YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI
Yuklangan vaqt
2025-01-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
28,7 KB
YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN
BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI
Kardiologiya (yunon kardiy - yurak, logos – ta’limot) yurak – qon tomir
tizimi kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi va klinik ko'rinishini o'rganadigan
ichki kasalliklar bo'limi bo’lib, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash
usullarini ishlab chiqadi.
Qon aylanish tizimining kasalliklari bilan bemorlar turli shikoyatlar bilan
murojaat qilishadi. Eng ko'p aniqlanadigan simptomlar ko'krak qafasi og'rig'i, yurak
tez urishi, nafas qisilishi, bog’ilish, shish, yurakda og’riq hissi va boshqalar.
Yurak – qon tomir tizimi kasalliklari bilan og'rigan bemorlarni kuzatish va
davolashni ikki yo'nalishda o'tkaziladi.
Umumiy chora-tadbirlar – boshqa turli organlar va tizimlar kasalliklari bilan
og'rigan bemorlarni kuzatish va parvarishlash ishlari: bemorning umumiy holatini
kuzatish, tana haroratini nazorat qilish, qon tomirlari va qon bosimini nazorat qilish,
harorat varag'ini to'ldirish, bemorning shaxsiy gigienasini ta'minlash va boshqalar
Maxsus tadbirlar - yurak – qon tomir tizimi kasalliklariga xos bo'lgan
simptomlari bo'lgan bemorlarga: yurak va ko'krak og'rig'i, o'tkir va surunkali yurak
yetishmovchiligi, shish, yurak ritmining buzilishi va boshqalarga yo’naltirilgan
kuzatuv va parvarish chora tadbirlaridir.
YURAK VA QON AYLANISHI
Organizmning faoliyati har bir hujayraga ozuqa moddalari, kislorod, suv
yetkazib berish va hujayra ajratib chiqarayotgan mahsulotlarni chiqarib tashlash
sharoitiga bog’liq. Tomirlar tizimi va qon harakatini ta’minlovchi markaziy a’zo —
yurak, ushbu masalani hal qiladi.
Yurak va qon tomirlari. Yurak muskullarining va tomir devorlarining
qisqarishi natijasida qon harakat qiladigan tutashtiruvchi tizimni tashkil qiladi.
Arteriyalar — qonni yurakdan eltuvchi tomirlar. Arteriyalar bo’ylab qon
bosim bilan o’tishi natijasida mayda arteriyalar va venalar butunligi buzilgan
hollarda qon tomirlarni o’rab turuvchi to’qimalarga oqib, ushbu joyda qon aylanishi
izdan chiqadi.
Venalar Qonni yurakka eltadi. Vena qon tomiri devorlarida muskul tolalari
kamroq rivojlangan. Ko’pgina yirik va o’rta venalarning devorlari ichki tomonida
klapanlari bo’lib, ular qonni oldinga yo’naltiradi, orqaga harakat qilishga yo’l
qo’ymaydi.
Kapillyarlar arteriyalar bilan venalarni tutashtiruvchi tomirlar bo’lib, yopiq
tizim hosil qiladi va to’qimalar,qon va atrof-muhit bilan moddalar va gazlar
almashinuvini ta’minlaydi. Kapillyarlar, mayda arteriya va venalar butunligi
buzilgan hollarda qon to’qimalarga oqadi.
Yurak katta qon tomirlari bilan bog’langan, to’rt kamerali muskulli nasos
sifatida ifodalanadi. Yurak ko’krak qafasida joylashgan bo’lib, uning katta qismi
o’rta chiziqdan chap tomonda joylashgan. Yurak devori bir necha qavatdan iborat.
O’ta qavat —miokard — avtomatik ravishda, bir maromda, bir vaqtda qisqaruvchi
o’ziga xos muskul hujayralaridan tashkil topgan. Yurak muskulida oziqlanish va gaz
almashinuvining buzilishi yurak qisqarishi samaradorligiga ta’sir qiladi va
organizmda qon aylanishini buzadi.
Yurak va qon tomirlari qon aylanish doirasini tashkil qiladi.
