Yurak va qon tomirlarga ta’sir qiluvchi moddalar
Reja:
1. Yurak glikozidlari.
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak qon tomir tizimiga va qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
3. Qon ivishini sekinlashtiruvchilar, qon ivishini tezlashtiruvchi moddalar
4. Belvosita qon ivishiga to‘g‘ridan – to‘g‘ri ta’sirga ega bo‘lmagan moddalar
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
► To‘g‘ridan-to‘g‘ri Yurak qon tomir sistemasiga va qonga ta’sir
ko‘rsatuvchi moddalarga umumiy xarakteristika berish.
► Yurak glikozidlari ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, qo‘llanilishi va
saqlash qoidalari to‘g‘risida.
► Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarning umumiy xarakteristikasi, ta’sir
mexanizmi, qo‘llanilishi va saqlash qoidalari.
► Qon uyushishini tezlashtiruvchi va susaytiruvchi moddalarga ta’rif berish,
ularning olinishi, ishlatilishi, dozalari va saqlash qoidalari to‘g‘risida.
► Leykopoezni stimullovchi moddalarga umumiy ta’riflash, ularning ta’sir
mexanizmi, qo‘llanilishi va saqlash qoidalari haqida.
► Qon o‘rnini to‘ldiruvchi dori vositalariga umumiy ta’rif berish, ularning
vakillari, qo‘llanilishi, dozalari va saqlash qoidalari haqida.
► Siydik haydovchi moddalar umumiy xarakteristikasi, vakillari,
qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi va saqlash qoidalari haqida.
Tug‘ridan- tug‘ri Yurak va qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Bu moddalar quyidagicha bo‘linadi;
1.
Yurak faoliyati o‘zgarganda qo‘llanadigan moddalar
2.
Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Yurak glikozidlari
Glikozidlar Yurak –qon tomir etishmovchiligini davolashda eng asosiy va keng
qo‘llaniladigan moddalar hisoblanadi. Yurak glikozidlari o‘simliklardan olinadigan,
Yurakka tanlab ta’sir ko‘rsatadigan murakkab organik moddalar.
Kimyoviy tizimi jihatdan Yurak glikozidlari bir- biriga yaqin ikki qismdan
qandsiz – aglikon va qandli – glikondan iborat.
Aglikon glikozidlarni asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi qismi hisoblanadi. Umuman,
Yurak glikozidlarga organizmda hosil bo‘ladigan steroid gormonlar, xolesterin,
kislatalarga o‘xshab ketadi.
Yurak glikozidlari qitiqlovchi ta’sir hususiyatga ega. Yurakga ta’siri spetsifik
va o‘ziga hosdir. Yurak etishmovchiligidan glikozidlar Yurakni qisqarish kuchini,
minutli hajmini oshiradi, qisqarish kuchli, tez bo‘ladi. Yurak muskullari
quzg‘aluvchanligi va impulslar o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi, aritmiya yo‘qoladi, qon
aylanish tiklanadi.
Organizmda venalarda qon turib qolishi yo‘qoladi, to‘plangan suyuqliklar
so‘riladi shishlar yo‘qoladi. Qon bosimi deyarli o‘zgarmaydi, organlarni kislorod
bilan
ta’minlash
kuchayadi.
Yurak
glikozidlari
moddalar
faoliyatini
takomillashtiradi. Glikozidlar siydik ajralishini ko‘chaytiradi, suyuqliklarni
organizmdan chiqishini oshiradi.
Yurak glikozidlari saqlovchi o‘simliklar: angishvonagul, adonis o‘ti,
marvaridgul, strofantin, oleandr, kendir, landish o‘ti, goritsvet o‘ti.
Angishvonagul barglari – Folium Digitalis- Bu ikki yillik o‘tsimon o‘simlik.
O‘simlik barglarida glikozidlar, saponinlar, kaliy tuzlari va ballastik moddalar
saqlaydi. Lekin asosiy ta’sir etuvchi moddalari -bu glikozidlar
Glikozidlar ichaklar orqali so‘rilgach, Yurak –tomir sistemasiga, markaziy nerv
sistemasining ayrim qismlariga va qisman ichaklarga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Glikozidlar ta’sirida Yurak muskullarini qisqaruvchanlik hususiyati oshadi,
bo‘lmachalar va qorinchalar qon bilan tez to‘ladi va qondan to‘liq ozod bo‘ladi,
Yurak muskullarida modda almanishuvi tezlashadi.
