qarab, alfavitdagi barcha harflarni gruppalarga ajratib yozishga o'rgatish maqsadga
muvofiqdir. Harflarni bunday gruppalarga bo'lib yozdirishni genetik usul deb
ataladi. Genetik usuldan foydalanish, asosan 2-sinfdan boshlab amalga oshiriladi.
Bu usulda harflar bilan bir qatorda raqamlarni gruppalarga ajratib yozish tavsiya
etiladi.
Kichik harflar gruppasi:
Birinchi gruppa: i, sh, p, t, r, u, g.
Ikkinchi gruppa: i, u, 1, m, s, n, g'
Yozuv qurollaridan foydalanish metodikasi. O’qituvchi sinfda
o’quvchilarning ish joyini to’gri tashkil etgandan so’ng ularga yozuv qurollari
va daftardan qanday foydalanishni o’rgatishi lozim. Birinchi navbatda
o’qituvchi o’z shogirdlari uchun sifatli yozuv qurollari tanlaydi, chunki
yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liqdir. Hozirgi
zamonda yozuv qurollarining turi nihoyatda ko’p va ularning na hammasi
talabga javob beradi. Ko’pgina yozuv qurollari ta’lim standartlari talablariga
javob berolmaydi. Shuning uchun o’qituvchining o’zi talabalarni sifatli yozuv
qurollari bilan ta’minlashi lozim.
Daftar. Daftar asosiy yozuv quroli sifatida katta ahamiyatga egadir. U
birinchi navbatda sifatli oq qog’ozdan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib
turadigan bo’lishi kerak.
Talabga muvofiq 1-sinf o’quvchilari uchun qiya chiziqlari orasidagi
masofa 25 mm ga, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mm ga
teng bolgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Daftarning qiya chiziqlari 65ºga
teng bo’lishi lozim (1-rasm):
(1-rasm)
Qiya chiziqlari siyrak bo’lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib mashq
qildirish orqali 1-sinf o’quvchilarini mayda harflar bilan tez yozishga tayyorlab
boriladi. Bunday daftarda mashq qilish o’quvchilarga harflarning eni va ular
orasidagi masofani ko’z bilan chamalashga hamda harflarning qiyaligiga rioya
qilishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya etilgan bir chiziqli daftarning
parallel chiziqlari orasidagi masofa 8 mm ga teng bo’lib, undan kam oraliqdagi
daftarga (bir chiziqli daftarlar turli-tuman bo’lib, ular orasidagi masofalar ham
har xildir) yozdirish mumkin emas. 2-sinfda bir chiziqli daftarga kichik
harflarning bo’yi 3 mm, bosh harflarning bo’yi 6 mm ga teng bo’lishi lozim.
Daftar hoshiyasi 30 mmga teng bo’lishi kerak (2-rasm).
__________________________________________________________
↕ 8 mm 30 mm
(2-rasm)
O’quvchilar tomonidan noto’g’ri yozilgan harf va uning unsurlari faqat
hoshiyada yozib ko’rsatiladi.
O’quvchilarda yozuv malakasini to’g’ri shakllantirish uchun daftarni to’g’ri
tutishda alohida e’tibor berish lozim, chunki daftar butun o’qish davomida
o’quvchining zarur yozuv qurollaridan biri hisoblanadi.
O’quvchilarning, xususan 1-sinf o’quvchilarining daftar tutishlariga yaxshi
ahamiyat bermaslik, uning zarur qoidalarini tushuntirmaslik yozuv sifatining
pasayishiga olib keladi.
O’quvchilarning daftarlariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri
daftarning tashqi ko’rinishini bir xilda bo’lishiga erishishdir. Daftarning
muqovasiga husnixat qoidalariga moslab bir xilda yozish kerak.
Navoiy shahridagi
2-son umumta’lim o’rta maktabining
1-“v” sinf o’quvchisi Isroilov Nurshohruhning
husnixat daftari.
1-sinf o’quvchilarining daftarlari ustiga o’qituvchining o’zi yozib berishi
kerak. 2-sinfdan boshlab o’quvchilarning o’zlari daftarning muqovasiga
o’qituvchi tomonidan ko’rsatilgan namunaga qarab mustaqil yoza olishlari
mumkin.
Har bir o’quvchida yozuv uchun ikkita daftar bo’lishi lozim. Biriga sinfda
yozadi va o’qituvchiga tekshirish uchun topshiradi, ikkinchisini esa
o’qituvchidan qaytarib oladi. Nazorat ishlari uchun esa alohida daftar tuttiriladi.