Kichik doira tomirlari qon va havo orasidagi gaz almashinuvini ta’minlaydi,
bunda o’pka va uning tomirlari muhim o’rin tutadi.
Katta doira tomirlari kislorodga to’yingan qonni butun organizm bo’ylab
taqsimlab, karbonat angidrid gazi va modda almashinuv mahsulotlari bilan boyigan
qonni yurakka yig’ishni ta’minlaydi. Yurak bir maromda kameralarning ishiga
qarab, qon kerakli yo’nalishda oqadi.
Gaz almashinuvida gemoglobin muhim o’rin egallaydi. U qon hujayralari
eritrotsitlarda bo’ladi. Kislorod va karbonat angidrid gemoglobin bilan birlashgan
holda o’tkaziladi.
Organizm me’yorda ishlab turishi uchun barcha a’zo va tizimlar qon bilan
ta’minlab turilishi zarur, bu esa yurakmuskuli ishlashi va tomirlar bo’ylab qon
qanchalik oson harakatlanayotganiga bog’liq.
Qon tomirlari qon uchun ochiq bo’lib, yog’ to’planishi yoki qotib qolgan qon
bilan yopilib qolmagan bo’lsa, to’qimalarning qon bilan ta’minlanishi uzluksiz
amalga oshiriladi. Qon aylanish sistemasidagi bosim belgilangan darajadan
oshmasligi ham muhimdir. Yurakning arterial bosim (gipertenziya) qon tomirlarini
shikastlashi mumkin.
Kislorod alveolalardan kapillyarlarga kelib, bu yerda eritrotsitlar gemoglobini
bilan birlashadi. Tananing hujayralaridan chiqib, karbonat angidrid gazi qonga
tushadi. So’ngra u o’pka alveolalariga tushib, nafas chiqarish vaqtida chiqadi.
Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash
Yurak ishlashi va tomirlar holatining ob’ektiv ko’rsatkichlari — puls va
arterial bosimdir. Arterial puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon
harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik
holatini belgilash uchun pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur.
Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng
chegaralarda o’zgarib turishi va uning tezligi yoshga, jinsga, tana va tashqi haroratga,
shuningdek jismoniy harakatga bog’liq. Ayollar pulsi erkaklarnikiga nisbatan tezdir.
Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi. Tomir sistemasi
kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib qoladi.
Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki
ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri — aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda
pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi
— nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni ushlab turish aritmiyaning bu turini
bartaraf qiladi.
Puls tarangligi puls to’lqinining tarqalishini to’xtatish uchun zarur kuch bilan
belgilanadi. Puls tarangligining darajasi bo’yicha maksimal arterial bosimning katta-
kichikligi to’g’risida taxminiy xulosa chiqarish mumkin, u qanchalik yuqori bo’lsa,
puls shu qadar tarang bo’ladi.
Puls to’liqligi puls to’lqinini hosil qiladigan qon miqdori bilan belgilanadi va
yurakning hajmiga bog’liq bo’ladi. To’liqligi yaxshi bo’lganda panja ostida yuqori
puls to’lqini seziladi, yomon bo’lganda — puls kuchsiz, puls to’lqinlari kichik, arang
bilinadi. Bu yurak muskuli zaiflashganidan darak beradi. Ipsimon deyiladigan, arang
bilinadigan puls, ayniqsa, yomon alomat hisoblanadi. Bunday hollarda tezkor
yordam ko’rsatib, shifokorga murojaat qilish zarur.
Puls
ritmi
Ritmli
Noritmik
Arteriya
devorlarining
tebranishlari
o’rtasidagi Vaqt oralig’idagi davomiylilik
Puls
tezligi
Tezlashish
Sekinlashish
Normada sog’lom odamda puls tezligi
minutiga 60 dan 80 gacha o’zgaradi
Puls
tarangligi
Kuchli
(tarang)
Yumshoq
Ipsimon
Arteriyanibosishuchunzarurkuchgamuvofiq
Yurakqisqarishivaqtidaarterialbosimigabog’liq
Muolaja. Arterial pulsni tekshirish
Maksad: yurak ishlashi, arteriya tomirlari urishini aniqlash.
