YOZUVLAR TARIXIDAN MA’LUMOT. HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASINING SHAKLLANISH TARIXI
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
27,4 KB
YOZUVLAR TARIXIDAN MA’LUMOT. HUSNIXATGA
O‘RGATISH METODIKASINING SHAKLLANISH TARIXI.
Reja:
1.
Yozuv tarixi haqida ma’lumot
2.
O‘zbek yozuvi tarixi
3.
Husnixatga o‘rgatish metodikasining shakllanish tarixi.
4.
Hattotlik maktablari haqida ma’lumot
YOZUV HAQIDA MA’LUMOT
Yozuv – biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv
tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi
belgilarnigina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga
oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar
(xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan.
Urug‘chilik tuzimi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik
jamiyati kichik va tarqoq oila - urug‘lardan tashkil topgan darvda kishilar bir-
birlari bilan faqat og‘zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug‘ va qabila
jamoalarining tarkib topishi bilan og‘zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni
zamon bilan mustahkamlash ehtiyoji tug‘iladi.
Insoniyatning shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bolgan. Boshida yozuv
bilan bir qatorda grafik shaklga ega bolmagan usullar ham qo‘llanilgan (mis,
iplarni tugib qo‘yish). Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo‘llanilgan.
Bu yozuvning qoldiqlari hozir ham urug‘-qabilalarining tamg‘alari, shimoliy
indeyeslarning chig‘anoq marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini
ifodalovcbi belgilar va boshqa shakllarda mavjud.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega.
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor,internet) natijasida undagi
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham
ogzaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan
juda ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bolishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining
mustaqil bir bo‘limi sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyogliflari. Bu tur yozuvi XIX-asrning 20-yillarida
fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XIX-asrning 70-90 yillarida
Evans o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat
yozuvlari ham Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom,
xala, xet-kappodokiya, fors tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XIX-asr
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asrning 10-yillarida tugallandi.
3. Somiy xalqlarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining
eng qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari
XIX-asrning 60-70-yillarida va XX-asrning 20-ylllarida topilgan). Janubiy
arab, oramey yozuvlari (qadimgi namunalari XIX-asrning 60-70 yillarida
topilgan). Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha, qadimgi uyg‘ur va urxun-
yenesey yozuvlari ham aslida oramey yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni
19-asrning 90-yillarida tilshunos olimlar V.Tomson va V.Radlov deshifrovka
qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti
va boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar
XVIII asrdayoq ilm axliga ma’lum bo‘ladi va ularning grammatik jihatdan
o‘rganilishi XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta
yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeyeslarida aloqa quroli sifatida qo‘llanilgan. Chunki ularning til
xususiyatlari shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda
ideografik yozuv bilan bir qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor.
Masalan, toshbaqaning rasmi quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli
belgi vazifasini o‘tagan. Chunki quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya
bilan berish qiyin edi.
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet
bilan yozuv shakli o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli
bo‘lib qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos
xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi. Hozir yer
yuzida quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Lotin yozuvi (dunyo aholisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo‘g‘inli hind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va
bulardan dunyo aholisining 5% ga yaqini foydalanadi.
O‘zbek yozuvi tarixi. O‘rta Osiyo xalqlari yozuvning tarixi juda qadim
zamonlardan boshlanadi. Eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Eron,
O‘rta Osiyo va boshqa o‘lkalarda oromiy yozuvi tarqala boshladi. Turli
yodgorliklarda qayd etilishicha eramizdan oldingi I-III asrlarda oromiy yozuvi
bilan bir qatorda yunon va karoshta yozuvlari ham ishlatilgan.
Oromiy yozuvi negizida bir qator mahalliy yozuvlar vujudga kela
boshladi. Avesto, Xorazm, Sug‘d, kushon, run, uyg‘ur yozuvi va boshqa
yozuvlar shular jumlasidandir.
Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analarini saqlab
qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug‘d yozuvi qo‘llanila boshlandi.
Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asrning oxiri III asrning
boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi.
V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlarning O‘rxun-Yenisey yozuvidan
keng foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi.
Yenisey daryosi qirg‘oqlaridagi O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus
xizmatchisi Remezov XVIII asrning oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt
mobaynida olimlar bu yodgorliklarni o‘qiy olishmagan.