Glikozidlar qon tomirlariga ham ta’sir ko‘rsatadi, ichki organ qon –tomirlar
qisqarib, miya, bo‘yrak va teri tomirlari kengayadi.
Angishvonagul kuchli diuretik modda hisoblanadi, modda almashinuvini
yahshilaydi.
Doza: qoramol 5-8,0 ot 3-5,0 qo‘y 0,5-2 cho‘chqa 0,5-0,2 it 0,06-0,01
Hayvonlar poroshok, bolyus yoki damlama shaklida Yurak faoliyatini barcha
buzilishlarida qo‘llaniladi.
Huddi shunday ta’sirga ega: adinis o‘ti, landish, strafantin, adonizid va h.k
Spazmalitik moddalar
Bu moddalar hamma organlarda silliq, muskullarni bo‘shashtiradi, ayniqsa
tomirlar, ichaklar va bachadonda kuproq
Eng aktiv spazmalitik moddalarga: amilnitrat, natriy nitrit, nitroglitserin va
spazmalitin kiradi.
Bu moddalar tomirlar harakatlantiruvchi markazlar tonusini kamaytirib,
tomirlarni kengaytiradi.
Amilnitrat, natriy nitrit va nitroglitserin qon tomirlar spazmida, bronx va
ichaklar silliq muskullari spazmida hamda sianidlar bilan zaharlanganda, spazmalitin
esa ichak sanchiqlarida qo‘llaniladi.
Qonga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar
Ma’lumki, organizmda kuchli qon ivish sistemasi borligi uchun qon iviydi va
jarohatlangan joyda tromb hosil qilib, qon to‘xtaydi. Lekin organizmda qon ivishiga
qarshi sistema borligi uchun tomirlarda qon ivimay suyuq holatda bo‘ladi.
Ba’zi kasalliklarda qon ivishi pasayib ketadi yoki qon ivishi kuchayib ketadi.
Bunday holatlarda qon ivishi kuchaytirish uchun –koagulyantlar, qon ivishini
kamaytirish uchun – antikoagulyantlar qo‘llaniladi.
Koagulyantlar. Qon ivishini pasayshi vitamin K etishmovchiligi, tromotsitlar
kamayishi, trombin, fibrinogin sintezini buzilishida kuzatiladi. Bunda qonni
to‘htatish uchun vitamin S, K, yod, rutin moddalar qo‘llaniladi.
Koagulyant sifatida – trombin qo‘llaniladi bu modda qon fermenti tabletka yoki
ampulada chiqariladi, qo‘llanilganda qon oqishini tez to‘htatadi. Fiziologik eritma
bilan qo‘llaniladi.
Antikoagulyantlar. Ba’zi patologik holatlarda:
Tomirlar shikastlanishi, tomirlarda qon oqishi pasayishi, qonda ba’zi oqsil
fraksiyasini ko‘payishi qon ivishini ko‘chaytiradi va tomirlarda tromb hosil qiladi.
Antikoagulyantlar fibrin hosil bo‘lishiga qarshilik kursatadi.
1.Geparin – eng tez ta’sir qiladigan vosita, qoramol o‘pkasidan olinadi.
Poroshok yoki eritma shaklida bo‘ladi. Hayvonlarga teri ostiga yo muskulga
qo‘llaniladi.
Doza: 100-130 TB 1kg og‘irlikga
2.Natriy sitrat oq kristal poroshok suvda eriydi qonga qo‘shilganda trombin
hosil bo‘lishini buzadi va qon uzoq muddat ivimaydi qonni tekshirishlarda ko‘proq
qo‘llaniladi.
Qon o‘rinbosarlari
Agar hayvon ko‘p qon yo‘qotsa o‘limga olib keladi, sababi qon bosimi pasayadi,
osmatik bosim yo‘qoladi va Yurak oziqlanishi buziladi. Bunday paytlarda tez
yordam uchun qon yoki qon o‘rinbosarlari qo‘llaniladi.
Qon o‘rinbosarlari tarkibida oqsil, qand va tuz saqlaydigan moddalar bo‘ladi va
ular organizmda qon tez tiklash uchun sharoit tug‘diradi.
Preparatlar Gidrolizin, glyukoza, poliglyukin, naturoza fiziologik eritma,
sharabin eritmasi, ringerrok eritmasi
1. Gidrolizin. Qoramollar qoni oqsillaridan olinadi, tarkibida barcha
aminakislotalar saqlaydi. Gidrolizin organizmni himoya funksiyasini aktivlashtiradi,
zaharlarga
qarshi
ta’sir
etadi
va
oqsil
etishmovchiligida,
kaxixsiyada,
kuchsizlanishlarda qo‘llaniladi.