Tayyorlash:
bemorga
muolajaning
mohiyatini
tushuntiring,
puls
aniqlanadigan joyni toping.
Jihozlar: soat (sekundomer), qog’oz, qalam.
Bemorning holati: qulay holatda yotib yoki o’tirib.
Bajarilishi:
Bilak arteriyasida pulsni aniqlash.
1. Bemorning bo’sh qo’yilgan qo’lining bilak arteriyasi sohasiga (yelkaning
tashqi tomoni, bilak bo’g’imi chegarasi, bemorning I barmog’iga mos kelgan cheti)
o’zingizning II, III, IV barmoqlaringizni qo’ying; barmoq ostida yumshoq
pulsatsiyani sezasiz.
2. Pulsning ritmini belgilang; agar puls ritmi bir maromda bo’lsa, aniq vaqt
(30 s — 1 min.) ichida puls qisqarishi miqdorini aniqlang; agar puls bir maromda
bo’lmasa, puls to’lqinlarining miqdorini bir minutda aniqlang.
3. Pulsning tarangligini tekshiring (ikkala qo’lning, ayniqsa keksa yoshdagi
odamlar va homilador ayollarda pulsni aniqlash vaqtida barmoqlarning kuch bilan
bosilishini taqqoslang).
4. Natijani yozib, zarur hollarda natijasi haqida bemorga, uning
qarindoshlariga, shifokorga xabar bering.
Arterial bosim
Arterial bosim bu tomirlar devoriga tushadigan qon bosimi bo’lib, arterial
bosim yurakdan otilib chiqadigan qon miqdoriga, qon oqimiga, umumiy periferik
tomirlarning nechog’lik qarshilik ko’rsatishiga, tomirlar devorining elastikligiga
bog’liq. Sistolik (maksimal), diastolik (minimal) va puls arterial bosimi farq
qilinadi.
Sistolik bosim — arterial sistemada chap qorincha sistolasidan keyin paydo
bo’ladigan puls to’lqini maksimal ko’tariladigan vaqtdagi bosim.
Diastolik bosim esa yurak diastolasi oxirida, puls to’lqini tushgan vaqtda
yuzaga keladi.
Sistolik va diastolik bosim o’rtasidagi farq puls bosimi deyiladi.
Arterial bosimni aniqlaydigan asboblardan simobli tonometr — Riva-Rochchi
apparata eng keng tarqalgan. Shuningdek, prujinali va elektron tonometrlardan ham
foydalaniladi.
Arterial bosimni tovushli aniqlash usuli arteriya manjetka bilan qisilganda
tovushli fenomenlarni qayd qilishga asoslangan.
Arterial bosim ma’lum soatlarda, yaxshisi ertalab, tushki ovqatgacha,
muayyan tana vaziyatida, imkon boricha bir xil havo haroratida o’lchanadi.
Muolaja. Arterial bosimni o’lchash
Maqsad: Yurak-tomir tizimining funksional xususiyatlarini aniqlash.
Tayyorgarlik: bemorga muolajaning mohiyatini tushuntiring, avval ham
shunga o’xshash muolajalar o’tkazilganmi, natijalari qanday bo’lganini aniqlang,
bemorga o’zini qanday tutish kerakligini tushuntiring.
Jihozlar: tonometr, fonendoskop, qog’oz, qalam.
Bemorning holati: tinch va bo’sh qo’ygan holatda yotib yoki o’tirib,
bemorning kafti yuqori tomonga qaratilgan holatda.
Bajarish:
Arterial bosim odatda 1—2 marta 2—4 minut oralig’i bilan o’lchanadi.
1. Bemorning yalang’ochlangan qo’liga tirsak bo’g’imidan 2—3 sm yuqoriga
manjetkani siqmasdan o’raladi; yumshoq to’qimalarni siqmasdan manjetka yelkaga
(ilgak, yopishqoq lenta bilan) mahkamlanadi.