O’qituvchilarning daftarlari o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda
tekshirib boriladi. Daftarni toza tutgan va chiroyli yozgan o’quvchilarni
rag’batlantirib borish kerak. O’quvchilarni rag’batlantirishda faqat “4” va “5”
baholar bilan chegaralanmay, ularning daftarlari ustiga alohida ajralib turishi
uchun “yulduzcha”, “bayroqcha”, “besburchak”, “to’rtburchak” va
“uchburchak”lar qo’yib berish mumkin. Qaysi o’quvchining daftarida
yulduzcha, bayroqcha va beshburchak bo’lsa, o’sha o’quvchi yaxshi yozgan
hisoblanadi. Rag’batlantirishning bu turidan 1-2-sinflarda keng foydalanish
mumkin.
Ta’kidlaganimizdek, boshlang’ich sinflarda harflarning qiyaligini bir xilda,
ya’ni 65ºda saqlash katta ahamiyatga ega. O’quvchilarga harflarning qiyaligini
to’g’ri saqlashga o’rgatishdan oldin daftarni parta ustiga qanday qo’yishni
tushuntirish lozim. Daftarning parta ustida noto’g’ri turishi gigiyena
qoidalarining buzilishiga ham sabab bo’ladi, chunki yozuvning qiyaligi ham
daftarning holatiga qarab belgilanadi. Agar daftar ko’rsatilgan qiyalikda tursa,
yozuv ham 65º qiyalikda yoziladi. Agar daftarning holati o’zgarsa, yozuvning
ham qiyaligi o’zgaradi. Shuning uchun har bir darsda o’qituvchi o’quvchilar
daftarini kuzatib borishi kerak. Daftarning pastki chap burchagi ko’krak
o’rtasida to’g’ri bo’lishi yoki daftarning qiya chizig’i parta qopqog’ining
chetiga tik bo’lishi kerak (3 - rasm)
(3-rasm)
Daftar beti yozuv bilan to’lib borgan sari daftar yuqoriga surib boriladi.
Chap qo’l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Yozuv darslarida
daftarning parta ustida to’g’ri turishini tashkil etish birinchi galdagi vazifadir.
Bu muhim vazifani amalga oshirish o’qituvchidan ko’p mehnat talab etadi.
Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o’quvchining har biri uchun ingichka
qiya nazorat chiziq chiziladi. Bu chiziqning ostki uchi o’quvchilarning chap
ko’kraklari o’rtasida to’g’ri bo’lib, parta qopqog’iga nisbatan 65º qiya bo’ladi.
Natijada hamma o’quvchilarning oldida (partada) nazorat chiziqlar bo’ladi.
O’qituvchi o’quvchilarni daftarning chetini yoki o’rtasini shu nazorat chiziqqa
tekis qilib qo’yishlariga erisha olsa bas. Satrlar to’lib borgan sari daftarni shu
chiziq bo’ylab yuqoriga ko’tarib borish lozim (4-rasm).
(4-rasm)
Agar daftarning chap beti to’lsa, daftarning buklanadigan yeri nazorat
chiziqqa to’g’rilab olinadi va o’ng betiga yozishga o’tiladi (5-rasm).
(5-rasm)
Bu usuldan bir chiziqli daftarga yozishda keng foydalanish mumkin.
Bunday nazorat chiziqlar daftarni buklashdan saqlaydi. Chunki ba’zi
o’quvchilar o’ziga qulaylik tug’dirish maqsadida daftarni buklab yozadilar.
Daftarning hoshiyasiga ham e’tibor berish lozim, chunki daftarning chetida
qoldirilgan joy yozuvning tekis chiqishiga, so’zlarni bog’inlarga alratishga,
ayrim noto’g’ri yozilgan harf va uning elementlarini to’g’ri yozib ko’rsatishga
imkon beradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari daftarni saqlashda bir oz qiyinchiliklarga
uchraydilar. Shuning uchun ularga daftar o’lchamidan katta bo’lgan va qalin
materialdan ishlangan maktab sumkasidan foydalanishni tavsiya etish lozim.
O’quvchilarni daftarga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sana, sarlavha va
yozuvlarni qayerdan boshlab yozishni tushuntirish lozim.