1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli Tomson, rus olimi V.V.Radlov
yodgorlikdagi yozuvlarni o‘qishga muyassar bo‘ldilar. O‘rxun-Yenisey yozuvi
turkiy xalqlarning eng katta markaziy yodgorligi hisoblanadi.
VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu
davrdan boshlab O‘rta Osiyo jumladan o‘zbek xalqi ham arab yozuvidan
foydalana boshlandi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalandi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo‘lishi bilan birga, o‘zbek
tilining tovushlarini to‘la ifoda eta olgan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan
ilg‘or fikrli kishilar arab alifbosi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishga harakat
qilganlar. Chunonchi, Bobur o‘zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo
bu yozuv amaliyotda joriy qilinmadi.
1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining lotin
harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek
alifbosiga o‘tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirildi.
Ammo bu yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940-yil 8-mayda amaldagi
o‘zbek yozuvi yangi alifboga o‘tish haqidagi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil respublika deb e’lon qilinganidan
so‘ng lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosini joriy etish masalasi o‘rtaga
qo‘yildi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-
3-sentabrdagi 12 chaqiriq 13-sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorni amaliyotga joriy qilish borasida qizg‘in ishlar olib borildi.
“O‘zbek tilini asosiy imlo qoidalari”ni hozirlash jarayonida alifbodagi ayrim
harflar ularning shakllari yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo‘ldi. Mana shular
asosida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi
qarorga o‘zgartirishlar kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
HUSNIXATGA O‘RGATISH METODIKASINING
SHAKLLANISH TARIXI.
O‘zbek xalqi uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy me’rosida
xattotlik san’ati alohida o‘rin egallaydi.
Arab istilosidan so‘ng o‘rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinining qabul
qilinishi munosabati bilan arab yozuvi ham kirib keladi.
(O‘rta asrlarda har qanday asar qo‘lda ko‘chirilib kitob qilingan. Nafis
kitob ko‘chirish katta hunar va san’at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda
xattot nomi bilan mashhur bolganlar. Xattotlarning ko‘chirgan kitoblari
kishilarni hayajonga solib, ularni zavqlantirgan. Shuning ushun ham xattotlik
bilan nom chiqargan shaxslar oddiy ko‘chiruvchi emas, balki o‘sha davrning
ilm-ma’rifat va yirik madaniyat arbobi hisoblangan. Qo‘lda ko‘chirilgan har bir
asar san’at mo‘jizasi kabi nodir asar hisoblangan.
XIV-XVI asrlarda bir qancha iste’dodli san’atkorlar nafis kitoblarning
ijodchilari yetishdi. Muhammad bin Husayn at-Tibiy, Mir Ali Tabriziy,
Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqadam, Munislar shular
jumlasidandir. Bulardan tashqari, o‘rta asrlarda yashagan bir qancha olim va
fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham
nom chiqarganlar. Ular faqat o‘z asarlarinigina emas, balki boshqa
mualliflarning asarlarini ham ko‘chirganlar. Masalan Hofiz Sheroziy Xusrav
Dexlaviyning “Xamsa”sini ko‘chirgan. Alisher Navoiyning mohir xattot
ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Zahriddin Muhammad Bobur arab
grafikasida turkiy xalqlarga moslab “Xatti Boburiy” deb atalgan alifbe yaratdi.
Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida “Savodi ta’lim” nomli risola yozdi va
Alisher Navoiyning “Xamsa”sini nihoyatda chiroyli xat bilan ko‘chirdi.
Muqimiy ham juda mayda nasta’liq va shikasta xati uslubida bayoz ko‘chirgan.
Bularning hammasi shuni ko‘rsatadiki, (o‘rta Osiyoda nafis kitob yaratish
texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nihoyatda kuchli bo‘lgan.
Qo‘l yozmalarni kitob holiga keltirishda bir necha mutaxasislar ishtirok
etganlar. Bu jarayonda qog‘ozrez (qog‘oz quyuvchi), xattot, (muzahhib (oltin
suv bilan bezak beruvchi), lavoh (lavha chizuvchi), musavvir va sahhof
(muqovqchi) ishtirok etadi. Shu yo‘sinda tayyorlangan nafis kitoblar shohlar,
buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi.
O‘rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog‘oz
ishlashda katta shuhrat qozongan edilar. Ularning qog‘ozlari pishiq va silliq edi.
Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog‘ozlar kerak bo‘lar edi. Qog‘ozlar
kustar holda turli usullarda tayorlangan.
Xattotning asar ko‘chirish qurollari: “siyoh”, “qamish qalam”, “mistar”
(transporant), qalamning uchini chiqarib turish uchun “qalamtarosh”, qamish
qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka “qalam qat”
dan iborat bolgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli hisoblangan.
Uni tayyorlash ham alohida san’at talab etgan. Qamish qalamdan qog‘ozga
siyoh tommaslik uchun hamda qalamda doim etarli darajada siyoh bo‘lishi
uchun siyohdon (dovot) ga tolguncha ipak los solingan. Siyohga bo‘ktirilgan
ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyoh bilan ta’minlanishiga yordam
beradi.
Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o‘z yozuv uslublarini ham ishlab
chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko‘fiy
xati uslubi keng o‘rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil
asosiy uslublari maydonga keladi:
1. Suls xati - bu xatning to‘rt bahrasi tekis, ikki bahrasi yumaloq shakilda
yoziladi.
2.Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashhur xattot Ibn Muqla’ hisoblanadi.
3.Muhaqqaq xati - bir bo‘lak qismi tekis bolib, qolgan bo‘laklari yumaloq
shaklida yoziladi.
4.Rayhoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo‘lib uning ixtirochisi Ibn
Bavvobdir.
5.Tavqe xati - yarim tekis, yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan.
6.Riqo xati - ko‘pchilik harflag bir-biriga qurama qilib yoziladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xatlarning har biri o‘z o‘rnida qollanilib
kelingan. Muhaqqaq xatidan qasida va she’rlar yozishda, suls-ilmiy asarlar va
xat yo‘1-yo‘riqlarida, rayhoniy va nasx-qissa va xabarlarda, tavqe buyruq va
farmonlarda, riqo xati maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu asosiy
usulning har biri ingichka va yo‘g‘on qalamlarda yozilishi natijasida yana o‘n
ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv
malakasini hamma o‘quvchilar ham to‘liq egallay olmaganlar. Yozishga
qiynalishning yana bir sababi ko‘p xarflarning so‘zda qo‘llanish o‘rniga qarab
har xil shakl olishidir.
Eski maktabda harflarni nusxaga qarab, alfavit tartibida katta-katta qilib
yozish “sarxat” deb atalib, ba’zan sarxat yozish bir-ikki yilga cho‘zilgan. Sarxat
yozishga o‘rgatilganidan so‘ng “murakkabot”, ya’ni harflarni bir-biriga qo‘shib
yo‘zib o‘rgatilgan. Murakkabotdan keyin “muqattaot” mashqi, ya’ni bayt va
ruboiylar ko‘chirib yozish o‘rgatilgan. Eski maktabda muqattaotga juda ko‘p
vaqt sarf qilingan. Bolalar duoiy salomni yozishni bilsalar, ularning xat-savodi
chiqqan hisoblangan.
Eski maktabda chiroyli yozuvga alohida ahamiyat berilgan, ammo
husnixat mashg‘ulotlari uchun zarur bolgan qoidalar yuzaki tushuntirilgan.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish vaqtida faqat qalamni qanday ushlash qoidalarigina
eslatilgan. Qalam bilan bir marta yozilgandan so‘ng uning ustida qayta
yozishga yo‘l qo‘yilmagan, bu yozuv qoidalarini saqlashdagi birdan-bir usul
bo‘lgan. Bolalarga yuqoridagiga o‘xshash ayrim yo‘1-yo‘riqlar ko‘rsatilgani
bilan ularning ko‘zi bilan qog‘oz orasidagi masofaning to‘g‘ri saqlanishiga
e’tibor berilmagan. Xatto yozish vaqtida nafas olish ham ta’qiqlangan.