2. Bemor qo’lining holatini to’g’ri aniqlang.
3. Manometrni manjetka bilan birlashtirib, strelkaning holatini (simob ustuni)
shkalaning nolinchi belgisi bo’yicha tekshiring.
4. Tirsak bo’g’imidan yelka arteriyasini topib, u yerga fonendoskop qo’yiladi
(fonendoskop boshchasini o’rtacha bosish zarur, aks holda ma’lumotlar noto’g’ri
ko’rsatiladi).
5. Nokchadagi ventilni yoping va manjetka bemorning manometr
ko’rsatkichlaridan normadan ortiq (20—25 mm simob ustuni) bo’lguncha havo
to’ldiring.
6. Ventilni ochib, manjetkadagi havo asta-sekin tushiriladi, ustun tushishi yoki
ko’rsatkich harakatining tezligini kuzatib turing — ko’rsatkichlar sekundiga simob
ustunining 2 mm tezligida o’zgarishi mumkin; bir vaqtning o’zida arteriyadagi
tonlarni eshitib, manometr ko’rsatkichlarini kuzating.
7. Dastlabki tovushlar (tonlar) eshitilishi bilan (arterial bosimning yurak
qisqarish vaqtidagi kattaligi) va tonlar yutilishi bilan (yurak bo’shashgan vaqtdagi
arterial bosim) manometr ko’rsatkichlarini belgilang; manjetkadagi havoni butkul
chiqarib tashlang.
8.Ma’lumotlar bayonnomaga (kuzatish kundaligiga) quyidagicha yozib
qo’yiladi: sistolik bosim, diastolik bosim.
9. Muolajani qaytarib, olingan ma’lumotlarni taqqoslang.
Arterial bosim ikkala qo’lda o’lchanadi, olingan raqamlar solishtiriladi.
Arterial bosimni bemorning o’zi ham o’lchay oladi, bosim o’lchash
qoidalarini unga o’rgating.
Mumkin bo’lgan asoratlar: arteriya uzoq, vaqt bosilishi natijasida qo’lda
og’riqlar paydo bo’lishi mumkin.
Arterial bosim
Ko’rsatkichlar
Sog’lom katta odam
Simob ustunidan 140/90 mm oshmagan
Chegaraviy holat
Simob ustunining 140/90 —100/95 mm
Gipertenziya
Simob ustunidan 160/95 mm oshgan
Keksa odam (yoshi 60
dan oshgan va undan katta)
Puls bosimi oshish tomoniga o’zgarish (sistolik
160 mm dan oshgan, diastolik 90 mm dan oshmagan)
Kasallik belgilari
Qon aylanishi buzilishining belgilari qaysi soha yoki a’zolar shikastlanganiga
bog’liq. Yurak kasalliklari turli xil belgilar bilan kechishi mumkin: miyadagi qon
aylanishining yomonlashuvi natijasida hushdan ketish, bosh aylanish yoki aql
xiralashishi;
oyoq-qo’llarda qon aylanish buzilganda shishlar bilan kechadi. Tug’ma yurak
kasalliklari, odatda, tug’ilish vaqtida aniqlanadi. Yosh bolalarda yurak faoliyati
buzilganda, ularda nafas qisish, ishtahaning yo’qolishi va jismoniy rivojlanishda
ortda qolish kuzatiladi. Tug’ilish vaqtida aniqlangan tug’ma yurak poroklari
jismoniy kamchiliklarning deyarli yarmini tashkil qiladi. Yurak-tomir sistemasi
kasalliklari har xil sabablarga ko’ra yurakning turli xil bo’linmalari ishlashining
qiyinlashuvi bilan kechib, oqibatda yurak yetishmovchiligiga olib keladi. Yurak-
tomir sistemasi kasalliklarining muhim belgilari — yurakning tez-tez urishi, notekis
urishi, yurak sohasida og’riq, shishlar bo’lishi.
