SIFAT SO'Z TURKUMINI O'RGANISH JARAYONIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
37
Faytl hajmi
49,5 KB
KURS ISHI
SIFAT SO'Z TURKUMINI O'RGANISH JARAYONIDA O'QUVCHILAR
NUTQINI O'STIRISH
MUNDARIJA
KIRISH
I.Bob sifat so'z turkumini o'rganish.
1.1 So'z turkumi sifatida ot leksik ma'nolari va grammatik belgilar
1.2 Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik jarayonlari
II.Bob Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini.
2.1 Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi
2.2 O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan biri uning aniq bo‘lishidir
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning
leksikgrammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga
ajratilishi, ya'ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va
yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi,
ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va
yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish,
o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq
tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish
malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z
turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida
muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va
ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning
shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib
olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega.
O'quvchilarda
kuzatish,
muhim
narsalarni
sezish
ko'nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning
nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
―Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib,
bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek,
otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari,
o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun
material hajmi, ularni o'rganish izchilligi belgilangan.
Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar:
1) ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob
bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini
hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar
va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq
holda hal etiladi. Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan
bosqichida bajarish lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat
beriladi.
Masalan, 1-2-sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani
bildirishi, so'roqlari) o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va
ko'plikda qo'llanishini o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik
qo'shimchalari bilan qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik
qo'shimchalarining yozilishini o'rganishga e'tibor qaratiladi. O'quvchilarning nutqi
va tafakkurini o'stirish vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal
qilinadi. Grammatik materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning
butun jarayoni o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va
fikrlash qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi.
I.Bob sifat so'z turkumini o'rganish.
1.1 So'z turkumi sifatida ot leksik ma'nolari va grammatik belgilar.
So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va grammatik belgilari
bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma'nosi shaxs va narsani
ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi, (lush, hayvon, asalari), yer va
osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog'), o'simliklar (paxta, beda, gul),
voqealar
(yig'in,
majlis),
tabiat
hodisalari
(shamol,
bo'ron,
yomg'ir,
momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat
(uyqu, sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik
qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega,
to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son,
olmosh, fe'l bilan birika oladi.
Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun
ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta
shakllantira boriladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatishda quyidagi
didaktik o’yinlardan samarali foydalanish mumkin.
Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar ko’proq uchraydi. Shu bois
bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar ishtirok etgan maqollaridan
aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do’st achitib gapirar,
dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l, kichikka izzatda» va x.k.
«Zinapoya» usuli
O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda
«zinapoya» chiziladi.
Ma’lumki, antonimlar o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu
juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi
o’quvchilarning o’zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda
o’quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi
bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa,
zinalar soni shuncha bo’ladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri
“Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan
darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod
turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi
tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini
ta’minlaydi. “ Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va
guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin.
Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular
o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv
doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va
kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster
tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa,
barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart.
Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda
o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi. Tarmoqlash usulidan 3-sinfda
“So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda foydalanish mumkin. Bunda
o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi?
Ularning javobini doskaga yozib boriladi.
Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot; belgi bildirgan so’zlar
sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan
tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.
-O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin?
So’z turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan
oldin foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga
yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi.
“ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsida
“Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi. Sinf jamoasini kichik guruhlarga
bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har bir guruhda boshqaruvchi
belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni to’ldiradi va sistemaga soladi.
Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan foydalandik. Bir xildagi doiracha
olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda kuchlarning teng
bo’lishiga e’tibor berdik. 1- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga
qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting. 2- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday
belgilarini bildiradi? 3- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va
ularni misollar bilan tushuntiring. 4- guruh uchun.
1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni
metodidan ham foydalanish mumkin. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat” degan topshiriq
bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa turkumga doir
so’zlar arlashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so’zlarni
ajratib olishdi va nima uchun ajratib olish sababiui izohlab berishadi. Bu uslni biz
nkartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik. Ortiqchasini ajratishgandan
so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan daftarlariga yozdirdik.
Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz:
Otlar ichidan ortiqchasini ajrat.
Daraxt, suv, osmon, ko’k, mard, kamalak, yomg’ir, tiniq.
Sifatlar ichidan ortiqchasini ajrat.
Baland, keng, choynak, piyola, tor, katta, past, cho’mich, kapkir, kichik.
Fe’llar ichidan ortiqchasini ajrat.
Yuvindi, tebrandi, yugurdi, dutor, rubob, chrchadi, yangradi.
Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonida o’quvchilar tovush, bo’g’in, so’z va
gaplarni grafik ifodalar ostida anglab, tushunib boradilar.