Daftardagi sarlavha va yozuvlarning to’g’ri joylanishi yozuvning sifatini
oshiradi. Noto’g’ri qo’yilgan sarlavha xatning sifatiga salbiy ta’sir etadi
________________________IKKI DO’ST______________________
___Bir bor ekan, bir…_______________________________________
(To’g’ri)
IKKI_DO’ST_____________________________________________ Bir bor
ekan, bir…_________________________________________
(Noto’gri)
1-sinf o’quvchilaridan kunlarni raqamlar bilan, oylarning nomini esa
harflar bilan varaqning o’rtasdiga yozish talab etiladi.
O’quvchilarning yozgan harf va matnlarini muntazam ravishda qizil siyoh
bilan tekshirib, zarur ko’rsatmalar berib borish o’quvchilarning kelgusida
benuqson yozishlari uchun zamin hozirlaydi.
O’quvchilarning ishlarini baholashga alohida e’tibor qilib, tegishli
ko’rsatmalar berib borish lozim. O’quvchilarning bahosi bajarilgan ishning
ostiga qo’yilishi kerak.
O’quvchilarning
daftarlariga
“Ko’rildi”,
“Xato”
tarzida
emas,
“Chiziqdan yoz”, “Harflar orasidagi masofani to’g’ri saqla”, “Harflarni
bog’lab yoz”, “Qiyaroq yoz” kabi yozib ko’rsatish maqul.
O’quvchilarning husnixatga, daftar tutishga qiziqishlarini o’stirish
maqsadida maktab bo’yicha eng yaxshi tutilgan daftarlarni yig’ib ko’rgazma
tashkil etish kerak.
Yozuv qurollari va ulardan foydalanish
O‘quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan awal ularni sifatli yozuv
qurollari bilan to'liq ta'minlash talab etiladi. Yozuvlarning chiroyli bo'lishi ko'p
jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab
yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim.
O'quvchilarning yozuv qurollarini muntazam tekshirib borish har bir
o'qituvchining muhim vazifasidir.
Dastur talabi bo'yicha 6 yoshli birinchi sinf o'quvchilari uchun «Yozuv
daftar»lari tavsiya etilgan bo'lib, unda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm
va qiya chchiziqlarsiz kichik xarflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi
masofa 4 mm ta teng bo'lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Bunda
daftarning qiya chiziqlari 65 gradusga teng bo'lishi lozim.
Ikkinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab va III-IV sinflarda
parallel chiziqlar orasidagi masofa 8 mm ga teng bir chiziqli daftar tavsiya
etiladi va quyidagi talablar qo'yildi:
1.
Daftarga toza va aniq yozish;
Davtarning muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda daftar
qaysi fan uchun tutilganligi (ona tili, matematika), nechanchi sinf, maktabining
nomi va nomeri, o'quvchining ismi va familiyasi ko'rsatib o'tilishi kerak;
2.
1 sinfda (1 sinfning birinchi yarim yilligida) o'quvchilarning daftarlari
muqovasiga o'qituvchi tomonidan yoziladi.
3.
Har bir daftarda xoshiya qoldirilishi kerak.
1-sinfda yozuv va matematika daftarlariga oy va kun yozilmaydp, ikkinchi,
uchinchi to'rtinchi sinflarda esa arabcha raqamlar bilan ko'rsatilib, oy esa hraflar
bilan to'liq yoziladi.
4.
Ikkinchi sinfning ikkinchi yarmidan boshlab har bir mashqning nomeri,
maqsadi, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo'yiladi.
5.
Mashqni bajarishda xat boshidan yozish qoidalariga qat'iy rioya qilish
talab etiladi.
6.
Sarlavxa bilan kun va oy orasida, mashqning sarlavxasi bilan matn orasida
chiziq tashlamay yoziladi, ammo ikki xil mashq bajarishda birinchi mashqning
oxirgi qatori bilan yangi mashqning sarlavxasi o'rtasida ikkita chiziq tashlab
yoziladi.
8.O'quvchi daftardagi yo'l qo'ygan xatosini tuzatish uchim quyidagi talablarni
amalga oshirishi kerak.
Noto'g'ri yozilgan harfning ustidan ingichka qiya chiziq tortib qo'yishi, ayrim
noto'g'ri yozilgan bo'g'in yoki so'zlar ustidan o'chirish, bo'yab qo'yish, qavs
ichiga olib qo'yish mumkin emas.