Simptom. Yurak o’ynashi
Yurak qisqarishlari tezligining oshishi (taxikardiya) bemor tomonidan «yurak
urish» deb qabul qilinadi va ko’pincha rivojlanayotgan yurak patologiyasining
birinchi belgisidir. Ba’zi vaqtlarda yurak o’ynashi asab regulyatsiyasi turg’un
bo’lmagan sog’lom odamlarda paydo bo’ladi; bunday hollarda valeriana ildizi,
ratsional jismoniy mashqlar samara beradi.
Yurak o’ynashi bemorga noqulaylik keltirsa, unga birinchi yordam ko’rsatish
zarur.
Yurak o’ynashida birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring.
2. Bemorni qulay holatda yotqizib qo’ying.
3. Toza havo olishini ta’minlang.
4. Bemorning qisib turadigan kiyimlarini yechib tashlang.
5. Pulsning chastotasi va xarakteristikasini aniqlang.
6. Yurak o’ynashi avvallari ham ro’y bergan bo’lsa, bemordan o’ziga qanday
yordam berilganini, qaysi dorivor preparatlarni qanday dozada qabul qilganini,
yurak o’ynashi o’zi o’tib ketganmi, shularni aniqlang.
Yurak o’ynashi takrorlangan hollarda shifokorning maslahati zarur.
Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar
Yurak sohasidagi og’riq yurak tomirining uzoq, vaqt siqilishi yoki qisqarishi
oqibatida yurak muskulining qon bilan ta’minlanishi yetarli darajada bo’lmasligi
natijasida namoyon bo’lishi mumkin. Bunday holat stenokardiya xurujida ro’y
beradi.
Bunday holda og’riq to’sh orqasiga yoki uning chap tomoniga tarqalib, chap
qo’l yoki kurakda bilinadi, og’riq siquvchi-ezuvchi bo’lib, o’lim qo’rquvi,
quvvatsizlik, tananing titrashi, qattiq terlash bilan davom etadi. Og’riq xuruji bir
necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak sohasida og’riq
xuruji bo’lgan bemor shoshilinch yordam, sinchkov nazorat va parvarishga muhtoj
bo’ladi.
Yurak sohasidagi og’riqlarda birinchi yordam
1. Bemorga qulay holatni yarating, toza havo kirishini ta’minlang, siqib
turuvchi kiyimlarni yeching; pulsni aniqlang, arterial bosimni o’lchang.
2. Bemorning tili tagiga validol tabletkasini bering.
3. Agar validol samarasi kam bo’lib, xuruj davom etsa, bemor tilining tagiga
nitroglitserin tabletkasini bering; ba’zida nitroglitserin bosh og’rig’ini ko’zg’atishi
mumkinligi va bundan qo’rqmaslik haqida bemorni ogohlantiring.
4. Shifokorni chaqirtiring.
5. Yurak sohasiga xantal, oyoq va qo’llariga grelka qo’ying.
6. Xuruj davom etsa va nitroglitserin qayta qabul qilinganda samarasi
bo’lmasa, 5—10 daqiqadan so’ng shifokorning shoshilinch yordami va zudlik bilan
kasalxonaga yotqizish zarur, aks xolda qon aylanishi qattiq buzilishi natijasida yurak
muskuli o’zgarishi mumkin (miokard infarkda).
7. Bemorga qat’iy yotish rejimini ta’minlang.
8. Nafas olish, puls chastotasi va arterial bosim chastotasining nazorat
qilinishini ta’minlang, tana haroratini albattda o’lchang (og’riq xurujidan keyin
harorat ko’tarilishi yurak muskulida infarkt rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi
mumkin); imkoniyat bo’lgan holda bemorga kislorod bering.
