Yozuvning paydo bo‘lishi tarixi va uning jamiyat tarixida tutgan o‘rni
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
1,8 MB
Yozuvning paydo bo‘lishi tarixi va uning jamiyat tarixida tutgan o‘rni
Reja:
1.
Yozuvning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari.
2.
Alfavit.
Yozuvning paydo bo’lishi va rivojlanish bosqichlari. Bugun biz
hayotimizni kitobsiz tasavvur qilolmaymiz. Inson o’zining uzoq yillik tarixi
davomida kitobdan yaxshiroq do’st va mehribon ustozni uchratmadi. U insonga
kamolot yo’lini ko’rsatdi va hamma vaqt og’irini yengil qilib keldi. Lekin shuni
ham unutmaslik lozimki, agar yozuv bo’lmaganda inson kitobday bebaho
do’stga sohib bo’lmagan bo’lur edi. Kitob yaratish tarixi ham ancha qadimga
borib taqaladi. Biz bu borada mukammal ma’lumot bermaymiz, faqatgina
o’tmishda yaratilgan ba`zi bir kitoblar bilan yuzaki tanishib chiqamiz:
Sopol taxtachadagi kitob (Vavilon)
Qadimgi Misrda kitob
Papirusli kitob Qadimgi o’rama kitob
Yozuv qachon paydo bo’lgan? U qanday davrlarni boshidan kechirib,
hozirgi mavqega erishgan? Bu savollarga javob topish uchun insoniyat tarixiga
nazar tashlash, uning aqliy yuksalish bosqichlvarini birma-bir ko’zdan
kechirish lozim.
Albatta, inson, avval, gapirishni o’rgandi, so’ngra unga tajribalarini kelgusi
avlodlarga yetkazish istagi shakllandi va u qo’liga qalam (avval bu vazifani
oddiy tosh bajargan) oldi.
Xo’sh, yozuv o’zi nima? Yozuv muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar
o’rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. U
kishilarning o’zaro aloqa qilishida, fikr almashishida muhim vositadir.
Yozuvning paydo bo’lishi, aloqaning maxsus vositasi sifatida xizmat qilishi
katta ahamiyatga ega bo’ldi. Yozuv tufayli kishilik tajribasi avloddan-avlodga
yetkazilmoqda. Shuning uchun ham yozuvni kishilik jamiyati madaniy
taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab
tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri, deb hech
ikkilanmasdan aytish mumkin. Faqat yozuv borligi uchungina biz tilning tarixiy
taraqqiyotini kuzatish imkoniyatiga ega bo’lamiz, oldingi avlodlarimiz tilini
o’rganib, uni tilimizning hozirgi bosqichi bilan qiyoslash imkoniyatiga ega
bo’lamiz.
Tabiiyki, yozuv tildan ancha keyinroq paydo bo’lgan. Olimlarimizning
ta’kidlashlaricha tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan.
Yozuvning paydo bo’lganiga esa 4-5 ming yillar bo’lgan. Inson ovozi (nutqi)
zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan nihoyat cheklanganligi
hammamizga ma’lum. Ana shu cheklanishni bartaraf etish istagi va zaruriyati
yozuvning paydo bo’lishiga olib keldi. Inson o’z og’zaki tili (nutqi) bilan fikrini
muayyan va cheklangan masofaga yetkazib biladi, xolos. Boshqa sharoitlarda
tilga ehtiyoj paydo bo’lishi bilan inson bu ehtiyojni qondira oluvchi boshqa
vositalarni qidira boshladi. Bu qidiruv va izlanishlar samarasi sifatida belgilar
tizimidan iborat yozuv ixtiro qilindi.
Yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek,
muayyan masofadagi kishilarning o’zaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy,
diniy va estetik xarakterdagi axborotlarni qayd etish, saqlash zaruriyati bilan
bevosita bog’liq.
Yozuv og’zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo’shimcha aloqa vositasi bo’lsa-
da, unga qaraganda ko’p afzalliklarga ega. Ayniqsa, tilning insoniyat qo’lga
kiritgan tajriba – bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi
yozuv orqali bajariladi.