9. Harf
va
bo'g'inlarning
tagiga
chizishda
chizgichdan
foydalanish
yoki juda ehtiyotkorlik bilan chizish lozim. O'quvchilarning yozuv
daftarlari
muntazam
ravishda
tekshirilib
borilishi,
xato
yozilgan
harf va harf elementlari daftaming hoshiyasida ko'rsatilishi kerak.
Birinchi sinfda va ikkinchi sinfning birinchi yarmida o'quvchilarga
baxo
ball
tariqasida
qo'yilmaydi,
ammo
og'zaki
rag'batlantirib
o'tiladi.
Hozirgi kunda maktablarning talabi bo'yicha o'quvchilarga quyidagi yozuv
qurollari tavsiya etiladi:
1.
D a f t a r. Daftar o'quvchilar uchun asosiy yozuv quroli bo'lib, u sifatli
qog'ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko'rinib turadigan bo'lishi kerak.
2.
Bosma qog'oz. Yozuv jarayonida bosma qog'ozdan foydalanishni
unutmaslik lozim. Bosma qog'ozdan foydalanish yozuvning buzilishiga yo'l
qo'ymadi. Ammo undan faqat daftarning ikkinchi betiga o'tayotganda ko'proq
foydalaniladi. O'qituvchi har bir o'quvchining daftarida bosma qog'oz bo'lishiga
erishmog'i lozim.
3.
A v t o r u ch k a. Boshlang'ich sinflarda yangi dastur talabi bo'yicha
o'quvchilarga ikki xil avtoruchkada yozish tavsiya etiladi. Boshlang'ich sinf
o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan avtoruchkalarning yo'g'onligi ularning
qo'l barmoqlariga mos bo'lib, haddan tashqari yo'g'on yoki ingichka bo'lmasligi
kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sharikli avtoruchkalardan ham
foydalanishlari mumkin. O'quvchilarga har ikkala turdagi avtoruchkadan
foydalanish qoidalarini o'rgatish zarur. Avtoruchkalardan foydalanish haqida
alohida to'xtalib o'tamiz.
4.
P ye r o. Agar avtoruchkaning perosi ishdan chiqsa yoki sinib qolsa uni
shu turdagi avtoruchkaga mos pero bilan almashtirish lozim. Kundalik yozuv
mashqlarini bajarib bo'lgandan so'ng avtoruchkaning perosini yaxshilab artib
qo'yilsa, u yaxshi saqlanadi.
5.
S i yo h. O'quvchilar yozadigan avtomchka uchun faqat binafsha yoki to'q
xavo rangdagi siyoxlar tavsiya etiladi. O'qituvchilar uchun esa mashq
namunalarini ajratib ko'rsatishmaqsadida qizil rangdagi siyox tavsiya etiladi.
6.
P y e r o
t o z a l a g i ch.
Pero
tozalagichdan
foydalanish
o'quvchilar daftarini toza saqlashning muhim omillaridan biridir. Ayniqsa
sharikli avtoruchkada yozadigan o'quvchilarga u juda zarurdir. Sharikli
avtomchka ham yuqoridagi tartibda tushuntirilib, uning qismlari bilan
tanishtirish lozim. Uning tuzilishi ancha sodda bo'lib, asosiy qismlari sterjen,
siyoxli naycha, qopqoq atoruchkaning asosiy qismlaridir.
So'ngra o'qituvchi avtoruchkaga siyox solish qoidasini amaliy ko'rsatib
beradi. O'quvchilar diqqat bilan uni kuzatib turadilar. Agar o'quvchi peroli
avtoruchkadan foydalansa, uni har kuni uyda siyoh bilan to'ldirib kelishi lozim,
ammo unga Haddan tashqari ko'p siyoh tortmaslik kerak, aks holda pero juda
yo'g'on yozishi mumkin. Shuning uchun sinfda 1-2 shisha siyoh va ortiqcha
avtomchka saqlash lozim.
Birinchi sinf o'quvchilarining avtoruchkasiga o'qituvchining o'zi siyoh
to'ldirib beradi.
Avtoruchka o'quvchilarni yozuvga o'rgatishda asosiy yozuv quroli
bo'lgani uchun unga alohida e'tibor berish talab etiladi.
Daftardan to'g'ri foydalanish. Biz yuqorida, asosan, daftar uchun
qo'yiladigan umumiy talablarni aytib o'tdik. Endi undan har bir sinfda qanday
to'g'ri foydalanish haqida to'xtalamiz.