Ko’krakdagi og’riq nafas olish buzilganda paydo bo’lishi mumkin (o’pka yoki
o’pka pardasi yallig’lanishi, surunkali kasal asoratlari)
Simptom. Nafas qisishi
Yurak-tomir sistemasi funksiyasi buzilganda nafas qisishi- karbonat angidrid
gazi ortib ketganidan nafas olish markazining qo’zgalishi bilan boglik. Karbonat
angidridning ortib ketishi qon aylanishining kichik doirasida venoz to’laqonlik
oqibatida kelib chiqadi. Jismoniy zo’riqish vaqtida yurak o’ynashi bilan bir qatorda
nafas qisishning paydo bo’lishi yurak yetishmovchiligi boshlanayotganligining
dastlabki belgilaridan biri hisoblanadi. Qonda kislorod miqdorining kamayishi, qon
oqishining sekinlashishi va venoz to’laqonlik natijasida terining ko’kimtir rangi —
sianoz vujudga keladi. Yurak ishlashining buzilishi oqibatida kelib chiqqan nafas
qisishining kuchli xuruji yurak astmasi deb nomlanadi («Nafas olish» bo’limiga
qarang).
Simptom. Shishlar
Yurak-tomir sistemasi kasalliklarida shishlar yurakning yetarli darajada
ishlamayotganligi, qon aylanishi katta doirasining venalari to’lib ketishi, qonning
suyuq qismi tomirlardan atrofdagi to’qimalarga chiqishi oqibatida paydo bo’ladi.
Bemorlarda jigar kattalashadi, teri osti kletchatkasining shishlari, bo’shliq istisqosi
(qorin, plevra bo’shlig’i) paydo bo’ladi. Shishlarning rivojlanishiga suyuqlik
to’planib qolishi sabab bo’ladi, bu ajralayotgan siydik miqdorning kamayishi va
vaznning og’irlashib ketishida namoyon bo’ladi.
Shishlarni vaqtida parvarish qilish tamoyillari
1. Qat’iy bo’lmagan yotish rejimini va ruhiy osoyishtalikni ta’minlang.
2. Shishlar paydo bo’lganda terining himoya xususiyatlari keskin pasayadi va
infeksiya kirishiga imkoniyat yaratadigan yoriqlar paydo bo’ladi; bemor choyshabi
tekis to’g’rilangan qulay o’ringa muhtoj buladi (teri bichilishi va yotoq yaralar paydo
bo’lishi mumkin).
3. Suyuqlik ichish rejimiga rioya qilinishini kuzating, ajratilgan siydik
miqdorini har kuni o’lchab turing, ma’lumotlarni maxsus kundalikka yozib boring.
4.
Ratsional
davolovchi
ovqatlanishni
ta’minlang,
og’ir
bemorlar
ovqatlanishda yordamga muhtoj bo’ladilar.
5. Bemorning qarindoshlariga yordam ko’rsatish usullarini o’rgating.
6. Gigienik vanna yoki dush faqat shifokorning ruxsati bilan amalga oshiriladi;
yuragi kasal bemorlarga ushbu muolajalar man qilinganda, ularning terisi namlangan
doka yoki paxta bilan, so’ngra quruq qilib artiladi.
Qorin bo’shlig’idagi turib qolish hollari ishtaha buzilishi, ko’ngil aynishi,
qusish, qorinning tepa qismida shishib ketish tuyg’usi, qabziyatga olib keladi;
ichaklarni o’z vaqtida bo’shatish bemorning ahvolini yaxshilaydi.
KENG TARQALGAN YURAK KASALLIKLARI
Revmatizm — organizmning biriktiruvchi to’qimasini zararlaydigan va yurak
poroklari rivojlanishiga olib keladigan yuqumli allergik kasallik. Bodomsimon bez,
kariesli tishlardagi surunkali infeksiyalar katta ro’l o’ynaydi. Kasallik bo’g’imlarni
qamrab oladi (bo’g’imlar yuzasidagi terining qizarishi, shishlar, harakatlar
cheklangan va og’riqli), isitma, et uvushish, yurak o’ynashi bilan kechadi. Ushbu
belgilar bilan bir vaqtda klapan porogi shakllanishi bilan yurakning shikastlanishi
rivojlanadi.
Bemor parvarishi yurak shikastlanishi og’irligi va yurak yetishmovchiligi
darajasiga bog’liq.