Ona tili darsliklarida ham grafik ifodalardan foydalaniladi. Masalan, 1-sinfda
ayrim harflar imlosi katakchalar ifodasidan joy nomlarini topib qo’llashda(124-
mashq), topishmoq she’rning javobi o’rnida (128- mashq) belgi bildirgan so’zlarni
gap mazmuniga mos va o’rinli qo’llashga o’rgatishda (139- 142- mashq) gap
mazmuniga mos harakat bildirgan so’zlarni qo’yishda (182- mashq), narsa va
harakatni bildirgan so’zlardan gap mazmuniga mosini tanlashga o’rgatishda (170-
mashq) to’g’ri chiziq ifodasidan foydalanilgan.
2- sinf ” Ona tili” darsligida ayrim harflar imlosida grafik belgi sifatida
nuqta belgisidan , krossvorddan, shaxs va narsa nomini, belgini, sanoq va tartibni,
harakatni bildirgan, so’zlarni gap mazmuniga mosini tanlab qo’yishda uch nuqta
belgisidan foydalanilgan.
3- sinfda ”Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, otning ma’no
turlarini
o’rganishda,
gap
bo’laklarining
bog’lanishida
grafik
tasvirdan
foydalanilgan.
4- sinf ”Ona tili” darsligida ham shu kabi grafik tasvirlar qo’llangan.
Yuqoridagi tahlil shuni ko’rsatadiki, ona tili darsliklarida grafik tasvirlardan
grammatik qoidasini anglatishdagina foydalanilgan. Lekin bu grafik
tasvirlarda maqsadga yo’naltirilgan holda izchil rivojlantiruvchi tamoyil nazrada
tutilmagan. Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini
o’stirishda juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini
egallashga bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan Sistema
ekanini anglashlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga kata
metodik yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular
o’quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni
bajarishda o’z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni
to’g’ri yo’lga qo’yishda ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish;
Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil
tizimini ishlab chiqish;
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida
foydalanish zarurligini belgilab olish;
To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab
chiqish. kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha ,
bo’g’in
ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap
bo’laklari ifodasi mavjud.
Ko’rinadiki,
grafik
tasvirlardan ona
tilidan
o’rganiladigan
barcha
mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini
ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan
ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani
o’rganishda,
mustahkamlashda
qo’llab
ko’rdik.
Ular
mavzuni
yaxshi
o’zlashtirishlariga katta yordam berdi.
Masalan, 4- sinfda ot turkumini o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad
o’quvchilarning ot turkumiga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning
grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi. Buning
uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi:
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga
qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi?
Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi,
issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga
matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi?
Yil qaysi fasl bilan boshlanadi? Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi?
So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi) Qor, qish,
oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi.
Gapni birikmalarga ajrating.
Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani
ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala guruhga bir xil rasmlar beriladi.
Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari
taqqoslanadi va baholanadi.
“Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda
yozib qo’yiladi. O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin
kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin.
1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing.
2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing.
3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing.
4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing.
Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok,
bobo, aka, uka, xon va hokazo.Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan
bog’liq topshiriqlar beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni
ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating.
Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va intellektual salohiyatning
oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki bo’ladi. Ta’lim-tarbiya
sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni zamonamizning yangi ilg’or
talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va maqsadlardan
biribir. Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va
to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga
e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatning barcha jabhalari,
xususan, ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnalogiyalaridan keng foydalanishni
yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun jamiyatning
barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari chuqur
kirib borayapti.
Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda kirib kelishi fuqarolarga
axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va
qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini
hosil qiladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan texnikalar
alohida ahamiyatga egadir.
Texnika “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) muloqotning yangi
takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har taraflama
axborot oladi. Texnika vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish
hozirgi kunning dolzarb masalasidandir.
Texnika vositalari uning mazmun-mohiyati, kichik maktab yoshidagi
o’quvchilar bilan olib boriladigan dars undan foydalanish metodikasi, multimediali
didaktik o’yinlardan foydalanish usullari , tavsiyalar, amaliy ma’lumotlar
muhimdir.
Mazkur texnika vositalaridan foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni
intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish,
ijtimoiy,
iqtisodiy,
ma’naviy,
aqliy,
axloqiy
xislatlarini shakllantirishga
ko’maklashishdir.
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik
bilan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1- va 2-sinfda
sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga
o'rganadilar; 3-sinfda sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari
o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda qip-qiz.il, yam-
yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o'rgatiladi.
Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi,
ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi.
Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
1-sinfdanoq o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi.
O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda
so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va
otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu
bog'liqlik…aniqlashtiriladi.
Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni
leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1) sifat
bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3)
shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o'zlashtirish.
2.1 Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik jarayonlari
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik
ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshla-nadi. Predmetning
belgilari
xilma-xil
bo'lib,
uni
rangi,
mazasi,
shakli;
xil-xususiyatlari
tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun
uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.O'qituvchi predmetni yoki uning rasmini
ko'rsatadi,
o'quvchilar
uning
belgilarini
aytadilar
va
yozadilar.
Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun,
ko'k ip. Albatta, suhbat asosida o'quvchilar olma, ip so'zlari nima? so'rog'iga javob
bo'lib, predmet
nomini
bildirishi, qizil,
shirin,
yumaloq kabi
so'zlar qanday? so'rog'iga javob bo'lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)
ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan pred-metlarning o'z
belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-
ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k
daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?
so'roqlariga javob bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.O'quvchilar belgi
bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat
ko'p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari
bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash
uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi.
Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli
rasmlar) dan keng foydalaniladi.
O'quvchilar qanday?, qanaqa?so'roqlariga javob bo'lgan (predmet belgisini
bildirgan) so'zlarni o'zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali
hisoblanadi:
1) so'roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so'zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so'zlardan gap tuzish;
3) matndan kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va unga
bog'langan qanday? va qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni tanlab (so'z
birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so'zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda
o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun
mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal
qilinadi.,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning ,,predmet belgisi"
degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. Shu
maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar guruhlanadi
va shu so'zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan
birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi
sifatidagi o’ziga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi,
d) gapda otga bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali
bo'lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka
ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya
tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.
O'quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini o'stirish uchun:
Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va
yozish: Qanday? shaftoli
—
Shirin, suvli,
tuksiz shaftoli.
Qanday? kitob Qalin,
qiziqarli kitob;
berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali
... (tipratikan). Ehtiyolkor,
ayyor,
yovvoyi
... (tulki);
Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi
mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini puxta
o'zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash,
o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga
muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam
o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi
qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.Uchinchi bosqichda
sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va yozma nutqda sifatlardan
aniq, o'rinli foydalanish ko'nik-masini o'stirish bilan bog'liq holda -
roq qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va ko'm-ko'k, yam-yashil kabi sifatlarni
to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tish mazmuni shu vazifalarni bajarishga
qarab belgilanadi va o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratiladi.
Nazariy ma'lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat bog'langan otni (so'z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan
sifatlar yoki so'z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq
mate-rialini tanlashda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan yaxshiroq,
aqlliroq kabi, shuningdek, tip-liniq, sap-sariq kabi sifatlar ko'proq bo'lishiga e'tibor
beriladi. O'quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq topshiriqlari ham
asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot
bilan o'zaro holda o'rganishga asoslaniladi.
Sifatni o‘rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomon-dan izchillik
biJan boyitib, murakkabjashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 1- va 2-sinfda
sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so‘rog‘ini berishga
o‘rganadilar; 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi; 4-sinfda ilgari
o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda qip-qiz.il, yam-
yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi
o‘rgatiladi. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan
boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo‘lgan sifatlarning ma'nosiga
aniqlik…kiritiladi.
Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asos-lanadi. Sifat
predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta'mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga mu-nosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma'nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
1-sinfdanoq o‘quvchilar e'tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi.
O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda
so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va
otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu
bog‘liqlik aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik
xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik)
yo‘nalishda olib borishni talab etadi.
Boshlang‘ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi: 1) sifat
bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3- sinf); 3)
shu grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o‘zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning leksik
ma'nosi va so‘roqlari ustida kuzatish o‘tkazishdan boshla-nadi. Predmetning
belgilari xilma-xil bo‘lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-xususiyatlari tomonidan
tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushun-chasini shakllantirish uchun uning
ma'nolarini aniqlash talab etiladi.O‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini
ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar.
Masalan, (qanday?) olma — qizil, shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun,
ko‘k ip. Albatta, suhbat asosida o‘quvchilar olma, ip so‘zlari nima? so‘rog‘iga
javob bo‘lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi
so‘zlar qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)
ni bildirishini aniqlaydilar. O‘qituvchi atrofimizni o‘rab olgan pred-metlarning o‘z
belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki
misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt - Katta, chiroyli, sershox, ko 'm-ko 'k
daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?
so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar predmet belgisini bildiradi.O‘quvchilar belgi
bildirgan bunday so‘zlarning nutqimizdagi ahamiyatini anglashlari uchun sifat
ko‘p uchraydigan matn tanlanib, awal sifatlarini tushirib qoldirib, so‘ngra sifatlari
bilan o‘qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko‘rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash
uchun uning belgisini bildiradigan so‘zlardan foydalanilgani tushuntiriladi. Bu
darslarda ko‘rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan
keng foydalaniladi.
