Zoologiya fanining obyektlari va predmeti. Fanning maqsad va vazifalari. Zoologiya fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o’rni

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

18,9 KB


 
 
 
 
 
 
Zoologiya fanining obyektlari va predmeti. Fanning maqsad va 
vazifalari. Zoologiya fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o’rni 
 
 
R E J A 
 1. Zoologiyaning predmeti, vazifalari. 
 2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligi. 
 3. Asosiy sistematik kategoriyalar. 
 4. Zoologiyaning rivojlanish tarixi. 
 
 
Zoologiya grekcha “Zoon”- hayvon, “Logos”- ta’limot, fan degan ma’noni 
bildirib, uning predmeti, o’rganish obyekti hayvonot dunyosidir. Hozirgi paytda 
planetamizda 1,5 million tur hayvonlar borligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ba’zi 
mualliflarning hisobiga ko’ra, hayvon turlari 2-3 millionga borar ekan.  
 Hayvonlarning yerda tarqalish zichligi ham juda xilma-xil bo’lib, bir necha 
kvadrat kilometr maydonga bitta fil to’g’ri kelsa, Gidrobia deb nomlangan 
shilliqurtning 15000 tasi Azov dengizi ostidagi bir kvadrat metr maydonda uchraydi. 
Sank-Peterburg shahri atrofidagi o’tloqlarda olib borilgan kuzatishlarda 400 
santimetr kvadrat maydonda 3000 dona turli hayvonlar uchrashi aniqlangan.  
 Zoologiyaning asosiy vazifalari qatoriga hayvonlarning tuzilishi, xilma-xilligi, 
ularnng orasidagi qon-qarindoshlik aloqalari, tarqalishi, hayoti, muhit sharoitlari 
bilan bog’lanishlari shuningdek xususiy va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini 
o’rganadi. Undan tashqari, bu fan, insonlar uchun foydali bo’lgan hayvonlarni 
ko’paytirsh, zararli vakillarini esa sonini kamaytirish, muhofazaga muxtoj bo’lgan 
turlarni aniqlash, ularni himoya qilish muammolarini o’rganish kabi vazifalarni ham 
bajaradi.  
 Zoologiya o’z ichiga bir qancha fanlarni birlashtirgan holda rivojlanmoqda. 
Zoologiya fanining obyektlari va predmeti. Fanning maqsad va vazifalari. Zoologiya fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o’rni R E J A 1. Zoologiyaning predmeti, vazifalari. 2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligi. 3. Asosiy sistematik kategoriyalar. 4. Zoologiyaning rivojlanish tarixi. Zoologiya grekcha “Zoon”- hayvon, “Logos”- ta’limot, fan degan ma’noni bildirib, uning predmeti, o’rganish obyekti hayvonot dunyosidir. Hozirgi paytda planetamizda 1,5 million tur hayvonlar borligi haqida ma’lumotlar mavjud. Ba’zi mualliflarning hisobiga ko’ra, hayvon turlari 2-3 millionga borar ekan. Hayvonlarning yerda tarqalish zichligi ham juda xilma-xil bo’lib, bir necha kvadrat kilometr maydonga bitta fil to’g’ri kelsa, Gidrobia deb nomlangan shilliqurtning 15000 tasi Azov dengizi ostidagi bir kvadrat metr maydonda uchraydi. Sank-Peterburg shahri atrofidagi o’tloqlarda olib borilgan kuzatishlarda 400 santimetr kvadrat maydonda 3000 dona turli hayvonlar uchrashi aniqlangan. Zoologiyaning asosiy vazifalari qatoriga hayvonlarning tuzilishi, xilma-xilligi, ularnng orasidagi qon-qarindoshlik aloqalari, tarqalishi, hayoti, muhit sharoitlari bilan bog’lanishlari shuningdek xususiy va tarixiy taraqqiyoti qonuniyatlarini o’rganadi. Undan tashqari, bu fan, insonlar uchun foydali bo’lgan hayvonlarni ko’paytirsh, zararli vakillarini esa sonini kamaytirish, muhofazaga muxtoj bo’lgan turlarni aniqlash, ularni himoya qilish muammolarini o’rganish kabi vazifalarni ham bajaradi. Zoologiya o’z ichiga bir qancha fanlarni birlashtirgan holda rivojlanmoqda.  
 