Miokard infarkti — yurak arteriyalaridan birining teshigi keskin torayishi
yoki yopilishi natijasida yurak muskulining kuchli shikastlanishi. Infarktdan oldin
yurak shikastlanish belgilari – og’riq, nafas qisish, yurak o’ynashi kuzatiladi; infarkt
to’liq, xotirjamlik muhitida ham rivojlanishi mumkin, ayniqsa yosh odamlarda.
Asosiy belgi — nitroglitserin qabul qilinganda ham og’rig’i qolmaydigan davomli
kuchli og’riq, xuruji (ba’zi vaqtlarda bir necha soatgacha). Miokard infarktiga
shubha qilinganda shifokorlarning shoshilinch yordami zarur. Bunday kasallarni
transportda olib ketish masalasini faqat shifokor hal qiladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligi
Surunkali yurak yetishmovchiligi yurakka uzoq muddat ortiq darajadagi
og’irlik tushishi natijasida rivojlanadi. Yurak yetishmovchiligi ko’pincha yurak ritmi
buzilishi bilan qo’shilgan holda namoyon bo’ladi. Jigarning kattalashuvi, shishlar
rivojlanishi, nafas qisishi, bo’shliqlar istisqosiga olib keluvchi venoz to’xtab qolish
— surunkali yetishmovchilikning oqibatida paydo bo’ladi.
Surunkali yurak yetishmovchiligida parvarish qilish tamoyillari
1. Yurak yetishmovchiligi yaqqol namoyon bo’lgan davrda bemor yotish
rejimiga muxtoj bo’ladi, bemorning orqasiga yostiq, yoki yostiq tagligi qo’ying.
2. Teri rangi, shishlar, nafas qisishi, puls, arterial bosimni har kuni nazorat
qilib boring.
3. Suyuqlik qabul qilish va ovqatlanish rejimini tekshirib turing (suyuqlik, osh
tuzi cheklanishi, kalsiyga boy bo’lgan sutli parhez tayinlanishi).
Mazkur kasallikda yurak qisqarishi va puls to’lqinlari sonini hisoblab turish
zarur. Yurak qisqarishi va bilak arteriyasidagi puls to’lqinlari soni orasida farq
o’zgarsa shifokorning shoshilinch maslahati zarur.
ARTERIAL BOSIM O’ZGARISHI BILAN BOG’LIK KASALLIKLAR
Simptom. Arterial bosimning oshib ketishi
Gipertoniya - oshib ketgan arterial bosim kasalligi. U tomir tonusi asab
regulyatsiyasining buzilishi oqibatida mayda arteriyalarning uzoq vaqt qisilib qolishi
natijasidir. Odatda, bu kasallik yaxshilanish va yomonlashish davrlari bilan uzoq
yillar davom etadi. Gipertoniya kasalligining uzoq vaqt kechishi yurak, buyrak va
bosh miya funksiyalarining buzilishiga olib keladi.
Arterial bosimi oshgan bemorni parvarish qilish bo’yicha tavsiyalar
1. Shifokor buyurgan rejim ta’minlanadi.
2. Arterial bosim darajasi doimiy ravishda nazorat qilinadi.
3. Ratsional ovqatlanish va suyuqlik ichish ta’minlanadi.
4. Shifokor tomonidan tayinlangan dori vositalari qabul qilinishi nazorat
qilinadi.
5. Arterial bosim keskin ko’tarilganda (gipertonik kriz) shoshilinch yordam
ko’rsatilib, tezkor shifokor maslahati ta’minlanadi.
Gipertonik kriz — arterial bosimning bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko’ngil
aynish, qusishning kuchayishi bilan keskin oshib ketish xuruji; krizis gipertoniya
kasalligi kechishini qiyinlashtirib, miyadagi qon aylanishining vaqtinchalik
buzilishlari, ko’rish qobiliyatining pasayishi, harakatlarning qisqa muddatli
buzilishlari, qisqa muddatli nutq buzilishi bilan kechishi mumkin. Og’ir hollarda
kasallik yurak yetishmovchiligi (yurak astmasi), yurak muskulining qisqarish
xususiyati buzilishi, miokard infarktiga olib keladi.