O‘quvchilar qanday?, qanaqa?so‘roqlariga javob bo‘lgan (predmet belgisini
bildirgan) so‘zlarni o‘zlashtirisnlari uchun mashqning quyidagi turlari samarali
hisoblanadi:
1) so‘roq yordamida predmetning belgisini bildirgan so‘zlarni tanlash;
2) aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish;
3) matndan kim?yoki nima?so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni va unga
bog‘langan qanday? va qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zni tanlab (so‘z
birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so‘zlar va rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish hamda
o‘quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash uchun
mazmunga mos sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hal
qilinadi.,,Sifat" tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning ,,predmet belgisi"
degan umumlashtirilgan kategoriyani o‘zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu
maqsadda rang, maza. shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so‘zlar guruhlanadi
va shu so‘zlarning xususiyatlari llmurnlashtiriladi. Sifatning leksik ma'nosi bilan
birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umuinlashtirish asosida o‘quvchilar uning so‘z turkumi sifatidagi
o‘ziga xos ko‘rsatkichlarini ajratadilar:
a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi,
d) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so‘z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali
bo‘lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og‘zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya
vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish
kabilar)ga katta o‘rin beriladi.
O‘quvchilarning sifatning leksik ma'nosi haqidagi tushunchalarini chuqurlashtirish
va predmetni bar tomonlama tasvirlash malakasini o‘stirish uchun:
Berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish: Qanday? shaftoli — Shirin, suvli, tuksiz shaftoli.
Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
Berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli, kichkina,
foydali ... (tipratikan). Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish kabi
mashqlardan foydalanish mumkin.
II.Bob Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini.
2.1 Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o‘rnini puxta
o‘zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash,
o‘qish darslarida sifatning o‘z va ko‘chma ma'noda ishlatilishini kuzatish
maqsadga muvofiq. Sifatni o‘rganish jarayonida so‘z yasashga oid mashqlarni
muntazam o‘tkazib borish o‘quvchilarda u yoki bu so‘z turkumini yasash uchun
so‘z yasovchi qo‘shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og‘zaki va yozma
nutqda sifatlardan aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nik-masini o‘stirish bilan bog‘liq
holda -roq qo‘shimchasi bilan qo‘llangan sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi
sifatlarni to‘g‘ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tish mazmuni shu vazifalarni
bajarishga qarab belgilanadi va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratiladi.
Nazariy
ma'lumotlarga
asoslanib:
matnda
berilgan
otlarning
belgilarini
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo‘yish, gapda sifat bog‘langan otni (so‘z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan
sifatlar yoki so‘z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq
materialini
tanlashda-roq qo‘shimchasi
bilan
qo‘llangan yaxshiroq
aqlliroq kabi, shuningdek, tip-liniq, sap-sariq kabi
sifatlar
ko‘proq
bo‘lishiga
e'tibor beriladi. O‘quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin mashq
topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib, sifatni
o‘zlashtirishda
uni
ot
bilan
o‘zaro
holda
o‘rganishga
asoslaniladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.”Nutq tafakkur
bilan chambarchas bog‘langandir. Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til
materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi”.Fikrni nutqiy shakllantirish
uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi. Tilni egallash
shu tilning fonetikasini, lug‘at sostavini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni
takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi.
Bilimlar, faktlar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir.
Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Nutqdan o‘quvchining fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida
foydalaniladi. O‘quvchilarning barcha predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va
umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni bola o‘z
nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan
javobida)
qanday
bayon
eta
olishiga
qaratiladi.
Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida
rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi. Ikkinchi
tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shaklantirishga yordam beradi, takomillashtiradi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishning mashg‘ulotning boshqa turlari bilan bog‘liqligi.
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan
mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar
til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar: ular kuzatishni,
o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni
o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi,
nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya
o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari,
boshqa kishilar bilan muomala normalari haqida bilim beradi; bu darsda bolalar
nutqiga,
uni
shakllantirish
va
o‘stirishga
keng
imkoniyat
mavjud.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar
alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular
predmet, harakat, belgi bildiradigan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf,
bo‘g‘in, o‘zak, so‘z, so‘z yasovchi, forma yasovchi, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot,
sifat, son, fe’l, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap bo‘lagi, bosh bo‘lak, ikkinchi darajali
bo‘lak, darak gap, so‘roq gap, undov gap; turlanish, bosh kelishik singari juda ko‘p
yangi
terminlarni
bilib
oladilar.
Boshlang‘ich sinfdagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar
bilan boyitiladi. Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar,
juda
ko‘p
so‘z
va
terminlar
bilan
o‘z
nutqlarini
boyitadilar.
O‘quvchilar tabiatshunoslik darslarida va ekskursiya vaqtida ko‘rgan predmetlarini
o‘qituvchi yordamida guruhlaydilar, ularni o‘zaro taqqoslab, o‘xshash va farqli
tomonlarini topib aytadilar. Bular, o‘z navbatida, tabiatga oid ayrim tushunchalarni
aniq bilib olishga imkon beradi va tafakkurini o‘stiradi.Mehnat va rasm darslari
ham, jismoniy tarbiya, ashula darslari ham, shuningdek, darsdan tashqari
mashg‘ulotlar ham o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirishga imkon beradi.