O'quvchilarning daftarlariga qo'yiladigan asosiy talablardan biri ularning
tashqi ko'rinishi bir hilda bo'lishiga erishishdir. Daftarning muqofasiga husnixat
qoidalariga amal qilgan holda yozish shart. Ayrim boshlang'ich sinf
o'quvchilari daftarning muqovasiga qo'shimcha turli qog'ozlarni o'rnatadilar,
aksincha, uning o'rniga muqovani toza tutishga o'rgatish lozim.
Birinchi sinf o'quvchilarining «Yozuv daftar»lari sinfda saqlanishi lozim,
uni uyga berib yuborish man etiladi.
O'quvchilarning daftarlari o'qituvchi tomonidan muntazam ravishda
tekshirilib borilishi kerak. Daftarni toza tutgan va chiroyli yozgan o'quvchilarni
rag'batlantirib borish, ularning daftarlari ustiga alohida ajralib turishi uchun
«yulduzcha» yoki «bayroqcha»lar qo'yib berish mumkin. Qaysi o'quvchining
daftarida yulduzcha yoki bayroqda bo'lsa o'sha o'quvchining daftari namunali
hisoblanadi. Rag'batlantirishning bunday turidan 1 va 3 sinflarda ham
foydalanish mumkin. Boshlang'ich sinflarda harflarni 65 gradus qiyalikda
yozish asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilarga harflarning qiyaligini to'g'ri saqlashga
o'rgatishdan oldin daftarni parta ustiga to'g'ri qo'yishni o'rgatish lozim.
Daftarning parta ustida noto'g'ri turishi gigiyena qodilarining buzilishiga sabab
bo'ladi, chunki yozuvning qiyaligi daftarning holatiga qarab belgilanadi. Agar
daftar ko'rsatilgan qiyalikda tursa, yozuv to'g'ri yoziladi. Agar, daftarning holati
o'zgarsa, yozuvning ham qiyaligi o'zgaradi.
Daftar yozuv bilan to'lib borgan sari daftar yuqoriga surib boriladi. Cho'p
qo'l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Yozuv darslarida
daftarning parta ustiga qo'yish holatini to'g'ri tashkil etish birinchi galdagi
vazifadir.
Buning uchun sinf parsatining ustiga ikki o'quvchining har biri ingichka
qiya kontrol chiziq chiziladi. Bu chiziqning pastki uchi o'quvchilarning chap
ko'kraklari o'rtasiga to'g'ri bo'lib, parta qopqog'iga nisbatan 65 gradus qiya qilib
chiziladi. Natijada hamma o'quvchilarning oldida (partada) kontrol chiziqlar
bo'ladi. Endi o'qituvchi o'quvchilarning davtar chetini yoki o'rtasini shu kontrol
o'quvchilarning daftar chetini yoki o'rtasini shu kontrol chizig'ida tekis qilib
qo'yishlariga erisha olsa bas. Chiziqlar to'lib borgan sari daftarni shu chiziq
bo'ylab yuqoriga ko'tarib borish lozim.
Agar daftarning chap beti to'lsa, daftarning buklanadigan yeri kontrol
chiziqda to'g'irlab olinadi va o'ng betiga yozishga o'tiladi.
Bu usuldan ko'proq bir chiziqli daftarga yozishda keng foydalanish
mumkin. Undan tashqari, bunday kontrol chiziqlar daftarni buklashdan
saqlaydi. Chunki ba'zi o'quvchilar o'ziga qulaylik tug'dirish maqsadida daftarni
buklab yozadilar. Albatta, daftar hoshiyasiga ham e'tibor berish lozim, chunki
daftarning chetida qoldirilgan joy yozuvning tekis chiqishiga, so'zlarni
bo'g'inlarga ajratishga ayrim noto'g'ri yozilgan harf va uning elementlarini
to'g'ri yozib ko'rsatishga imkon beradi.
O'quvchilarning ishlarini baxolashga alohida e'tibor berish, ularni qilgan
xatolariga iqror qilish hamda tegishli ko'rsatmalar berib borish lozim.
O'quvchilarning baxosi bajarilgan ishning tagiga qo'yilishi lozim. Ikkinchi,
uchinchi, to'rtinchi sinf o'quvchilarining daftarlariga «ko'rildi», «xato» kabi
noaniq so'zlarni yozmay, «chiziqdan yoz», «xarflar orasidagi masofani to'g'ri
saqla», «harflarni bog'lab yoz» kabi aniq ko'rsatmalar berilishi kerak
o'quvchilarning xatolarini aniq ko'rsatmay turib, ularning baxolarini pasaytirish
mumkin emas.