Zoologiyaning rivojlanishi hayvonot dunyosining yangi turlarini ko’plab aniqlash 
yo’nalishida uzoq yillar davom etib, oqibatda zoologiyaning o’ziga xos shaxobchasi 
- sistematika fani paydo bo’ldi. Sistematika hayvonlarni xilma-xilligi, o’zaro 
o’xshashlik va farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. 
Sistematika hayvonot dunyosi vakillarining tabiiy rivojlanishini aks ettiruvchi tabiiy 
sistema ishlab chiqish vazifasini bajaradi. Morfologiya hayvonlarning tashqi, 
anatomiya ichki, fiziologiya hayotiy jarayonlarni, ekologiya muhit bilan 
bog’lanishni, 
embriologiya-embrional 
rivojlanishni, 
zoogeografiya-geografik 
tarqalishni, filogenetika esa hayvonlarni evolyutsion taraqqiyotini o’rganuvchi 
zoologiya shaxobchalaridir. 
 Zoologiya tekshiradigan, o’rganadigan hayvonlar guruhiga binoan ham 
protozoologiya-bir 
hujayrali 
hayvonlarni, 
gelmintologiya-tekinxo’r 
chuvalchanglarni, entomologiya-hasharotlarni, akaralogiya-kanalarni, ixtiologiya-
baliqlarni, ornitologiya-qushlarni, teriologiya-Sut emizuvchi-larni tadqiq etuvchi 
bo’limlarga ajraladi. Shunday qilib zoologiya o’z tarkibida bir qancha shahobchalar 
va mustaqil fanlarga ega bo’lgan fanlar sistemasidir. 
 Zoologiyaning qisqacha tarixi. Zoologiya - qadimgi fanlardan bo’lib, bu 
fanga eramizdan ilgargi 384-322 -yillarda yashagan gretsiyalik olim va faylasuf 
Arastu asos solgan. Arastu o’ziga ma’lum bo’lgan 454 tur hayvonlarning tuzilishi, 
hayoti va tarqalishini birinchi bo’lib sistemaga solib, shu sistemaga asosan bayon 
qilib bergan. Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi ba’zi jihatlardan hozirgi zamon 
sistemasiga yaqin bo’lgan. U barcha hayvonlarni ikki guruhga - qonlilar va qonsizlar 
guruhlariga bo’lgan. Bu guruhlar yana o’z navbatida kichik guruhlarga bo’lingan. 
Arastu hayvonot dunyosining sistemasiga solishdan tashqari qator kuzatishlar 
ham olib borgan olimdir. U baliqlar, qushlarning embrional taraqqiyoti, 
hashoratlarning metamorfoz yo’l bilan o’zgarishi ustida kuzatishlar olib borgan. 
Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi 2000 yil mobaynida o’zgarmay qolib ketdi. 
Uyg’onish davrlarigacha, jumladan o’rta asrlarda ham zoologiyaning rivojlanishida 
siljish bo’lmadi. Faqat XII-XIV-asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli 
to’plangan material va ma’lumotlar fanning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatdi. Biroq 
bu davrlar zoologiyadagi qilingan ishlar hayvonlarning tuzilishi, hayoti va tarqalishi 
haqida yozilgan hikoya yoki qomuslardan iborat ediki, bunga nemis olimi K. 
Zoologiyaning rivojlanishi hayvonot dunyosining yangi turlarini ko’plab aniqlash yo’nalishida uzoq yillar davom etib, oqibatda zoologiyaning o’ziga xos shaxobchasi - sistematika fani paydo bo’ldi. Sistematika hayvonlarni xilma-xilligi, o’zaro o’xshashlik va farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. Sistematika hayvonot dunyosi vakillarining tabiiy rivojlanishini aks ettiruvchi tabiiy sistema ishlab chiqish vazifasini bajaradi. Morfologiya hayvonlarning tashqi, anatomiya ichki, fiziologiya hayotiy jarayonlarni, ekologiya muhit bilan bog’lanishni, embriologiya-embrional rivojlanishni, zoogeografiya-geografik tarqalishni, filogenetika esa hayvonlarni evolyutsion taraqqiyotini o’rganuvchi zoologiya shaxobchalaridir. Zoologiya tekshiradigan, o’rganadigan hayvonlar guruhiga binoan ham protozoologiya-bir hujayrali hayvonlarni, gelmintologiya-tekinxo’r chuvalchanglarni, entomologiya-hasharotlarni, akaralogiya-kanalarni, ixtiologiya- baliqlarni, ornitologiya-qushlarni, teriologiya-Sut emizuvchi-larni tadqiq etuvchi bo’limlarga ajraladi. Shunday qilib zoologiya o’z tarkibida bir qancha shahobchalar va mustaqil fanlarga ega bo’lgan fanlar sistemasidir. Zoologiyaning qisqacha tarixi. Zoologiya - qadimgi fanlardan bo’lib, bu fanga eramizdan ilgargi 384-322 -yillarda yashagan gretsiyalik olim va faylasuf Arastu asos solgan. Arastu o’ziga ma’lum bo’lgan 454 tur hayvonlarning tuzilishi, hayoti va tarqalishini birinchi bo’lib sistemaga solib, shu sistemaga asosan bayon qilib bergan. Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi ba’zi jihatlardan hozirgi zamon sistemasiga yaqin bo’lgan. U barcha hayvonlarni ikki guruhga - qonlilar va qonsizlar guruhlariga bo’lgan. Bu guruhlar yana o’z navbatida kichik guruhlarga bo’lingan. Arastu hayvonot dunyosining sistemasiga solishdan tashqari qator kuzatishlar ham olib borgan olimdir. U baliqlar, qushlarning embrional taraqqiyoti, hashoratlarning metamorfoz yo’l bilan o’zgarishi ustida kuzatishlar olib borgan. Arastuning hayvonot dunyosi sistemasi 2000 yil mobaynida o’zgarmay qolib ketdi. Uyg’onish davrlarigacha, jumladan o’rta asrlarda ham zoologiyaning rivojlanishida siljish bo’lmadi. Faqat XII-XIV-asrlardagi buyuk geografik kashfiyotlar tufayli to’plangan material va ma’lumotlar fanning taraqqiy etishiga ta’sir ko’rsatdi. Biroq bu davrlar zoologiyadagi qilingan ishlar hayvonlarning tuzilishi, hayoti va tarqalishi haqida yozilgan hikoya yoki qomuslardan iborat ediki, bunga nemis olimi K.  
 