Ta’kidlaganimizdek, yozuv bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va
murakkab tadrijiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Inson bu yo’lda juda kop
izlandi. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng
tarqalgan “eslatuvchi” belgilar ana shu uzoq va zahmatli izlanishlarning ilk
ko’rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar,
chig’anoqlardan foydalanilgan, tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bog’lash,
tugunlar tugib qo’yish va bu vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash
yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Gohida bir xabarni uzoq
masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va shu kabilar
qo’llangan. Ma’lumot yoki xabarni uzoq vaqt saqlash uchun ramziy ma’no
berilgan buyumlardan foydalanilgan: qo’rg’on – marhum ko’milgan joy belgisi;
“shaharlarni ishg’ol etish” iborasi yonayotgan xonaqoh tarzida; “sayohat” –
qator izlar silsilasi bilan; “qurbonlik qoni” – gul tasviri bilan; slavyan
qabilalarda non-tuz – do’stlik belgisi; trubka – tinchlik, sulh belgisi va
boshqalar. Tasvir rangi ham u davrlarda katta ahamiyatga ega edi. Masalan,
sariq rangga bo’yalgan odam rasmi ayol kishini, binafshrang esa yuqori
mansabdagi hukmdorni bildirar edi. Rang ramzi (nishonasi) ham qo’lyozma
madaniy yodgorliklarda katta rol o’ynar edi: ko’k rang janubni, qora va qizil
ranglar “xiradmandlik” va “yozuv” tushunchalarini bildirar edi. “Buyumli
yozuv” nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlarining
ba’zilari hozir ham saqlangan. Masalan, biror fikrni esdan chiqarib qo’ymaslik
uchun ro’molchaning uchini tugib qo’yish odatini yodga olish mumkin.
Bunday holatni o’zimizning afsonalarimizda ham uchratish mumkin.
Masalan, ba’zi afsonalarda asosiy qahramon yovuz kuchlar ta’qibiga uchrab
qochadi va ulardan omon qolish uchun turli xil buyumlardan foydalanadi.
Masalan, qayroqtosh, oyna va taroq. Agar asar qahramoni orqasiga oynani
tashlasa katta dengiz paydo bo’ladi, agar taroqni tashlasa kishi o’tmas o’rmon
hosil bo’ladi, agar toshni tashlasa baland cho’qqili tog’ paydo bo’ladi va yozuv
kuchlar bu to’siqlardan o’tolmaydilar.
Neolit davriga kelib odamlar ba’zi hodisa va voqealarni uzoq masofaga
yetkazish niyatini jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish orqali amalga
oshirganlar. Bunday yozuv frazeografiya deb nom olgan. Frazeografiya -fraza,
gap, grafiya - yozaman, ya’ni gap yozaman ma’nosini bildiradi. Frazeogramma
yozuvi ikki turga bo’linadi: a) aks (tasvir) yozuvi; b) qadimgi shartli
alomatlar. Aks (tasvir) yozuvini piktografiya (piktus- tasvir, grafiya-
yozaman) deb ataganlar. Piktografiya (rasmli yozuv)da rasm bilan yozuv
o’rtasida uzviy bog’liqlik mavjud bo’lgan, chunki har ikkalasi ham ko’rish
orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy san’at ichida yuzaga
kelgan deyish mumkin. Ma’lumki, arxeolog olimlarimiz juda ko’p qadimiy
rasmlarni kashf etganlar. G’or devorlari, turli xildagi toshlar, suyaklar va
boshqa predmetlarga o’yib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari,
umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar – bularning bari piktografik
yozuvning asoslaridir.