Eski maktabda husnixat qoidalarini o‘rgatuvchi birdan-bir qo‘llanma
“Mufradot” kitobi bo‘lgan. Domlalar yozishni o‘rgatish va husnixat mashq
qildirishda shu kitobdan foydalanganlar. Bu vaqtda husnixatga o‘rgatishning
birdan-bir yo‘li ko‘chirib yozish ko‘nikmasini hosil qilish bo‘lgan. Bolalar
uchun arab alfavitida yozish juda qiyin bolib, unda biror nuqtaning noo‘rin
qo‘llanishi yoki nuqtalar sonini kam yoki ortiq bo‘lishi so‘zning ma’nosini
tubdan o‘zgartirib yuborgan. Shuning uchuin, arab yozuvida juda ehtiyot bo‘lib
yozish zarur edi. Ana shunday bir vaqtda husnixat bo‘lishni, har bir harfni
to‘g‘ri va aniq yozishni talab qilish, bu masalaga kishilarning diqqatini jalb
qilishda husnixat ta’limini o‘rgatuvchi metodik qo‘llanma juda muhim edi. Bu
ishga birinchi bo‘lib shoir va xattot Shermuhammad Avazbek o‘g‘li Munis
(1778-1829) bel bog‘laydi. Munis 1804 yilda o‘zbek tilida ‘Savodi ta’lim’
nomli risola yozadi. Uning bu risolasi amaliy hamda nazariy tomondan o‘sha
davrga nisbatan katta ahamiyatga ega edi. Munisning bu asari uning vafotidan
keyin Xorazm xattotlari tomonidan ko‘chirib yoziladi.
Munis bu risolasini ikki qismga bo‘lib, birinchi qismida husnixat ta’limini
bergan ustozlari haqida, xat va chiroyli yozuv asboblari haqida foydali
maslaxatlar beradi.
So‘ z maxzanining nishonasi ham,
Ma’ni durining hazonasi ham,
Har so‘ zki, ko‘nguldan o‘vdi mavjud,
Xat bo‘lmasa bo‘lg‘ay erdi nobud...
U yozuv qoidalariga ham katta axamiyat berib shunday deydi: Olam ishi
intizomi andin, Olam elining nizomi andin, Ul bo‘lmasa bo‘lmag‘ay kitobat,
Bu bo‘lmasa qolmag‘ay hikoyat...
“Savodi ta’lim”ning ikkinchi qismida arab alfavitidagi harflarning
o‘lchovi va shakli katta kichikligi tushuntiriladi. Munis bu kitobida harflarning
o‘lchovini qat’iylashtirib har xillikka chek qo‘yib, husnixat ta’limiga yangilik
kiritgan. Uning bu risolasi xattot va kitoblarga hamda o‘z xatini tuzatmoqchi
bo‘lgan kishilarga yaqindan yordam bergan.
Hozirgi kunda maktablarimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri
o‘quvchilarning savodxonligini oshirishdir. O‘quvchilarning savodxonligini
oshirishda toza va chiroyli yozuvning roli katta. Ulug‘ rus pedagogi K. D.
Ushinskiy husnixat darslariga alohida e’tibor berib, ‘dastlabki orfografik
malakalar husnixat darslarida tiklanadi’, - degan edi.
O‘zbek maktablari 1940 yildan boshlab, rus grafikasi asosida yozuvga o‘ta
boshladi. O‘zbek maktablari uchun husnixatga maxsus oid qollanmalar
yaratilmagan bo‘lsa ham bu davrda yaratilgan turli metodik qollanmalardan
foydalanib kelingan.
1948- yilda V. A. Saglin tomomonidan tuzilgan ‘Boshlang‘ich sinflarda
yoziivga o‘rgatish’ nomli qo‘llanmada I, II, III, IV sinflarda husnixatga
o‘rgatishning maqsad va usullari bayon etiladi. Bu kitobda yozuvda
uchraydigan tipik xatolarni tuzatish uchun ko‘rsatmalar va tez yozishga
o‘rgatish uchun tayyorgarlik mashqlari beriladi. Qo‘llanmada doskada bo‘r
bilan yozish qoidalari ham kiritiladi.
1948-yilda E.V. Gur’yanov tomonidan tuzilgan “Yozuv mashqlarning
psixologik eslatmalari’ va ‘Alifbe davrida yozuvga o‘rgatishning psixologiyasi
va metodikasi’ nomli qo‘llanmalarda esa yozuv jarayoniga ilmiy asosda
yondashiladi va yozuvning psixofiziologik asoslari ochib beriladi. Muallif bu
qollanmalarda o‘quvchilarning diqqatini boshlang‘ich sinflarda darsning
samaradorligini oshiruvchi qator shart-sharoitlarga tortadi hamda amaliy
ko‘rsatmalar beradi. 1959-yilda E.V. Gur’yanovning “Yozuvga o‘rgatish
psixologiyasi’ kitobi nashr qilindi. Bu qo‘llanmada, asosan, yozuvga o‘rgatish
psixologiyasi to‘la ochib beriladi, hamda eski kaligrafik yozuv sistemasi tanqid
qilinadi. Muallif bosim bilan yoziladigan yozuv sistemasini misollar bilan
ko‘rsatib beradi, hamda mavjud yozuv grafikasini soddalashtirishni talab etadi.