Gesnyerning besh tomli “Zoologiya qomusi” ni ko’rsatish mumkin. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Zoologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
 
2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligini qanday izohlaysiz? 
3. Zoologiya tarixida Arastuning xizmatlarni tushuntiring. 
4. Zoologiya tarixida K. Linney, J.B. Lamark ishlari nimalardan iborat bo’lgan? 
5. Zoologiya rivojiga o’z hissalarini qo’shgan rus olimlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
6. O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning zoologiya sohasidagi qanday ishlarini 
bilasiz? 
7. O’zbekistonda zoologik tadqiqotlar bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida 
nimalarni bilasiz? 
8. Asosiy 
sistematik 
kategoriyalarga 
mansub 
sistematik 
me’zonlarni 
tushuntiring. 
Glossariy 
1. Zoologiya (зоология) - grekcha �Zoon�- hayvon, �Logos�- ta’limot, fan 
degan ma’noni bildirib, uning predmeti, o’rganish obyekti hayvonot 
dunyosidir.  
2. Sistematika (систематика) - hayvonlarni xilma-xilligi, o’zaro o’xshashlik 
va farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. 
3. Morfologiya (морфология) - hayvonlarning tashqi tuzilishini o'rganadi. 
4. Anatomiya (анатомия) - hayvonlarning ichki tuzilishini o'rganadi. 
5. Fiziologiya (физиология) - hayotiy jarayonlarni o'rganadi. 
6. Zoogeografiya (зоогеография) - geografik tarqalishni o'rganadi. 
Adabiyotlar 
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар 
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 
б. 
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан 
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006. 
Gesnyerning besh tomli “Zoologiya qomusi” ni ko’rsatish mumkin. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Zoologiyaning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 2. Zoologiya fanlar sistemasi ekanligini qanday izohlaysiz? 3. Zoologiya tarixida Arastuning xizmatlarni tushuntiring. 4. Zoologiya tarixida K. Linney, J.B. Lamark ishlari nimalardan iborat bo’lgan? 5. Zoologiya rivojiga o’z hissalarini qo’shgan rus olimlari haqida nimalarni bilasiz? 6. O’rta Osiyolik qomusiy olimlarning zoologiya sohasidagi qanday ishlarini bilasiz? 7. O’zbekistonda zoologik tadqiqotlar bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida nimalarni bilasiz? 8. Asosiy sistematik kategoriyalarga mansub sistematik me’zonlarni tushuntiring. Glossariy 1. Zoologiya (зоология) - grekcha Zoon- hayvon, Logos- ta’limot, fan degan ma’noni bildirib, uning predmeti, o’rganish obyekti hayvonot dunyosidir. 2. Sistematika (систематика) - hayvonlarni xilma-xilligi, o’zaro o’xshashlik va farqlarni, sistematik guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadi. 3. Morfologiya (морфология) - hayvonlarning tashqi tuzilishini o'rganadi. 4. Anatomiya (анатомия) - hayvonlarning ichki tuzilishini o'rganadi. 5. Fiziologiya (физиология) - hayotiy jarayonlarni o'rganadi. 6. Zoogeografiya (зоогеография) - geografik tarqalishni o'rganadi. Adabiyotlar 1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б. 2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.  
 
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий 
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 
4. Рупперт Э.Э., Фокс Р.С., Барнс Р.Д. Зоология беспозвоночных. В 4-х 
томах, перевод с англ., “Академия”, Москва - 2008г. 
5. Дадаев С.Д., Мавлонов О.М. Зоология. Тошкент, 2010 
 
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 4. Рупперт Э.Э., Фокс Р.С., Барнс Р.Д. Зоология беспозвоночных. В 4-х томах, перевод с англ., “Академия”, Москва - 2008г. 5. Дадаев С.Д., Мавлонов О.М. Зоология. Тошкент, 2010