Inson butun umri davomida o‘z nutqini takomillashtirib boradi. U tilimizning boy
imkoniyatlaridan unumli foydalanish orqali nutqning go‘zal, ravon, ifodali,
ta’sirchan bo‘lishiga intiladi. Bu jarayon, ayniqsa bolalik davrida samarali tus
oladi. Kichik bolalik davridan boshlab u alo-aralashuvga ehtiyoj sezadi,
o‘zgalarning fikrini tinglash va o‘z fikrini bayon qilishga tobora ko‘proq zarurat
seza boshlaydi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish jarayonida o‘quvchi nutqini
rivojlantirish inson umrining boshqa davrlariga nisbatan ancha samarali kechadi.
Chunki har bir fan bola nutqini rivojlantirishda katta ahamiyat kashf etadi va u ona
tilining
boy
imkoniyatlaridan
nutqda
foydalanishga
yo‘l
ochadi.
Ona tili esa fan sifatida ana shu imkoniyatlarni birlashtirib, tilning fikrni
ifodalashdagi yangi rang-barang qirralarini ochib beradi; uni nutqning go‘zal
olamiga olib kiradi. Ona tili o‘quvchi nutqini yaxshilaydi, boyitadi, unga badiiy
bo‘yoq
beradi,
nafosat
bag‘ishlaydi.
Qanday nutqni yaxshi nutq deb atash mumkin? O‘quvchi nutqiga qanday talablar
qo‘yiladi? Bu savollarga javob topmay turib, bolalar nutqining boshqa
muammolari haqida fikr yuritish qiyin.O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy
talablardan biri nutqning nutq sharoitiga mosligidir. Nutq sharoiti deganda nutq
aratilayotgan paytda so‘zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Bu sharoit
behad ko‘p tarkibkli, serqirra bo‘lib, so‘zlovchi va tinglovchini nutq paytida
qurshab turgan barcha narsa, buyum, holatlardan tortib, ularning bilim
saviyasi, kasb-kori, so‘zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha
narsalarni o‘z ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini belgilashda juda muhim
omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan so‘zlovchi va tinglovchi faqat yozma
nutq (xat, maktub, axborot, veqoanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi.
Tabiiyki, bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bir-biriga turgan so‘zlovchi va
tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo‘li og‘zaki nutqdir. Og‘zaki va
yozma nutqning o‘z nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari bor.
Chunonchi, so‘zlovchi bitta, tinglovchi ko‘p bo‘lsa, so‘zlovchining baland ovozda
to‘xtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo-ishoralardan kamroq foydalanib, fikrni
izchil va bir-biriga bog‘liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning
o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy
topshiriqlarini bearish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir bir mavzuni sinfda,
biror yig‘inda ochib berishdagi nutqida o‘z aksini topadi. Shuning uchun bunday
nutqda fikr izchilligi, gaplarning o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi, bog‘lovchilar,
olmoshlar, soha atamalari (terminlari), ovoz tembri, ohang kabilarni to‘g‘ri
qo‘llashga
alohida
e’tibor
berish
lozim.
O‘quvchining bunday nutqi uzundan-uzoq jumlalardan, ortiqcha so‘zlardan, odat
tusiga kirib qolgan takrorlardan xoli bo‘lishiga nutq yaratilayotgan paytda
o‘quvchining so‘zlovchilarga nisbatan qanday turishiga, qo‘l, ko‘z, bosh, bo‘yin,
oyoq harakatlariga alohida e’tibor berish kerak. Nutq sharoitining muhim tarkibiy
qismlaridan biri so‘zlovchining maqsadi va imkoniyatlarigacha bo‘lgan barcha
narsalarni o‘z ichiga oladi. Nutq sharoiti nutq shaklini elgilashda juda muhim
omildir. Chunonchi, bir-biridan uzoq turgan so‘zlovchi va tinglovchi faqat yozma
nutq (xat, maktub, axborot, voqeanavislik va h.k.) vositasida fikr almashtira oladi.
Tabiiyki, bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Bir –biriga yaqin turgan
sozlovchi va tinglovchi orasida fikr almashishning eng qulay yo‘li og‘zaki nutqdir.