Xulosa qilib aytish mumkin, ibtidoiy tasviriy san’at ikki yo’nalishda –
umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, ya’ni yozuv sifatida shakllana
borgan. Buni dunyo tillarining juda ko’pchiligidagi “yozmoq” ma’nosidagi
so’zlarning etimologiyasiga e’tibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday
so’zlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan bog’liq
holda namoyon bo’ladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda “yozmoq” tushunchasi
“bit(i)moq” fe’li (“bitik” – yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu fe’lning o’zagi
xitoycha “bi” (mo’yqalam) so’zi bilan aloqador bo’lib, dastlabki ma’nosi
“o’ymoq, o’yib bezamoq”, undan keyin “yozmoq” demakdir. Slavyan
tillardagi “pisati” (rus. “pisat” – “yozmoq”) fe’lining ma’nosi ham dastlab
mo’yqalamda rasm chizish bilan bog’liq bo’lgan (rus. “jivopis” – rangtasvir
so’zi bilan qiyoslang). Bu fe’lning o’zagi lot. “pingere” (rasm solmoq) so’zi
bilan aloqadordir, “pisati” fe’lining dastlabki ma’nosi, ko’rinadiki, “rasm
solmoq”, “bezamoq”-dan iborat bo’lgan. Gotcha “melian” (yozmoq)
fe’lining dastlabki ma’nosi ham mo’yqalamda “rasm solmoq” bo’lib, bu fe’l
hozirgi nemis tilida “malen” shaklida va “rasm solmoq” ma’nosida qo’llanadi.
Yunon tilidan ko’pgina tillarga o’tgan “grafika” so’zi ham etimologik jihatdan
o’yish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Yoqorida keltirganlarimiz barcha
misollar yozuvning rasm bilan uzviy bog’liq ekanligini yaqqol ko’rsatadi.
Qadimgi shartli alomatlar sirasiga avlod va qabila nishonlari, avlod,
qabila va shaxs mulki alomatlari (masalan, tamg’a, dog’), ustalar muhri va
boshqalar kirardi. Bu nishon va alomatlar uy hayvonlari, qurol-aslaha, sapoldan
yasalgan idishlar va hatto asirlar (qullar)ga qo’yiladi. Tilga olingan qadimgi
shartli belgi va alomatlarni hozir ham ba’zi bir taraqqiyotdan orqaga qolgan
xalqlar (masalan, Amerika hindulari, Uzoq Shimol, Afrika, Avstraliya xalqlari)
ishlatishadi. Taraqqiyot bilan baravar qadam tashlayotgan xalqlar ham bu belgi
va alomatlarga ayrim hollarda murojaat qilishadi. Masalan, pogonlar, oliy
maktab, gerb va bayroqdagi nishonlar, xaritalardagi belgilar bunga misol bo’la
oladi.
Keyinchalik rasmlarning soddalashuvi, ularning o’zlari ifoda etgan
buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va asta-sekin bu ramzlarning og’zaki
til bilan doimiy bog’lanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab berdi.
Yozuv belgilari ideografik, ieroglifik belgilar sifatida muayyan so’zlarning
ifodachilariga aylandi, bu yozuv “so’z yozuvi” yoki “logografik yozuv” nomi
bilan umumlashtiriladi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr
ieroglifikasi, Eron hududida Haxomanishlar hukmronligi davrida amal qilgan
mixxatlar, xitoy ieroglifikasi va boshqalar. 1- va 2- rasmlar) miloddan avvalgi
4-ming
yillikning
oxiridan
miloddan
avvalgi
2-ming
yilliklarning
boshlarigacha bo’lgan davrda shakllangan. Haqiqiy ma’nodagi yozuv tizimlari
dastlab Qadimiy Sharqda vujudga kelgan.
1- rasm. Shumer mixsimon xati, eramizdan 4 ming yil avval
2- rasm. Grek yozuvi, eramizdan 3 ming yil avval
Logografiya (logos - so’z, grafiya - yozaman) yozuvdagi har bir alomat
(logogrammalar) bir so’zni bildirar edi. Bu yozuvda, alomatlar miqdor so’zlar
miqdoriga, aniqrog’i mustaqil fe’l (xabar)ning semantik vohidlariga tengdir.
Logografik yozuvning piktografik yozuvdan afzalligi quyidagilardan
iborat:
a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha
mufassal aks ettira oladi.
b) piktografik yozuvda so’z tarkibi va so’z shakllari noaniqroq, logografik
yozuvda esa aniq bo’ladi.