1983- yilda D. A. Pisarevskiy tomonidan yozilgan ‘Yozuvga o‘rgatish’
kitobida birinchi marta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun darslarni qanday
tashkil etish yo‘llari ko‘rsatiladi. Muallif bu kitobda harflarni izchillik bilan
o‘rgatishni, har xil bog‘lanishlarni to‘liq ko‘rsatib o‘tadi. Ammo chiroyli
yozuvga o‘rgatishning asosiy shartlari ustida kam ko‘rsatma beradi.
1970-yildan boshlab soddalashtirilgan harflar qabul qilindi, undan
“Alifbe” kitobida, o‘quvchilar uchun qo‘llanma va metodik ko‘rsatmalaridan
foydalanila boshlandi. Yangi shriftning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:
juda ko‘p harflarning shakli soddalashtirilgan, katta harflarning shakliga
yaqinlashtirilgan; yangi harflar bir sharoitda qo‘lni uzmasdan bog‘lab yozishga
mo‘ljallangan. Yozuv qurollari takomillashib borishi bilan E.V.Guryanov
tomonidan tavsiya etilayotgan yozuv sistemasi 1970 yildan boshlab
maktablarda keng qo‘llanila boshlandi.
Shu vaqtlarda rus alfaviti o‘qitiladigan maktablar uchun yangi
soddalashtirilgan harflar bilan husnixat kitoblari nashr qilina boshlandi.
O‘zbek maktablarida soddalashtirilgan kiril alifbosida chiroyli yozish va
chiroyli yozishga o‘rgatish borasida M.G‘ulomov tadqiqot ishlarini olib bordi.
U o‘zining qo‘llanmalarida 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish
usullarini, husnixat qoidalarini ishlab chiqdi, amaliyotga tadbiq etish
metodikasini ochib berdi.
Amaldagi yozuvni husnixat qoidalari ularga doir amaliy mashqlar
namunasi
Y.Abdullayevning
“Sovg‘a”,
“Yangi
alifbo
va
imlo”
“Hamrohim”kitoblarida o‘z aksini topgan.
Hattotlik maktablari haqida ma’lumot. Xattot va madaniy hayot. Sharq
xalqlari, shu jumladan, o‘rta Osiyo xalqlarining madaniy tarixi eng qadimiy va
ko‘p sohalarda yuksak taraqqiyot bosqichiga erishilganligi bu kunda butun
dunyo ilm-fan axli tomonidan e’tirof etilgan haqiqatdir. O‘rta Osiyo xalqlari
o‘z o‘tmishida bir necha dafa iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot davrini
boshidan kechirgan.
Arablar istilosidan so‘ng IX-XI asrlarda o‘rta Osiyoda, ayoniqsa,
Xorazmda madaniy va ilmiy tafakkur beqiyos barq urib gulladi. Jahonga
tanilgan al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy singari ulug‘ mutafarkir olimlar
dahosidan xozirgacha bashariyat bahramand bo‘lib kelmoqda. Shuni alohida
qayd etish zarurki, bu porloq davr arab istilosining mahsuli emas, aksincha, arab
istilosiga qadar o‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan xorazmiylar va so‘g‘diylarning
uzoq asrlik boy madaniyatining qonuniy taraqqiyotidan iborat bolgan. Arab
istilosiga qadar o‘rta
Osiyo xalqlari, shu jumladan, turkiy xaqlar (ayniqsa, uyg‘urlar) yaratgan
madaniy obidalar fikrimizning isbotidir. Ayniqsa, 1965 yili Samarqandda
ochilgan Afrosiyob arxeologik yodgorliklari arablarga qadar o‘rta Osiyo
xalqlarining mislsiz taraqqiyot darajasida ekanini yana bir marta tasdiqlaydi.
______
G‘ulomov.M, “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘gatish” T.
O‘qituvchi 1970, “Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish” T. O‘qituvchi
1992, “Husnixat metodikasi” T. O‘qituvchi 1976.Abdullayev. I “Hamrohim”
o‘quv qo‘llanma” T. O‘qituvchi 1996, “Sovg‘a” o‘quv qo‘llanmasi T.
O‘qituvchi 1996, “Yangi alifbo va imlo” T. O‘qituvchi 2000
XIII-XIV asrlarda mo‘g‘ullar O‘rta Osiyoni vayron qilib, obod shaharlarni
xarobaga aylantiradilar. Madaniy yodgorliklar parchalanib, ilm-fan xazinasi
bo‘lgan minglab qo‘lyozma kitoblar gulxanlarda kuydiriladi. Mo‘g‘ul
bosqinchilari qancha barbod bermasinlar, ijodkor xaq o‘z madaniy merosini
ardoqlaydi, eng og‘ir va mashaqqatli hollarda madaniy hayot olg‘a tomon
boraveradi.
XIV-XV asrlarda Temuriylar davrida o‘rta Osiyo feodalizm jamiyatida
qisqa muddatli bo‘lsa ham markazlashgan feodal davlati joriy qilinib, mamlakat
hayotida iqtisodiy, siyosiy va madaniy yuksalish ro‘y berdi. Ayniqsa, XV asr
Hirotda, Samarqandda o‘rta Osiyo xadlqlari madaniyati o‘zining eng porloq
davrini boshidan kechirdi. Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Xondamir, Behzod, Sulton Ali va Mirzo Bobir bu davrning aql
egalaridan bo‘lganlar.
XVI asrning boshidan safaviylar va shayboniylar hokimiyat tepasiga
kelishi bilan iqtisodiy va madaniy hayot asta-sekin inqirozga yuz tuta
boshlaydi.
XIX asrga kelganda, ayniqsa, o‘rta Osiyoning Rossiya bilan iqtisodiy va
siyosiy aloqalari kuchaya borgan sari madaniy hayotda yana kotarilish roy bera
boshladi.
Shunday qilib, IX asrdan to XX asrgacha, taxminan 1000 yillik tarixida
o‘rta Osiyo xalqlarining ilm-fan va ma’naviy madaniyat sohasida yaratib
qoldirgan buyuk merosi bizning davrimizgacha, asosan, qo‘lyozma kitoblar
shaklida etib kelgandir.
Arab yozuvida kitobat qilingan ming yillik madaniy meros nasldan-naslga
qo‘lyozma shaklida o‘tib kelgan. Shu qolyozma kitoblar tufayligina o‘rta Osiyo
xalqlari ota-bobolari yaratib qoldirgan madaniy merosdan bahramand
bo‘lganlar. Shu qo‘lyozma tufayli O‘rta Osiyodagi har bir xalq, har bir millat
o‘z tarixiga ega bo‘lgan. Nihoyat, shu qo‘lyozmalar tufayli o‘rta Osiyo xalqlari
jahon madaniyat tarixi taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha olgan.
Bu qo‘lyozma kitoblarning muallif tomonidan parcha-parcha qog‘ozlarga
yozilib ijod etilgandan so‘ng, uni oqqa ko‘chirib, kitob tusiga kirituvchi g‘oyat
murakkab, mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli vazifani bajaruvchi shaxs kitob
bo‘lgan. Kotiblik da’fatan qaraganda kishiga bir texnik vazifaga o‘xshab
ko‘rinadi. Kitob go‘yo muallifning yaratgan asarini harfma-harf ko‘chiruvchi
kishidek bolib tuyuladi. Haqiqatda esa bunday emas.
O‘rta asr tarixida va u davrdagi madaniy hayotda kitobatlik hunari eng
sharafli va muqaddas vazifa hisoblangan. Avvalombor kotibning savodli
bo‘lishining o‘zi feodalizm sharoitida ko‘p vaqt hokimlar, amirlar savodsiz
bo‘lgan bir paytda uni (kotibni) yuqori mavqega olib chiqadi. Ikkinchidan,
kotib kitobat qilish munosabati bilan har bir ko‘chirgan kitobning mazmunini
o‘zlashtira boradi. Shuning natijasida haqiqiy kotib o‘z zamonasining
o‘qimishli ilm-ma’rifat egalari qatoridan joy oladi. Demak, o‘rta asr Sharq
mamlakatlarida kitob ko‘chirish bilan shug‘ullangan xattotlarni biz oddiy
ko‘chiruvchilik vazifasini bajaruvchi shaxs deb emas, balki har bir xattotni o‘z
zamonasining o‘qimishli ma’rifatparvar, ilg‘or ziyolisi va yirik madaniyat
arbobi deb tushunishimiz kerak.