Og‘zaki va yozma nutqning o‘z nutq sharoitlariga yarasha xilma-xil xususiyatlari
bor. Chunonchi, so‘zlovchi bitta, tinglovchi ko‘p bo‘lsa, so‘zlovchining baland
ovozda to‘xtamlar (pauzalar)ga rioya qilib, imo-shoralardan kamroq foydalanib,
fikrni izchil va bir-biriga bog‘liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday
nutqning o‘ziga xos ko‘rinishi o‘quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki
topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma’lum bir avzuni sinfda, biror
yig‘inda ochib berishdagi nutqida o‘z aksini topadi. Shuning uchun bunday nutqda
fikr izchilligi, gaparning o‘zaro to‘g‘ri bog‘lanishi, bog‘lovchilar, olmoshlar, soha
atamalari (terminlari), ovoz tembri, ohang kabilarni to‘g‘ri qo‘llashga alohida
e’tibor berish lozim. O‘quvchining bunday nutqi uzundan-uzoq jumlalardan,
ortiqcha so‘zlardan, odat tusiga kirib qolgan takrorlardan xoli bo‘lishiga, nutq
yaratilayotgan paytda o‘quvchining so‘zlovchilarga nisbatan qanday turishiga qo‘l,
ko‘z,
bosh,
bo‘yin,
oyoq
harakatlariga
alohida
e’tibor
berish
kerak.
Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so‘zlovchining tinglovchilar
saviyasini hisobga olishidir. Bu nutqning eng zarur tarkibiy qismlaridan biridir.
Xalqimiz bunga juda katta e’tibor bergan. Shuning uchun “So‘zni aytgin
uqqanga…” kabi maqollarda ham nutqni tinglovchilarga tushunarli qilib ayon etish
zaruriyati
ta’kidlangan.
Dindorlar orasida bir rivoyat keng tarqalgan. Tasavvuf ilmining buyuk
namoyandalaridan biri Mansuri Xalloj (858-920 yillar) dunyoqarashiga binoan har
biro dam Haqning bir zarrasidir. Shuning uchun u “Anal haq” (Men ham haqman)
deb aytgan. Uni xudolikka da’vo qilyapti, deb bu so‘zi uchun dorga osib
o‘ldirganlar. Shunda birovlar Mansuri Xallojni haq, to‘g‘ri, boshqalar nohaq,
noto‘g‘ri deb baholangan. Muridlari Mansuri Xalojning haq yoki nohaqligini
aniqlash maqsadini buyuk olim Abdullo Ansoriyga (1066-1088 yillar) murojaat
qiladilar. Ansoriy bu haqda lo‘ndagins javob beradi: “So‘zni tushunganga aytish
kerak”. Agar Mansuri Xalloj olimlar va fozillar orasida, ya’ni “Anal haq”
ma’nosini tushunadiganlar davrasida shu gapni aytganida uni o‘ldirmasliklari
mumkin edi. Bu gapni tushunmaydigan avom oldida aytish, “Men haqman” deyish
xudolikka da’vo qilish bilan teng va bunday shariat hukmiga ko‘ra o‘ldirilishi
lozim
ekan.
Rivoyatdan ko‘rinib turibdiki, tinglovchilarning saviyasini hisobga olish faqat nutq
taqdirini emas, balki notiq taqdirini hamhal qiladi. Shuning uchun o‘quvchilarda
o‘z fikrini tinglovchining saviyasi, yoshi, mavqeini hisobga olgan holda bayon
qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun
o‘quvchilar bilan ayni bir fikrni (axborotni, tilak-istakni va h. k.) o‘zidan
kichiklarga, tengqurlarga, ozidan kattalarga, yaqinlarga, yaqindan tanish
bo‘lmagan shaxslarga ifodalash ustida muntazam ish olib borishga to‘g‘ri keladi.
Bolalarni maktublar yozishga o‘rgatish, ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda
bayon
etish
ko‘nikmalarini
shakllantirishga
samarali
ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘quvchilar nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab mazmundorlikdir. Shuni
unutmaslik lozimki, nutq sharoitiga mos tushsa, u mazmunli bo‘ladi.
O‘quvchi faqat bilgan narsalarini, o‘zi xabardor bo‘lgan voqea-hodisalarni og‘zaki
va yozma shakllarda to‘g‘ri bayon qilishi mumkin. Aniq dalillar, kuzatish yoki
taassurotlar, his-tuyg‘ular asosida yuritilgan fikrgina o‘zgalar diqqatini o‘ziga
tortadi. Mazmunsiz fikr na o‘quvchining o‘ziga, na o‘zgalarga yoqadi.
Ko‘p hollarda o‘quvchiga noma’lum narsalar, voqea-hodisalar haqida gapirish yoki
yozish vazifasi topshiriladi. Shubhasiz, bu hol fikriy sayozlikka, mavzuning
yoritilmay qolishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun o‘quvchiga o‘zi o‘qigan,
kuzatgan, bilgan narsalar yoki voqea va hodisalar xususida yozish vazifasi
topshirilmog‘i
lozim.