Gipertonik krizda birinchi yordam
1. Bemorni tinchlantiring, uning uchun qulay holat yarating toza havo
kelishini ta’minlang.
2. Yurak sohasida og’riq bo’lganda bemor tilining ostiga validol yoki
nitroglitserin bering.
3. Ensa qismiga xantal, oyoqlarni issiq vanna qilish yaxshi samara beradi.
4. Bemor shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori qabul qilishi kerak.
5. Arterial bosimni doimiy ravishda nazorat qiling (bemor ushbu muolajani
o’zi bajarishi mumkin), shifokor maslahatini ta’minlang.
Arterial bosimi oshgan bemorlarga yordam berishda quyidagilarni
e’tiborga olish zarur:
1. Ruhiy tinchlik, chuqur va davomli uyquni ta’minlash muhim ahamiyatga
ega.
2. Bemorning ratsionida osh tuzi cheklanadi; dudlama, achchiq taomlar, kuchli
bulyonlar man qilinadi; semirib ketishning oldini olish uchun ovqatning energetik
qiymatini kamaytirish zarur.
3. Asab tizimi va tomir tonusi regulyatsiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi sababli
spirtli ichimliklar ichish va tamaki chekish qat’iyan man qilinadi.
4. Davolovchi terapiya tayinlanganda bemor qabul qilish qoidalari,
organizmning mumkin bo’lgan reaksiyalari (arterial bosim normadan pastga
tushishi, siydik haydovchi dorilar ta’siri va boshqalar) haqida to’liq ma’lumotlarga
ega bo’lish kerak.
5. Arterial bosimning ishchi raqamlarida bemorlar odatdagi ishlarini
bajarishlari mumkin; bo’sh vaqtning bir qismini toza havoda o’tkazishlari zarur;
uzoq bo’lmagan piyoda sayr qilish foydali.
Simptom. Arterial bosimning pasayishi
Kollaps — arterial bosimning keskin pasayishi va periferik qon aylanish
buzilishi bilan kuchli tomir yetishmovchiligi. Kelib chiqish sabablari: ko’p
miqdorda qon yo’qotish, shikastlanish, miokard infarkti, zaxarlanish, o’tkir
infeksiyalar va yurak ritmining buzilishi. Kollaps bemorning o’limiga sabab bo’lishi
mumkin.
Bemorning tashqi ko’rinishi: yuz bichimlari uchli, terining rangi och-kulrang,
mayda ter tomchilari, oyoq-qo’llar sovuq, ko’kimtir rangda. Bemor lanj, sust; nafas
olishi tezlashgan, yuzaki; puls tez-tez urib turadi; arterial bosim tushib ketadi.
Arterial bosim pasayganda birinchi yordam
1. Zudlik bilan shifokorni chaqirtiring.
2. Toza xavo kirishini ta’minlang.
3. Bemorni gorizontal holatda yotqizing (boshi ostidan yostiqlarni olib
tashlang).
4. Oyoq-qo’llariga grelka qo’ying, bemorning ustini yopib qo’ying.
Sababini aniqlab, uni bartaraf qiling.
Nazorat savollari:
1. Yurak-qon tomir kasalliklarining asosiy shikoyatlari
2. Pulsini aniqlash texnikasi.
3. Arterial bosim aniqlash texnikasi
4. Suv balansini kuzatish
5. Arterial gipertenziya haqida tushunchava arterial gipertenziyada birinchiy
ordam
6. Otkir tomir yetishmovchiligi haqida tushuncha (obmoroq, kollaps, shok) va
otkir tomir yetishmovchiligida birinchi yordam
7. Otkir va surunkali yurak yetishmovchiligi haqida tushuncha va otkir va
surunkali yurak yetishmovchiligida bemorlarni parvarish qilish.
8. Otkir koronar yetishmovchiligi haqida tushuncha va otkir koronar
yetishmovchiligida bemorlarni parvarish qilish (stenokardiya, infarkt,
miokard)
9. Bogilishda, yurak astmasida birinchi yordam.
10.
Yurak toxtashida birinchi yordam