Arab yozuvi O‘rta Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan. Shu sababli arab
mamlakatlaridagi va shuningdek, O‘rta Osiyodagi bir gurux xattotlar Qur’on
hamda diniy kitoblarni ko‘chirish bilan shug‘ullanganlar. O‘z zamonasida
nihoyatda muqaddas hisoblangan «kalomi sharif», din, shariat haqidagi
kitoblarni kochirish vazifasi har kimning qolidan kelavermagan.
Bulardan tashqari tarixdan yana shu narsa ma’lumki, o‘rta asrlar yashagan
bir qancha olim, shoir va fozil kishilar yoshlikdan xattotlik san’atini egallab,
keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Bunday ulug‘ zotlar faqat o‘z
asarlarinigina
kitobat
qilmasdan,
balki
boshqa
mualliflar
asarini
hamko‘chirganlar.
Masalan,
Hofiz
Sheroziy
Xusrav
Dehlaviyning
«Xamsa»sini ko‘chirgan. Temuriy bolalaridan bir nechalari (Boysunqor Mirzo,
Rolib Mirzo, Badiuzzamon) kitobat bilan shugullanganlar. Alisher Navoiyning
mohir xattot ekanligi tarixiy manbalardan ma’lum. Mirzo Bobir arab
grafikasining turkiy xalqlarga moslab islox qilingan engil yozuv «xatti
boburiy»ni ijod etgan. Munis Xorazmiy xattotlik san’ati haqida «Savodi ta’lim»
nomli risola yozgan va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda go‘zal xat
bilan ko‘chirgan. Nihoyat, Buxoro xattotlik maktabining so‘ngi vakillaridan
XIX asrning buyuk olimi, ensiklopedik aql egasi Axmad Donish o‘ndan ortiq
zebo qo‘lyozmalar ko‘chirib qoldirgan.
Ibn Bahhobning xat san’ati haqidagi risolasidagi asosiy g‘oyalar
keyinchalik juda ko‘p risolalarda taraqqiy ettiriladi va yangi amaliy
maslahatlar, nazariy fikrlar bilan boyitiladi.
Biroq Ibn Bahhob ixtiro etgan xat namunalari haqida XVI asrgacha,
deyarli, hech qanday aniq ma’lumot yo‘q. Faqat XV asrning II yarmida yashab
908/1502-03 yilda vafot etgan arab xattotlaridan Muhammad bin Hasan al-
Tibiy o‘zining risolasida Ibn Bahob Tomonidan 17 xil xat ixtiro etilganligini
to‘la ravishda bayon qiladi hamda bu 17 xil xatni Ibn Bawob yozgan mo‘tabar
nusxalardan ko‘chirib, ularning nomlarini birma-bir ko‘rsatadi. Muxammad
Bin xasan al-Tibbiy risolasini arab olimlaridan doktor Saloxdddin al-Munajjid
908/1502-03 yilda ko‘chirilgan nusxasini 1962 yilda faksimal shaklida nashr
qildirgan va unga katta so‘z boshi yozgan.
Mazkur risola orqali biz Ibn Bahhobga nisbat berilgan xat namunalari
bilan tanishish imkoniga egamiz.
Arab xatining husnixatdagi eng muhim qoidalari va turlarini mashhur
ixtirochi Ibn Bahhob 36 tur xatdan tubandagi 16 turini Ibn Muqladan keyin
ixtiro qilnganligi va takomillashtirganini XVI asr (1519 yil)da yashagan ulug‘
xattot Muhammad binni Hasan Tibiy o‘zining «Jome’i mahosini kitobat ul-
kuttab» nomli asarida Ibn Bahhob usulidan suratlarini yozib ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy
nomidagi Sharqshunoslik instituti qolyozmalar fondida mavjud minglab
kitoblar va kitobat san’ati, husnixat togrisidagi qator risolalarda berilgan
ma’lumotlardan husnixat san’ati o‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy madaniyat
tarixida yetakchi rol o‘ynagan san’atlardan bo‘lgan degan xulosa chiqarish
mumkin.
O‘rta Osiyoda xattotlik san’atinining keng taraqqiyoti Temur va
Temuriylar davridan boshlanadi. Husnixat san’ati dastlab Xuroson poytaxti
Xirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik
maktabi tashkil topadi. Maktabning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu
yerda, asosan, XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nasta’liq xat uslubi Sulton
Ali tomonidan takomillashtiriladi. Bu uslub yirik va mayda nasta’liq kitobat
ishlarida keng qollanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nasta’liq xatida kitobat
qilingan. Diniy va ba’zi ilmiy asarlar esa nasx xatida ko‘chirilgan. Kofiy, riqo‘.
Suls va nasx xatlari esa ko‘proq me’morchilik, naqqosh san’atida va Sharq
epigrafiyasida ishlatilgan.
Xirot xattotlik maktabi. Xirot Xurosonning eng katta va mashhur
shaharlaridan bo‘lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan tolgan
xushmanzara bog‘-bo‘stonlari, turli meva va suvlarining ko‘pligi bilan shuxrat
qozongan.
Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv
Shohjon (Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron *(ikki
marv) degan so‘z bo‘lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shdhjondir.
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan qimmatli
kitoblar juda ko‘p edi. Men u yerdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf
qilingan 10 ta kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko‘pligi va yaxshiligi
jihatidan unday joyni ko‘rmaganman. Ular quyidagicha:
1. Katta jomega qarashli 2ta kutubxona bolib, biri Sulton Sanjar
xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga qo‘yilgan. Unda 12 ming
jildga yaqin qo‘lyozma kitoblar saqlanadi.
2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum emas).
3. 1100-yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammad ibn
Mansurning madrasasidagi kutubxona.
4. Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagi kutubxona.
5. Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.
6. Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.
7. Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning kutubxonasi.
8. Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.
9.Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221 yilda
mo‘g‘ullar tomonidan xarob etilgan».
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa, suls xatiga
ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh
Tayib Axmad deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashhur shogirdlaridandir.
Ustozi bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210-yilda ko‘chirilgan
«Kalimoti murtazaviyya» asari Ayoso‘fiya
kutubxonasida saqlanadi.
«Kalimot» bilan birga Ali binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab
shoirning qasidasini ko‘chirgan. Bu qasidani 1218-yilda ko‘chirib tamomlagan.
1269-yilda vafot etgan.
Ibroqim Mirzo Shohrux o‘g‘li Temur nabiralaridan bo‘lib, Sharafiddin Ali
Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug‘ tarixchi o‘zining «Zafarnomaiy Temuriy»
asarini Temurga bag‘ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo‘q
xattot edi. Yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o‘tib ketgan. U
yozgan xat qoldiqlarining ba’zilari hozir ham Sheroz qadimiy binolarida
saqlanib qolgan. Xattot 1431 yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo‘lib,
ko‘p vaqtlar ulug‘ kishilar bilan suhbatlashgan.
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda
vafot etgan. «Davlatshox tazkira»da ko‘rsatilishicha, uning kitobxonasida 40
nafar mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug‘ullanar edilar. Xattotlik,
zarafshonlik, oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy
san’atlar ishlash Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir
kutubxonasida hech bo‘lmaganda bir nusxa uning davrida ko‘chirilgan asar
mavjud. Sulton buyrug‘i bilan ko‘chirilgan qo‘lyozmalardan «Faraj ba’da
shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir.
Mirzo Ulug‘bek astronomiya va xandasada o‘z davrida yagona bo‘lgani
kabi Boysunqor mirzo she’r va xatda o‘z davrining eng mashxur kishisi edi.
Eronliklaming aytishicha, to‘rt kishi to‘rt xatda sulsda Boysunqor Mirzo,
nasta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu
Majid Tolqoniy ustod emish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.
Yozuvning insoniyat hayotidagi ahamiyatini so‘zlab bering.
2.Yozuvning paydo bo‘lishi va yozuv turlari haqida fanda qanday fikrlar
bildirilgan?
3.O‘zbek xalqining eng qadimiy yozuvlari qaysilar?
4.Qaysi yozuvlar amalda joriy qilinmagan?
5.Hozirgi o‘zbek yozuvi haqida nimalar bilasiz?
6.Xattotlik san’ati qanday ehtiyojlar tufayli yuzaga keldi?
7.Xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar kimlar va ulaming faoliyati
haqida nimalarni bilib oldingiz?