2. Glyukoza – oq poroshok, suvda eriydi.
Ta’siri. Glyukoza energiya manbai sifatida hamma organlar faoliyatiga ta’sir
etadi, jumladan, Yurak faoliyatini yahshilaydi, oshqozon va ichaklarda fermentlar
aktivligini va ularni peristaltikasi aktivligini oshiradi, ichki sekretsiya bezlari
funksiyasini kuchaydiradi, muskullar qisqarishiga ta’sir qiladi.
Qo‘llanilishi.Glyukoza – eng yaxshi antitoksik vosita. Ayniqsa margumush,
morfin, strixnin bilan zaharlanganda va boshqa barcha zaharlanishlarda, markaziy
nerv sistemasi va vegetativ nerv sistemasi foaliyati charchaganda, Yurak
etishmovchiliklarida, jigar va bachadon tug‘riqdan kiengi falajda, opiratsiyalardan
kiyngi shokda, kasalliklarida
Doza venasiga: ot 30-120,0 qoramol 30-150,0 quy 6,0- 30,0 it 2,0-8,0
3. Tuz eritmalar : qon yo‘qotishlarda, intoksikatsiya, shok, qon bosimi
pasayganda qo‘llaniladi.
Bularga: fiziologik eritma, ringer va sharabrin eritmalari kiradi.
4. Poliglyukin-
sintetik
preparat,
glyukoza
va
fiziologik
eritmani
qo‘shilishidan tashkil topgan. Vena orqali yuborilsa osmatik qon bosimini ko‘taradi,
shishlar rivojlanishiga qarshilik qiladi.
U qon bosimi pasayganda, tuz bilan zaharlanishlarda va turli shok holatlarida.
Diuretik moddalar
Bu moddalar organizmdan siydik va u bilan barcha moddalar almashinuv
mahsulotlari, zaharlar, dorilarni chiqishiga yordam beradi. Siydik ajralish
ko‘chayishi organizmda suyuqliklarni kamayishi va shishlarni so‘rilishiga olib
keladi.
Diuretiklarni asosiy ta’sir mehanizmi – bu qayta so‘rilish – reabsorsiyani
kamayishi ya’ni suv va natriy ionlari buyrak kanalchalarida qayta so‘rilishni
kamaytiradi.
Diuretiklar organizmda ortiqcha suvlar, shishlar va to‘planishlar paydo bo‘lganda,
Yurak etishmovchiliklarida, buyrak va siydik chiqarish yo‘llari kasalliklarida,
zaharlanish va intoksikatsiyalarda qo‘llaniladi. Albatta kup miqdorda hayvonlarga
suv ichirish kerak.
Diuretiklarga kofein, Yurak glikozidlari, merkuzal, temisal, diakarb, teobromin,
teofillin, furosemid, laziks
1. Merkuzal- mercusalum. Ampulalarda ishlab chiqiladi, 4%simob saqlaydi.
Eng kuchli diuretik hisoblanadi. Ta’siri 6 soatdan keyin boshlanib, 2kun davom
etadi. Masalan: otlarda o‘rta dozalarda 1 kunda 50 l siydik haydaydi.
Doza muskul yoki venaga ot 3-10ml, it 0,5-3 qoramolda venaga 2ml 100kg
t.og‘irligiga
Qo‘llash: Toksik shishlarda, Yurak va buyrak etishmovchiliklaridan kelib
chiqadigan shishlarda
2. Temisal – oq poroshok, suvda eriydi, tarkibi teobromin va natriy salitsilat.
Siydik haydovchi va tomirlarni kengaytiruvchi vosita sifatida Yurak va buyrak
etishmovchiliklari
va
shishlarida,
suv
to‘planishlarda,
intoksikatsiyalarda
qo‘llaniladi.
Doza. og‘iz orqali: Ot, qoramol 2,0 – 6,0 it 0,2 – 0,6
3. Urotropin- oq kristal poroshok, suvda eruvchi. Bu dori ammiak va
formal’degidni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi.
Antiseptik va yallig‘lanishlarga qarshi vosita sifatida bo‘yrak siydik pufagi va
siydik chiqarish kanali yallig‘lanishlarida uni 40% li eritmasi vena tomirga
yuboriladi.
Doza. Venaga: ot va qoramol 5,0 – 20,0 qo‘y va cho‘chqa 2,0 – 5,0 it 0,2 – 2,0