Logografik yozuvning birinchi mukammallashgan shakli ieroglifik
yozuvdir. “Ieroglifik” so’zi yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “muqaddas
yozuv” degan ma’noni anglatadi. Bu yozuvdan dastavval Arabistonda keng
foydalanilgan. Keyinchalik Xitoy davlati ham shu yozuvga o’tadi va bu
yozuvdan hozirgi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
I-II asrlarda Stoy Shenm Xitoy ierogliflarining katalogini tuzib, bunda 10,5
ming ieroglifni kiritadi. Xitoy tilining to’liq lug’atlarida 40 ming iyerogliflar
qayd qilingan.
Yozuvning
ommaviylashuvi
uchun
uni,
albatta,
osonlashtirish,
soddalashtirish, qulaylashtirish zarur edi. Masalan, “ko’z yoshi” so’zini yozib
ko’rsatish uchun “ko’z” va “suv”ning kombinatsiyasi ko’rsatilgan. Lekin
bunday soddalashtirish unumsiz edi.
Yozuv tarixining uchinchi bosqichga orfografiya yozuvlari kiradi. Bora-
bora logogrammalar so’z asosi (morfemalar)ni bildiradigan bo’ldi (masalan,
kelishik qo’shimchalari) va natijada morfemografiya yozuvlari keng tarqaldi.
To’rtinchi tur yozuvlar, bu sillabografiya (bo’g’in) yozuvlaridir. Bunda har
bir alomat bir bo’g’inni ifodalaydi. Bu yozuv turi milodgacha bo’lgan 2-1- ming
yilliklarda paydo bo’lgan. Bu yozuvni uch guruhga bo’ladilar: birinchi guruhga
mayya, mexiy va koreya yozuvlari kiradi. Bularda alomatlar har xil bo’g’inlar
- alohida unlilar, undosh va unli ovozlarni ifodalaydi. Ikkinchi guruhga krit(?),
kipr, habash va yapon yozuvlari mansubdir. Uchinchi guruhga hind yozuvlari
kiradi.
Yozuv taraqqiyotining beshinchi bosqichiga ovoz-fonemani bildiruvchi
yozuvlar kiradi. Bularni umumlashtirib fonografiya (fonos-ovoz, grafiya-
yozaman) deb nomladilar. Bu yozuvlarning har bir alomati bir ovoz yo
fonemani bildiradi (finik, yunon, lotin, rus va arab yozuvlari shular
jumlasidandir). Fonografiya yozuvlarini ikki qismga bo’ladilar:
a) konsonant yozuvlari;
b) vokal yozuvlari.
Kosonant yozuvlariga finik, ugarit, ibron, orom, arab va boshqa yozuvlar
mansub bo’lib, ularga har bir asosiy alomat (harf) faqat undosh ovozlarni
ifodalaydi. Vokal yozuvlarida har bir asosiy alomat (harf) ham unli va ham
undosh ovozni bildiradi.
Ta’kidlash joizki, harf-tovush yozuvi yo’nalishidagi ilk yozuv finikiy
yozuvidir. Finikiy alifbosining paydo bo’lishi insoniyat uchun yozuvni
takomillashtirish borasida olg’a qo’yilgan qadam bo’lgan. Shuning uchun ham
finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu
jarayon miloddan avvalgi 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma’lum
bo’lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to’rt qismidan ko’prog’i
finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush yozuvining muhim afzalligi uning
kam miqdordagi, ya’ni 20-30 atrofidagi belgilar bilangina ish ko’ra olishidir.
Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon,
asosan, o’zlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda
moslashtirish yo’li bilan paydo bo’lgan.
Hozirgi vaqtda jahon aholisining taxminan to’rtdan uch qismi harf-tovush
yozuvidan foydalanadi. Lotin asosida aholining 30%, slavyan-krill yozuvidan
10%, arab yozuvidan 10%, hind yozuvidan 20% aholi foydalanadi.
Markaziy Osiyodagi xalqlar, jumladan, o’zbek xalqi turli yozuvlardan
foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, urxun-yenisey (runik), turkiy
(uyg’ur), sug’d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir.
Afsuski, yozuv og’zaki til(nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Agar yozuv
shunday xususiyatga ega bo’lganda, imlo qoidalariga, talaffuz mezonlariga
mutlaqo ehtiyoj qolmagan bo’lardi.