O'quvchilarning husnixatiga bo'lgan kiziqishlarini o'stirish maqsadida
maktab bo'yicha eng yaxshi tuilgan daftarlarni yig'ib ko'rgazma tashkil etish
daftarni toza tutishning muhim omillaridan biridir. Ko'rgazmada faol
qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirib, boshqa o'quvchilarga namuna qilib
ko'rsatish lozim.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish yo’llari borasida gapirib
bering.
2.
Alifbegacha bo’lgan davrda qanday tayyorgarlik mashqlari tashkil
etiladi? Ularni qanday gurunlarga bo’lish mumkin?
3.
Alifbe davrida yozuv darslari qanday tashkil etiladi? Bunday
darslarning o’ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi?
Mavzuga doir testlar
1.
Yozuvga o’rgatishning boshlang’ich davrida bolalarning
yozuv tezligi bir daqiqada necha harfni tashkil etishi kerak?
A) 10-15 harfni
B) 15-20 harfni
C) 4-5 harfni *
D) 6-8 harfni
2.
Birinchi o’quv yilining oxirida yozuv tezligi bir daqiqada
qanchani tashkil etishi kerak?
A) 20-25 harfni *
B) 15-20 harfni
C) 25-30 harfni
D) 5-10 harfni
3.
Birinchi sinf yozuv daftaridagi katta chiziqlar orasidagi
masofa qancha bo’lishi lozim?
A) 8 mm
B) 10 mm
C) 6 mm *
D) 12 mm
4.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun tavsiya etilgan bir
chiziqli daftarning parallel chiziqlari orasidagi masofa qancha
bo’lishi kerak?
A) 5 mm
B) 7 mm
C) 12 mm
D) 10 mm *
5.
Boshlang’ich sinflarning birinchi sinflari uchun amaldagi
«Yozuv daftari»ning muallif tuzuvchisi kim?
A) Q.Abdullaeva
B) M.G’ulomov *
C) K.Qosimova
D) N.Sobirov
6.
“Avtoruchka bilan chiroyli yozuvga o’rgatish” kitobining
muallifi kim?
A) N.Tursunov
B) Q.Abdullaeva
C) M.G’ulomov *
D) K.Qosimova
7.
Yuqori qismidan tutashtiriladigan harflar berilgan qatorni
toping.
A) q y v
B) q ng g g’
C) o o’ v *
D) o o’ v q g y g’
8.
O`rta qismidan tutashtiriladigan harflar berilgan qatorni
toping.
A) b f g j *
B) o o’ v
C) q y v
D) o a v t
9.
Pastki qismidan tutashtiriladigan harflar berilgan qatorni
toping.
A) m n r t u *
B) a d v a
C) j j’ v V
D) y g ng q g’
10. Yuqoridan boshlanib yoziladigan qatorni belgilang.
A) B D E F G G’; *
B) A L M N;
C) I A D;
D) A Q R S U.
11. Pastdan boshlab yoziladigan harflar qatorini belgilang.
A) A M N *
B) B O O’
C) P T D
D) A va V
12. Tutashtiruvchi unsuri bo`lmagan bosh harflar qatorini
belgilang.
A) Q X Z
B) S O’ *
C) C Q O P
D) B M T F
13. Tutashtiruvchi unsuri bo`lmagan bosh harflar o`zidan
keyingi harflarga qanday ulanadi?
A) qo`shimcha yordamchi chiziq bilan o`rta qismidan tutashtiriladi
B) qo`shimcha yordamchi chiziq bilan pastki qismidan tutashtiriladi*
C) qo`shimcha yordamchi chiziq bilan o`rta va pastki qismidan
tutashtiriladi
D) qo`shimcha yordamchi chiziq bilan yuqori qismidan tutashtiriladi
14. Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar qayeridan
tutashtirilishiga ko`ra necha guruhga bo`linadi va ular qaysilar?
A) 2 guruhga bo`linadi: o`rta va yuqori qismidan tutashtiriladi
B) 2 guruhga bo`linadi: pastki va yuqori qismidan tutashtiriladi
C) guruhga bo`linmaydi, faqat pastki qismidan tutashtiriladi
D) 2 guruhga bo`linadi: o`rta va pastki qismidan tutashtiriladi *