Suhbat, hikoya, insho uchun o‘qilgan badiiy asarlar, tomosha qilingan sahna
asarlari va kinofil’mlar, shaxsiy kuzatish va taasurotlar, kundalik hayot voqealari
boy
material
bo‘lib
xizmat
qiladi.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri fikrning mantiqan to‘g‘ri, aniq
va izchil bo‘lishidir. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo‘lsagina, uning
ta’sirchanligi ortadi. Bu har bir o‘quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik
bilan qarash, ularning har biriga to‘gri baho bera bilish, shu yo‘l bilan nutqni
muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan tog‘ri
bog‘lay olishi, mavzuga aloqador bo‘lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali
fikrlardan
farqlay
bilishi,
qaytariq
fikrlarga
yo‘l
qo‘ymasligi
kerak.
Nutq – mantiqiy fikrlash mahsuli. U taqqoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi
aqliy faoliyat usullari bilan chambarchas bog‘langan. Taqqoslash shunday bir
mantiqiy usuldirki, u bilan moddiy olamdagi narsalar va voqealarning bir-biriga
o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlab olinadi; shu asosda hukm va xulosalar
chiqariladi. O‘quvchi bu faoliyat usulidan foydalanmay turib, mantiqan to‘g‘ri fikr
yurita olmaydi. Nutqning mantiqan to‘g‘riligi esa avvalo fikrlarning aniq va bir-
biriga izchil bog‘langan bo‘lishi, fikr yuritilayotgan mavzudan chetga chiqmaslik,
mazmunda mantiqiy ziddiyatlar va poyma-poy, mujmal jumlalar bo‘lmasligi,
hukm
va
xulosalar
asosli,
ishonarli
bo‘lishi
demakdir.
O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning boy va rang-barang
bo‘lishidir. Nutqning boy rang-baragligi avvlo fikrni bayon qilishda o‘zbek tilining
leksik imkoniyatlari: ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan,
tasviriy ifoda va iboralardan, shuningdek nutqning badiiy qimmatini oshiruvchi
vositalar: maqol va matallardan, ulkan shoir va yozuvchilarning maqol va
aforizmga aylanib qolgan iboralari va jumlalaridan, badiiy asarlardan olingan
parchalar va yorqin adabiy timsollardan, o‘zbek xalqining qochiriq so‘zlari va
frazeologik iboralaridan, o‘xshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag‘a kabi
badiiy til vositalaridan, ritorik so‘roqli gaplardan foydalanishda namoyon bo‘ladi.
Tilning bu tasviriy vositalari nutqqa go‘zallik, joziba va rang-baranglik baxsh
etadi.
2.2 O‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan talablardan yana biri uning aniq
bo‘lishidir.
Nutqning aniqligi bu faqat narsa, voqea-hodisani tasvirlash yoki bayon qilish
emas, balki shu narsa, voqea-hodisa uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash,
ularning tasviriga mos tushadigan so‘z, so‘z birikmalari va gaplar tanlashdan ham
iboratdir. Aniqlik nutqning boyligi va rang-barangligi bilan chambarchas
bog‘langan. Ma’lum bir mazmunni turli shakllarda bera bilish, nutq sharoitiga mos
tushadigan
tasvir
usulini
tanlash
nutqqa
aniqlik
kiritadi.
Ohangdorlik ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan muhim talablardan biridir. Ohang
o‘quvchi nutqining ta’sirchaligini oshirish vositalaridan biridir. Shuning uchun
she’riy asarlar, pasriy parchalarni ohangdorlikka amal qilgan holda o‘qiy olish
malakasi ham o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri sanaladi. U
ohang yordamida nutqni sintagmalarga bo‘ladi, mantiqiy urg‘uni o‘rinli qo‘llaydi.
Shuning uchun ifodali o‘qish malakalari faqat adabiyot darsliklarining emas, balki
ona
tili
mashg‘ulotlarining
ham
tarkibiy
qismiga
aylanmog‘I
lozim.
Nutqning grammatik jihatdan to‘g‘ri qurilgan bo‘lishi ham unga qo‘yiladigan
muhim talablardan biridir. O‘quvchi so‘z, so‘z birikmasi va gaplarni bir-biriga
bog‘lash, kelishik va egalik qo‘shimchalarini o‘rinli qo‘llash, gapning ega va
kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
Nutqqa qo‘yiladigan yana bir muhim talab uning soddaligi va sofligidir. Sodda
nutq avvalo tushunarli bo‘ladi. Nutqning tushunarli bo‘lishi, bir tomondan, fikrni
lo‘nda, aniq bayon qilish, tushunarli bo‘lmagan g‘aliz jumlalardan saqlanishda
namoyon bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tinglovchining tayyorgarlik darajasiga ham
bog‘liqdir. Demak, o‘quvchi fikrni ham sodda, ravon bayon qilish, ham o‘zgalar
fikrining mohiyatini anglab, uni tushunish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Nutqning sofligi avvalo uning tozaligi demakdir. Ma’lumki, oquvchilar nutqida har
xil qaytariqlar, ortiqcha jumlalar, o‘zbek adabiy tiliga xos bo‘lmagan (rus tili va
boshqa qardosh tillardan olingan) so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi.
Ular nutqini bunday so‘zlardan tozalab boorish, fikrni sof adabiy tilda, uning boy
imkoniyatlaridan foydalanib bayon qilish ona tili mashg‘ulotlarining asosiy
vazifasi…hisoblanadi.
Biz yuqorida o‘quvchi nutqiga qo‘yiladigan asosiy talablarnigina sanab o‘tdik.
Bu talablar o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, o‘quvchi yaxshi nutqqa
faqat shularning hammasiga amal qilish orqali erishadi. Shuning uchun o‘qituvchi
ona tili mashg‘ulotlarida nutqning faqat bir tomoniga e’tiborni kuchaytirib,
ikkinchi talabni unutishi yoki bir talabni quyi sinfda, ikkinchisini keyingi sinfga
qoldirishi mumkin emas. Bu talablarga doimiy amal qilinsagina nutq o‘stirish
samarali echadi.O‘qituvchi barcha darslarda, sinfdan va maktabdan tashqari
mashg‘ulotlarda faqat orfoepik talaffuz va adabiy til normalariga rioya qilgan
holda ifodali, ta’sirli so‘zlashi, shuningdek, ham doim o‘quvchi daftariga barcha
hujjatlarga husnixat va imlo qoidalariga rioya qilgan holda yozishi zarur.Maktabda
ona tili o‘qitishning bosh maqsadi tilning jamiyatda tutgan o‘rni, bajaradigan
vazifasi bilan belgilanadi. Ma’lumki, til jamiyat a’zolari o‘rtasida aloqa-aralashuv
vositasi, insonning fikrlash va fikr mahsulini og‘zaki va yozma ravishda berishi,
o‘z ichki kechinmalarini bayon qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher
Navoiy til kishilarning o‘zaro aloqa vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotida katta
o‘rin egallashini, u insonni hayvondan ajratuvchi asosiy belgilardan biri ekanligini
alohida ta’kidlab, bunday deb yozgan edi:
O’zbekiston istiqlolga erishishi bilan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish yo’lini tanlaganligi sababli,
yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar barcha sohalar qatorida ta’lim tizimi oldiga
ham mazmun-mohiyati jihatidan butkul yangi vazifalarni qo’ydi. Bu vazifalarning
amalga oshirilishi ta’lim tizimining muntazam takomillashtirib borilishini va shu
orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishni taqozo etadi.
Zero, ilm olish yo’lidagi izlanish insonning e’tiqodi va dunyoqarashini
shakllantiradi, ma’naviyaxloqiy kamolot sari etaklaydi.
Ta’lim jarayonida ilg’or pedagog o’quvchilarini o’rgangan bilimlarini hayot bilan
bog’lay olish ko’nikmasini rivojlantiradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etadi, shundagina o‘quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida
mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va
umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi
vaziyatga tatbiq etishga intiladi. Darslarda interfaol usullardan samarali
foydalanish natijasida o‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati
shakllanadi hamda mavzu bo‘yicha turli g‘oyalar topish, uni isbotlash orqali yangi
aqliy harakat usullarini topish va bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko‘chirish
ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv
materiallarini idrok qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan
boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar 1- va 2-sinfda ona
tili va o’qish savodxonligi darslarida sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga
qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar; 3-sinfda sifat so'z turkumi
sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga
bog'liq holda qip-qizil,
yam- yashil kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o'rgatiladi. Ona tili va
o'qish
darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan
ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat
predmetning belgisi(rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi, maza-ta'mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma'nosi uni ot bilan bog'liq holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun
1-sinfdanoq o'quvchilar e'tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi.
O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida gapda
so'zlarning bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya'ni ular gapdagi sifat va
otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar. Keyingi sinflarda bu bog'liqlik
aniqlashtiriladi. Shunday qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat
ustida ishlashni leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib
borishni talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda ,,Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi: 1)
sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (3-
sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o'zlashtirish (4-sinf). Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich)
sifatning leksik ma'nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshlanadi.
Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli; xil-xususiyatlari
tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun
uning ma'nolarini aniqlash talab etiladi.
O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlarning nutqimizdagi ahamiyatini
anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib
qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so'zlardan
foydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar,
predmet rasmlari, sujetli rasmlar)dan keng foydalaniladi.
,,Sifat” tushunchasini shakllantirish o'quvchilarning ,,predmet belgisi" degan
umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga bevosita bog'liq. Shu
maqsadda rang, maza, shakl, hajm, xil-xususiyat bildiradigan so'zlar guruhlanadi
va shu so'zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi.